Tayanch so‘zlar:
Konsentratsiyasi, ammoniy fosfat, eruvchanlig, tuzlar, sistema, gidroliz, suyuqlanma, reactor, samaradorligi, ftor birikmalari, komponentlar, degidratatsiya jarayoni, avtotermik, superfosfat, ammoniylashtirish, issiqlik effekti.
Nazorat savollari va topshiriqlari
SKO‘ olishda ammoniy polifosfatlarining hosil bo‘lish reaksiyalarini yozing.
NH3–H3PO4–H4P2O7–H2O sistemasi eruvchanlig grafigini tushuntiring.
SKO‘ olishda degidratatsiya jarayoni tushuntiring.
Kislotani ammoniylashtirish jarayonini tushuntiring.
Qo‘shimcha ammoniylash reaksiyalarini yozing.
Mavzu№26: Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologik sxemasi
REJA:
SFK qabul qilish va saqlash tarmog‘i texnologik sxemasining bayoni
SKO‘ eritmasi olish tarmog‘i texnologik sxemasining bayoni
Tayyor mahsulotni saqlash va tashish
Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologik tartibi va texnologik sxemasini ishlatish
SFK qabul qilish va saqlash tarmog‘i texnologik sxemasining bayoni
Superfosfat kislotani qabul qilish va saqlash (26.1-rasm). Superfosfat kislota ishlab chiqarish korxonasiga sig‘imi 60 m3 bo‘lgan maxsus temiryo‘l sisternalarida keltiriladi. Sisterna kislotasi bilan tortiladi va tushirish moslamasiga bog‘lanadi. 4 ta sisterna tagiga tushirish moslamasi o‘rnatiladi. Tushirishdan oldin sisternalardagi harorat o‘lchanadi: agar harorat 60OC dan past bo‘lsa, kislota sisternaning o‘zida qizdiriladi. Buning uchun sisterna ichiga o‘rnatilgan isitish quvuriga 0,2 MPa (2 kgs/sm2) bosimli bug‘ yuboriladi. Bug‘ kollektori sisterna bilan tez ajratiluvchi shlang bilan biriktiriladi.
26.1-rasm. SFK qabul qilish va saqlash tarmog‘i texnologik sxemasi:
R1, R2 – SFK ombori; P3, P4, P5, P6 – rotatsion nasoslar; CH1 – moy statsiyasi; E6 – issiqlik almashtirgich; B17 – hajmdor idish; P16 – uchplunjerli nasos; TR1 – sisternalarni to‘xtatish uchun qurilma; R17 – sisternalarni yuvish qurilmasi.
Kislota 60-70OCgacha qizdirilgandan so‘ng bug‘ berilishi to‘xtatiladi. Sisternaning quyish jo‘mragidan shlang orqali rotatsion nasos yordamida omborga tushiriladi. Kislota tushishini tezlashtirish uchun sisternaga 0,065 MPa (0,65 kgs/sm2) bosimda havo beriladi. Ombordagi kislota harorati 60-70OCda ushlab turiladi. Harorat pasayganda SFKni qizdirish 0,4 MPa (4 kgs/sm2) bosimdagi to‘yingan suv bug‘i bilan qizdiriladigan issiqlik almashtirgichga kislotani quvurdagi aylanma harakati orqali amalga oshiriladi.
Superfosfat omborlariga aralashtiruvchi qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Temiryo‘l sisternalari va uzatish quvurlari 3-5 MPa (30-80 kgs/sm2) bosimdagi suv bilan yuviladi. Me’yorida ishlashini ta’minlash uchun rotatsion nasoslarga 1,2-1,4 MPa (12-14 kgs/sm2) bosimda moy stansiyasidan moylash suyuqligi (moy) yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |