Mikroorganizmlarning antigenlari. Mikrob hujayrasi o‘zida ko‘p miqdorda antigen saqlaydi, ular hujayrada turlicha joylashadi va infeksion jarayon yuzaga kelishida katta ahamiyatga ega. Turli mikroorganizm guruhida antigenlar turli xil tarkibda uchraydi. Ichak tayoqchasida О-, K-, H-antigenlari yaxshi o‘rganilgan.
O-antigen mikrob hujayrasining hujayra devorida bog‘langan. U «somatik» antigen deb ham ataladi, chunki bu antigen tanadagi (some) hujayrada saqlanadi. O-antigen Grammanfiy bakteriyalarda — murakkab lipopolisaxaridprotein kompleksi (endotoksin)dan iborat. U termostabil boclib, spirt va formalin ta’sirida parchalanmaydi. Asosiy yadro (soche) va yonidagi polisaxarid zanjiridan tuzilgan. O-anti- genlarning spetsifikligi bu zanjirning tuzilishi va tarkibiga bog‘liq.
H-antigenlar (xivchinli) bakteriya xivchinida joylashgan. Ular o‘zida flagellin oqsilini saqlaydi. Qizdirilganda parchalanadi. Formalin bilan zararsizlantirilganda, ocz xossasini saqlab qoladi.
Himoyalovchi antigen (protektiv) (lotin. protekti — himoya, himoyaga oluvchi) qo‘zg£atuvc hilar ta’sirida odam organizmida hosil bocladi. Kuydirgi, toun, brutselloz qo£zg‘atuvchilari himoya qiluvchi antigenni hosil qilish xossasiga ega. Uni jarohatlagan to‘qimalar suyuqligida aniqlash mumkin.
Infeksion kasalliklarda laboratoriya diagnostika usullaridan biri patologik materialda antigenlarni aniqlash hisoblanadi. Antigenlarni aniqlash uchun turli xil immunologik reaksiyalar qo‘llaniladi.
Mikroorganizmlar rivojlanishida, o£sishida va boclinib ko‘payishida ularning antigenlari oczgarishi mumkin. Ayrim yuzaki joylashgan antigen komponentlari esa yo‘qoladi. Bu holat dissotsiatsiya deb nomlanadi. Masa-lan, S koloniyalarining R koloniyalarga dissotsiatsiyasi misol bo‘la oladi.
634
Antitelo — antigenlar ta’sirida hosil bo'ladigan immunoglobulin modda, qonning spetsifik oqsilidir.
Odam qon zardobida ikki xil oqsil mavjud: albuminlar va globulinlar. Antitelolar, asosan, antigenlar ta’sirida o'zgargan globu- linlar bilan bog'lanadi va ular immunoglobulin deyiladi (Iq). Globulinlar bir xil emas. Ular elektr toki o'tkazilganda gelda harakat- lanish tezligiga ko'ra, uch fraksiyaga bo'linadi: а, в, Y Antitelolar globulinga taalluqli. Globulinning bu fraksiyasi elektr maydonida eng katta tezlikda harakatlanish kuchiga ega.
635
Immunoglobulinlar molekular massasi, ultrasentrifugalangandagi cho'kish tezligi va boshqa xossalariga ko'ra farqlanadi. Bu xossalari bo'yicha besh sinfga bo'linadi: LqG, LqM\ LqA, LqE, LqD. Ularning barchasi infeksion kasalliklarga qarshi hosil bo'ladigan immunitetda katta rol o'ynaydi.
G — immunoglobulini (LqG) barcha odam immunoglobulinining 75 % ni tashkil etadi. Ular immunitet hosil bo'lishida faol ishtirok etadi. Immunoglobulinlar orasida yolg'iz u homila orqali o'tib, homilada passiv immunitet hosil qiladi. Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi cho'kish tezligi katta emas.
M— immunoglobulini (LqM) homila organizmi zararlanganda yoki immunizatsiya qilinganda, birinchi bo'lib hosil bo'ladi. Bu sinfga odamning hayoti davomida, klinik belgilari namoyon bo'lmaydigan infeksiya yoki ko'p marotaba infeksiya yuqqanda hosil bo'lgan normal antitelolar kiradi. Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi cho'kish tezligi yuqori.
•A — immunoglobulini (LqA) shilliq sekretlari (moloziva so'lak va b.)ga kirish xossasiga ega. Ular mikroorganizmlarni nafas, me’da- ichak shilliq qavatlariga kirishidan himoya qilish vazifasini bajaradi. Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi cho'kish tezligi LqG ga yaqin.
636
Е— immunoglobulini (LqE) allergik reaksiyalarga javobgar hisoblanadi. Mahalliy immunitet hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
D — immunoglobulini (LqD) qon zardobida oz miqdorda aniq- langan. To‘liq o‘rganilmagan.
Immunoglobulinning tuzilishi. Immunoglobulin sinfi a’zolarining barchasi bir xilda tuzilgan. LqG molekulasi soddaroq bo‘lib, ikki juft polipeptid zanjiridan tuzilgan. Har bir jufti molekular massasiga ko‘ra, farqlanuvchi og‘ir va yengil zanjirlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |