Fanni o‘qitishdan maqsad-5140100-biologiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni tirik tabiat to‘g‘risida bilimga ega qilish; hayvonlarni tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi bo‘yicha bilimga ega qilish; talabalar ongida ilmiy-materialistik dunyoqarashni shakllantirish, ularni vatanga va tabiatga mehr-muhabbat, estetik ruhda tarbiyalash hamda bilim o‘rganish va fikrlash faoliyati, mustaqil bilim olish va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi-Zoologiya hayvonat olamining xilma-xilligi va uni bir butunlik sifatida o‘rganish hamda sayyoramiz miqyosidagi hayotiy tizim tuzilishiga tegishli muhim umumbiologik muammolarni hal qilishda markaziy o‘rinlarda turadi. Xalq xo‘jaligi va amaliyotda zoologiya fanini uslub va yutuqlaridan foydalanish yoritib beriladi. Talabalar hayvonat olami qonuniyalarini o‘rganish asosida hayvon organizmlarining ko‘payish usullari, o‘sishi, rivojlanishini turli tumanligi, ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik jarayonlarini yoritishda ushbu fanni ahamiyati naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Umurtqalilar zoologiyasi sohasidagi bilimlar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va bog‘dorchilikka, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari zahirasiga ziyon keltiradigan, shuningdek odam va hayvonlarga xavfli kasalliklarni tarqatadigan hayvonlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, zamonaviy zoologiya tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, veterinariya bilan bevosita bog‘langanligini aniqlash, zoologiyaning ayrim bo‘limlari, xususan, parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi predmetlar kompleks fanlar tarkibiga kirishi to‘g‘risida ham bilimlarga ega bo‘ladilar. Talabalar zoologiya fanini chuqur o‘zlashtirishi uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda beriladigan materiallar o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
Zoologiya fani hayvonat dunyosini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni hal etib biologiyaniig ayrim yo‘nalishlarini rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Zoologiya” fanidan darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o‘tkazilishi, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilinishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan samarali foydalanish, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o‘ylantiradigan muammoli savollarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo‘naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar fan mavzularini chuqur egallashni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |