Genetikadan masalalar to’plami. Mendelning 1 va 2-qonuniga doir masalalar. 1.Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant qishqaligi retsessiv belgi hisoblanadi. Normal yungli quyon qisqa yungli quyon bilan chatishtirilganda 50% normal yungli 50% qisqa yungli quyon olingan ota-ona genotipini aniqlang.A.Bb x BB B.Bb x bb C.BB x bb D.Bb x Bb
2. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant qishqaligi retsessiv belgi hisoblanadi. Normal yungli quyon qisqa yungli quyon bilan chatishtirilganda hamma quyonlar normal yungli bo’lgan, ota-ona genotipini aniqlang.A. A.Bb x BB B.Bb x bb C.BB x bb D.Bb x Bb
3.Geterazigotali normal yungli quyonlar o’zaro chatishtirilganda olingan quyonlarning necha foizi genotip jihatdan ota-onaga o’xshaydi?
A.25 B.50 C.75 D.100
4. Geterazigotali normal yungli quyonlar o’zaro chatishtirilganda 44 ta quyon olingan. Ularning nechtasi gomozigotali bo’lgan? A.11 B.22 C.33 D.44
5.Pomidor mevasining qizil rangi sariq rang ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil va sariq rangli pomidorlar chatishtirilganda 75 % qizil, 25 % sariq pomidor olingan. Ota- ona genotipini aniqlang.
A.Aa x Aa B.AA x aa C.Aa x AA D.Aa x aa
6. Pomidor mevasining qizil rangi sariq rang ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali qizillar o’zaro chatishtirilganda necha % pomidor fenotip jihatdan ota-onaga o’xshaydi?A.25 B.50 C.75 D.100
7.Pomidor mevasining qizil rangi sariq rang ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali qizil pomidor bilan sariq rangli pomidor o’zaro chatishtirilganda 50 ta qizil pomidor olingan.F2 da jami nechta pomidor bo’lgan?
A.25 B.50 C.75 D.100
8.Qizil gulli no’xat bilan oq gulli no’xat o’zaro chatishtirilganda F2 da qanday rangli no’xat hosil bo’ladi? A.Qizil B.Oq
C.75% qizil va 25% oq D.75% oq va 25 % qizil
9. Geterazigotali sariq rangli no’xatlar o’zaro chatishtirilganda F2 da hosil bo’lgan fenotip jihatdan ota-onasiga o’xshash bo’lgan lekin genotip jihatdan o’xshamaydigan no’xat, gomozigotali sariq rangli no’xat bilan chatishtirilsa necha % oq no’xat olinadi.
A.0 B.25 C.50 D.100
10.Geterazigotali oddiy dukkakli no’xat bilan bo’g’imli dukkakga ega bo’lgan no’xat chatishtirilganda 100 ta no’xat olingan. Olingan no’xatlarning nechtasida keying avlodda ajralish ro’y beradi? A.25 B.50 C.75D.100
11.Uzun poyali no’xat bilan kalta poyali no’zat o’zaro chatishtirilganda hosil bo’lgan no’xat o’zaro
chatishtirilganda F2 da olingan no’xatlarning necha % ida keying avlodda ajralish ro’y bermaydi?
A.25 B.50 C.75 D.100
12.Tovuqlarda gulsimon toj dominant, oddiy toj retsesiv. Gulsimon geterozigotali tovuqlar o’zaro chatishtirilganda olingan tovuqlarning necha % i fenotip jihatdan ota onaga o’xshamaydi?A.25 B.50 C.75 D.100
13. Tovuqlarda gulsimon toj dominant,
oddiy toj retsesiv. Gulsimon tojli tovuqlaroddiy tojli tovuqlar bilan chatishtirilganda F2 da qanday tovuqlar olinadi? A. 1 ta gulsimon, 1 ta oddiy
B. 3 ta gulsimon, 1 ta oddiyC. 1 ta gulsimon, 3 ta oddiy
D. 1 ta gulsimon, 2 ta oddiy
14. Gulsimon geterozigotali tovuqlar o’zaro chatishtirilganda 120 ta tovuq olingan. Ulatning nechtasi genotip jihatdan oat onaga o’xshamaydi?
A.30 B.60 C.90 D.120
15.Odamda kipriklarning uzun bo’lishi dominant, kalta bo’lishi retsessiv belgi. Uzun kiprikli ayol bilan kalta kiprikli erkak turmushidan 9 ta farzand tug’ulgan deb faraz qilinadi. Ularning 4 tasi uzun 5 tasi kalta kiprikli bo’lsa ota-ona genotipini aniqlang.
A.Aa x AaB.AA x aa C.Aa x AA D.Aa x aa
16. Pomidor mevasining qizil rangi sariq rang ustidan dominantlik qiladi. Ota ona organizmlari qizil rangga ega edi. Lekin ular chatishtirildanda 3/4 qizil, 1/4 sariq rangli bo’ldi. Ota-ona genotipini toping.
A.Aa x Aa B.AA x aa C.Aa x AA D.Aa x aa
17.Odamda qo’yko’zlik dominat, ko’k ko’zlik retsessiv hisoblanadi. Geterazigotali yigit bilan qiz turmush qurganda ularda tug’iladigan farzandlarning necha % i ko’k ko’z bo’ladi?A.25 B.50 C.75 D.100
18.Go’zaning hosil shoxi cheklanmaganligi, cheklanganligi ustidan dominantlik qiladi. Qanday genotipli ota-ona chatishtirilganda keyingi avlodda ajralish ro’y bermaydigan genotipi har xil 2 ta g’o’za olinadi?
A.Aa x Aa B.AA x aa C.Aa x AA D.Aa x aa
19.Miopligiya kasalligi dominant holda nasldan naslga o’tadi. Ota shu kasallik bo’yicha geterozigota, ona sog’lom bo’lgan oilada miopligiya bilan kasallangan farzandlar necha % ni tashkil etadi? A.25 B.50 C.75 D.100
20.Tut ipak qurtining urug’ining qora rangi oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali oq va qora rangli kapalaklar o’zaro chatishtirilganda 600 ta ipak qurti olingan bo’lsa shularning nechtasi oq rangli bo’ladi?
A.150 B.300 C.450 D.600
21. Ota- onasi malla sochli bo’lmagan lekin akasi malla shochli bo’lgan ayol, onasi malla sochli, otasi esa malla sochli bo’lmagan malla sochli erkak bilaturmush qurgan. Ularning nikohidan malla shochli bo’lmagan farzandlar necha % ni tashkil etadi? A.25 B.50 C.75 D.100
22.Oilada ota-onalardan biri normal, ikkinchisi polidaktiliyali. Ulardan normal bola tug’uldi. Ota ona genotipini toping. A.Aa x Aa B.AA x aa C.Aa x AA D.Aa x aa
23.Otasi qora ko’zli, onasi ko’k ko’zli bo’lgan qora ko’zli yigit, ota onasi qora ko’zli bo’lgan qora ko’zli qizga uylandi. Bu nikohdan necha % qora ko’zli bola tug’uladi?
A.25 B.50 C.75 D.100