Genetikadan masalalar to’plami. Mendelning 1 va 2-qonuniga doir masalalar


Mendelining 1-2-qonuni bo’yicha oraliq irsiylanishga oid masalalar



Download 198,5 Kb.
bet3/20
Sana01.02.2022
Hajmi198,5 Kb.
#424145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Genetikadan qo\'llanma.

Mendelining 1-2-qonuni bo’yicha oraliq irsiylanishga oid masalalar
1.G’o’zaning malla rangli tolasi, oq tolasi ustidan qisman dominantlik qilgani uchun F1 bo’g’inda novvotrang tolali forma hosil bo’ldi. Agar F1 duragayi o’zaro chatishtirilsa fenotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi?
A.3:1 B.1:2:1 C.1:1 D.1
2. G’o’zaning malla rangli tolasi, oq tolasi ustidan qisman dominantlik qilgani uchun F1 bo’g’inda novvotrang tolali forma hosil bo’ldi. Agar F1 duragayi o’zaro chatishtirilsa F2 da olingan go’zalarning necha % i fenotip jihatdan F1 ga o’xshaydi?A.25 B.50 C.75 D.100
3.Nomozshomgul qizil va pushti gultojbargli formalari o’zaro chatishtirilganda avlodning necha % oq rangli bo’ladi?A.25 B.50 C.0 D.100
4.Pushti rangli nomozshomgullar o’zaro chatishtirilganda olingan o’simliklarda oq gulning nisbati qizil gulga nisbatan qanday bo’ladi? A.3:1 B.1:2 C.1:1 D.2:1
5.Talasemiya kasalligi qisman dominant belgi sifatida naslda naslga o’tadi. Bu kasallik bo’yicha gomozigota formalar nobud bo’ladi. Geterozigotalarda kasallik yengil o’tadi. Ota-onalardan bir talasemiya bilan kasal ikkinchisi sog’lom bo’lsa, ulardan sog’lom bolalar tug’ilish ehtimoli necha foiz bo’ladi? A.25 B.50 C.0 D.100
6.Ota-onalarning ikkalasi ham talasemiya kasalligini yengil formasi bilan og’rigan bo’lsa ulardan tug’iladigan farzandlarning necha % i nobud bo’ladi?
A.25 B.50 C.0 D.100
7.Kulrang andalavus tovuqlari o’zaro chatishtirilganda naslda qora, oq va kulrang avlodlar olindi. Olingan kulrang tovuqlarning necha foizi dominant gomozigotali bo’ladi?
A.25 B.50 C.0 D.100
8.Kulrang andalavus tovuqlari o’zaro chatishtirilganda 20 ta tovuq olingan bo’lsa ularning nechtasi oq rangli bo’ladi?
A.5 B.10 C.15 D.20
9.G’o’zaning och antotsion formalari o’zaro chatishtirilganda 640 ta o’simlik olindi. Shundan 340 tasi och antotsion rangli bo’lsa qolgan o’simliklarning qanchasi yashil rangli bo’ladi? A.170 B.340 C.510 D.640
10.Odamda sochning jingalak bo’lishi tekis bo’lishi ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalarning sochi to’lqinsimon bo’ladi. Oiladagi farzandlarning 25 % jingalak, 50 % to’lqinsimon, 25 % tekis sochli bo’lgan. Ota- ona genotipini toping.
A.Aa x Aa B.AA x aa C.Aa x AA D.Aa x aa
11. G’o’zaning malla rangli tolasi, oq tolasi ustidan qisman dominantlik qilgani uchun F1 bo’g’inda novvotrang tolali forma hosil bo’ldi. Agar F1 duragayli oq tolali g’o’za bilan qayta chatishtirilganda 20 ta o’simlik olingan. Shularning nechtasi malla tolali bo’lgan?A.5 B.10 C.0 D.20
12.Qizil qulupnay bilan oq qulupnay o’zaro chatishtirilganda qizg’ish rangli qulupnay olindi. Qizg’ish rangli qulupnay oq rangli qulupnay bilan qayta chatishtirilganda avlodda nechta o’simlik olingan?
A.1 B.2 C.3 D.4
3-qonunga oid.
1.Makkajo’xorining uzun poyasi kalta poya ustidan, so’tasining kaltaligi kichikligi ustidan dominantlik qiladi. Digeterozigotali makkajo’xorilar o’zaro chatishtirilganda 80 ta makkajo’xori olingan bo’lsa?
1. chatishtirilgan makkajo’xorilarning genotipiga o’xshaganlari nechta.2. chatishtirilgan makkajo’xorilarningfenotipiga o’xshaganlari nechta.3.Keyingi avlodda ajralish ro’y beradiganlari nechta.4.Keyingi avlodda ajralish ro’y bermaydiganlari nechta.5.Uzun so’talilar nechta.6.Kalta so’talilar nechta. 7.Kalta bo’ylilar nechta.8.Uzun bo’ylilar nechta.9. Uzun bo’yli kalta so’talilar nechta.
10.Kalta bo’yli uzun so’talilar nechta.
11.Bitta belgisi bo’yicha geterozigotalar nechta.
12.Ikkinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar nechta.13.Birinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar nechta.14.Uzunlarning kaltalarga nisbati qanday bo’ladi.
2.Qovunlarda bargining yirikligi kichikligi ustidan, po’chog’ining sariqligi qoraligi ustidan dominantlik qiladi. Ikkala belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradigan qovun bilan kichik bargli sariq po’choqli geterozigotali qovunlar o’zaro chatishtirilganda 64 ta qovun olingan bo’lsa?
1.Gomozigotali qovunlar nechta.2.Geterozigotali qovunlar nechta.3.Ikkinchi belgisi bo’yicha gomozigotalar nechta.4.Qora po’choqli kichik barglilar nechta.5.Katta bargli qora po’choqlilar nechta.6.Kichik bargli sariq po’choqlilar nechta.
7.Chatishtirilgan qovunlarning genotipiga o’xshaganlari nechta.8. Chatishtirilgan qovunlarning fenotipiga o’xshaganlari nechta.
9.Chatishtirilgan qovunlarning genotipiga o’xshamaganlari nechta.10.Ikkinchi belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradiganlari nechta.
3.G’o’zalarda ko’sagining yirikligi kichikligi ustidan, tolasining uzunligi kaltaligi ustidan dominantlik qiladi. ko’sagi yirik, tolasi kalta
geterozigotali g’o’za bilan ko’sagi kichik, tolasi uzun geterozigotali g’o’zalar o’zaro chatishtirilganda 40 ta g’o’za olingan bo’lsa?
1. ko’sagi yirik, tolasi uzun go’zalar nechta.
2. ko’sagi yirik, tolasi kalta go’zalar nechta.
3. ko’sagi kichik, tolasi uzun go’zalar nechta.
4. ko’sagi kichik, tolasi kalta go’zalar nechta.
5.Fenotip va genotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi.6.Chatishtirilgan g’o’zalarning genotipiga
o’xshaganlari nechta.7. Chatishtirilgan g’o’zalarning genotipiga o’xshamaganlari nechta.
8.Keyingi avlodda ajralish ro’y beradiganlari nechta.9.Ikkinchi belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradiganlari nechta.10.Bitta belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradiganlari nechta.
4.Qovoqlarda bargining buyraksimonligi yumaloqligi ustidan, po’stlog’ining sariqligi qoramtirligi ustidan dominantlik qiladi. Ikkala belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradigan qovoqlar o’zaro chatishtirilganda 160 ta qovoq olingan bo’lsa?1. chatishtirilgan qovoqlarning genotipiga o’xshagan qovoqlarning %.2. chatishtirilgan qovoqlarning fenotipiga o’xshaganlar %.3.Keyingi avlodda ajralish ro’y beradiganlari nechta.
4.Keyingi avlodda ajralish ro’y bermaydiganlar %.
5.sariq po’choqlilar %.6.qoramtir po’choqlilar %.
7.buyraksimon barglilar %.8.yumaloq barglilar %.
9.yumaloq bargli, sariq po’choqlilar %.
10.Buyraksimon bargli, qoramtir po’choqlilar %.
11.Bitta belgisi bo’yicha geterozigotalar %.
12.Ikkinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar %.
13.Birinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar %.
5.Pomidor mevasining qizil rangi A,
yumaloq shakli B, sariq rangi a, noksimon shakli b, genga ega bo’ladi. Ikkala belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradigan pomidorlar bilan birinchi belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradigan noksimon pomidorlar chatishtirilganda 48 ta pomidorlar olingan bo’lsa?
1.Gomozigotali pomidorlar %.2.Geterozigotali pomidorlar %. 3.Ikkinchi belgisi bo’yicha gomozigotalar %.4.qizil rangli, noksimonlar %.
5.qizil rangli, yumaloqlar %.6.sariq rangli, yumaloqlar %.7.Chatishtirilganpomidorlarning genotipiga o’xshaganlari %. 8. Chatishtirilgan pomidorlarning fenotipiga o’xshaganlari %. 9.Chatishtirilgan pomidorlarning genotipiga o’xshamaganlari %. 10.Ikkinchi belgisi bo’yicha ajralish ro’y beradiganlari %.
6.No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi, kalta poyali, qizil gultojbargi navlari bilan chatishtirilganda F1 da uzun poyali, qizil gultojbargli o’simliklar hosil bo’lgan. F1 bo’g’in o’zaro chatishtirilganda F2 da hosil bo’lgan?
1. F1 genotipiga o’xshagan no’xotlarning %.
2. F1 fenotipiga o’xshaganlar %.
3.Keyingi avlodda ajralish ro’y beradiganlari %.
4.Keyingi avlodda ajralish ro’y bermaydiganlar %.
5.qizil gullilar %.6.uzun poyalilar %.
7.kalta poyalilar %.8.sariq gullilar %.9.qizil gulli,
kalta poyalilar %.10.sariq gulli, uzun poyalilar %.11.Bitta belgisi bo’yicha geterozigotalar %.12.Ikkinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar %.13.Birinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar %.
7.Tarvuz mevasining yumaloq shakli uzunchoq sakli ustidan, yashil po’choqlisi chipor ustidan dominantlik qiladi. Uning yumaloq chipor mevasi, uzunchoq yashil mevasi bilan chatishtirilganda F1 hosil bo’lgan bo’lsa. F1 lar o’zaro chatishtirilganda F2 da 320 ta o’simlik olingan bo’lsa?
1.F1 genotipiga o’xshaganlari nechta.
2.F1 fenotipiga o’xshaganlari nechta.
3.Keyingi avlodda ajralish ro’y beradiganlari nechta.4.Keyingi avlodda ajralish ro’y bermaydiganlari nechta.5.yashil po’choqlilar nechta.6.chipor po’choqlilar nechta. 7.yumaloqlar nechta.8.uzunchoqlar nechta.9. yumaloq yashillar nechta.
10.uzunchoq chiporlar nechta.11.Bitta belgisi bo’yicha geterozigotalar nechta.12.Ikkinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar nechta.13.Birinchi belgisi bo’yicha geterozigotalar nechta.14.nisbati qanday bo’ladi.
Mendelning 3-qonuniga doir masalalar
1.No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi, kalta poyali, qizil gultojbargi navlari bilan chatishtirilganda F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojbargli o’simliklar hosil bo’lgan. F1 bo’g’in o’zaro chatishtirilganda F2 da 720 ta o’simlik olindi. Ularning nechtasi uzunpoyali oq gultojbargli bo’ladi?A.135 B.405 C.120 D.45
2. No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi, kalta poyali, qizil gultojbargi navlari bilan chatishtirilganda F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojbargli o’simliklar hosil bo’lgan. F1 bo’g’in o’zaro chatishtirilganda F2 da 720 ta o’simlik olindi.Ularning nechtasi ikki belgidi bo’yicha gomozigotali bo’ladi. A.135 B.180 C.120 D.45
3. No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi, kalta poyali, qizil gultojbargi navlari bilan chatishtirilganda F1 da uzun poyali, qizil gultojbargli o’simliklar hosil bo’lgan. F1 bo’g’in o’zaro chatishtirilganda F2 da olingan o’simliklarning necha foizi genotip jihatdan F1 ga o’xshaydi? A.6.25 B.12.5 C.25 D.37.5
4. No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi, kalta poyali, qizil gultojbargi navlari bilan chatishtirilganda F1 da uzun poyali, qizil gultojbargli o’simliklar hosil bo’lgan. F1 bo’g’in o’zaro chatishtirilganda F2 da olingan o’simliklarning necha foizida 1- belgisi bo’yicha kelgusi avlodda ajralish ro’y beradi 2- belgisi bo’yicha ajralish ro’y bermaydi?
A.6.25 B.12.5 C.25 D.37.5
5.Tarvuz mevasining yumaloq shakli uzunchoq sakli ustidan, yashil po’choqlisi chipor ustidan dominantlik qiladi. Uning yumaloq chipor mevasi, uzunchoq yashil mevasi bilan chatishtirilganda F1 da 1200 ta o’simlik olindi. F1 lar o’zaro chatishtirilganda F2 ga 960 ta o’simlik olingan bo’lsa ularning nechtasi F1ga fenotip jihatdan o’xshash bo’ladi?A.240 B.300 C.360 D.540
6. Ikkinchi belgisi bo’yicha geterozigotali yumaloq yashil po’chqoli tarvuzlar o’zaro chatishtirilganda, olingan tarvuzlarning necha % i uzunchoq chipor rangli bo’ladi? A.0 B.25 C.50 D.75
7.Geterozigotali yumaloq chipor rangli tarvuz bilan geterozigotali uzunchoq yashil tarvuzlar chatishtirilganda 400 ta tarvuz olingan bo’lsa, ularning nechtasi genotip jihatdan ota-onaga o’xshash bo’ladi?
A.100 B.200 C.300 D.400
8.Go’zaning hosil shoxi cheklanmaganligi (S), gultojbarglari sariq-limon rangligi (Y), hosil shohining cheklanganligi (s) gultojbarglari och sariq (y) holatda bo’ladi. Digeterozigotali hosil shohi cheklanmagan, gultojbarglari sariq-limon rangdagi g’o’za bilan barcha belgisi gomozigotali bo’lgan hosil shohlari cheklangan gultojbarglari och sariq rangdagi g’o’zalar o’zaro chatishtirilganda 20 ta go’za olingan bo’lsa, ularning nechtasi hosil shohi cheklangan, gultojbarglari sariq-limon rangda bo’ladi?
A.5 B.10 C.15 D.20
9.Qovoq mevasining eti oq ragda dominant, sariq rangda retsessiv mevasining disksimon shakli dominant, yumaloq shakli retsessiv belgi hisoblanadi. Qanday genotipli ota-ona chatishtirilganda fenotip bo’yicha nisbat 3:1 bo’ladi?
A.AaBB x AaBB B.AaBB x AABb
C.AABB x AaBb D.aaBb x Aabb
10. Odamda o’ng qo’lni ko’p ishlatish va uzoqni ko’ra olmaslik dominant belgi, chap qo’lni ko’p ishlatish normal ko’rish retsessiv belgi hisoblanadi. Uzoqni yaxshi ko’ra olmaydigan chapaqay gomozigotali yigit, geterozigotali o’naqay uzoqni yaxshi ko’ra olmaydigan ayolga uylandi. Ularning nikohidan 4 ta farzand tug’ulgan bo’lsa ulaning nechtasi genotip jihatdan otasiga o’xshaydi?
A.1 B.2 C.3 D.4
11.Pomidor mevasining qizil rangi A, yumaloq shakli B, sariq rangi a, noksimon shakli b, genga ega bo’ladi. Qanday genotipli ota-ona chatishtirganda genotip bo’yicha nisbat 1:1:1:1 bo’ladi? A.aaBb x Aabb
B.AaBB x AaBBC.AaBB x AABb D.AaBB x aabb
12.Digeterozigotali qizil yumaloq pomidorlar o’zaro chatishtirilganda 640 ta o’simlik olingan bo’lsa, ularning nechtasi 1 belgisi bo’yicha retsessiv 2-belgisi bo’yich geterozigotali pomidorlar bo’ladi?
A.80 B.160 C.320 D.640
13.Ikkinchi belgisi bo’yicha gererozigotali sariq, silliq no’xat, birinchi belgisi bo’yicha geterozigotali sariq, burishgan no’xat bilan chatishtirilganda olingan no’xatlarning necha % i sariq burishgan bo’ladi?
A.25 B.50 C.75 D.100
14.It yungining qora rangi jigarrang ustidan, kalta yung uzum yugdan to’liq dominantlik qiladi. AaBb x Aabb shu genotipga itlar o’zaro chatishtirilganda olingan itlarning necha % i ota-ona rangiga o’xshamaydi?
A.12.5 B.25 C.37.5 D.50
15.Bulg’or garmdorilarning qizil va yashil, yupqa va qalin etli xillari bo’ladi. Qizil rangni boshqaruvchi gen dominant, yupqa etli bo’lish retsessiv genga bog’liq. Ikki gen ham har xil autosoma xromosomlarida joylashgan. Agar geterozigotali qizil, qalin po’stli germdorini ikki belgisi bo’yicha retsessiv xili bilan chatishtirilsa F1 da qanday fenotipga ega bo’lgan garmdorilar olinadi?

Download 198,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish