Immunitet nima?
Immunitetning qanday turlarini bilasiz?
Nospetsifik himoya omillari nima?
Antigenlar nima?
Antigenlarning asosiy xossalari qanday?
MAVZU: ANTITELO REJA:
Immunoglobulinlar
Immunoglobulinning tuzilishi.
Tayanch iboralar: albumin, globulin, ultrasentrifuga, induktiv.
Antitelo — antigenlar ta’sirida hosil bo‘ladigan immunoglobulin modda, qonning spetsifik oqsilidir.
Odam qon zardobida ikki xil oqsil mavjud: albuminlar va globulinlar. Antitelolar, asosan, antigenlar ta’sirida o‘zgargan globu- linlar bilan bog‘lanadi va ular immunoglobulin deyiladi (Iq). Globulinlar bir xil emas. Ular elektr toki o‘tkazilganda gelda harakat- lanish tezligiga ko‘ra, uch fraksiyaga bo‘linadi: а, в, Y Antitelolar globulinga taalluqli. Globulinning bu fraksiyasi elektr maydonida eng katta tezlikda harakatlanish kuchiga ega.
Immunoglobulinlar molekular massasi, ultrasentrifugalangandagi cho‘kish tezligi va boshqa xossalariga ko‘ra farqlanadi. Bu xossalari bo‘yicha besh sinfga bo‘linadi: LqG, LqM, LqA, LqE, LqD. Ularning barchasi infeksion kasalliklarga qarshi hosil bo‘ladigan immunitetda katta rol o‘ynaydi.
G — immunoglobulini (LqG) barcha odam immunoglobulinining 75 % ni tashkil etadi. Ular immunitet hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi. Immunoglobulinlar orasida yolg‘iz u homila orqali o‘tib, homilada passiv immunitet hosil qiladi. Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi cho‘kish tezligi katta emas.
M— immunoglobulini (LqM) homila organizmi zararlanganda yoki immunizatsiya qilinganda, birinchi bo‘lib hosil bo‘ladi. Bu sinfga odamning hayoti davomida, klinik belgilari namoyon bo‘lmaydigan infeksiya yoki ko‘p marotaba infeksiya yuqqanda hosil bo‘lgan normal antitelolar kiradi. Molekular massasi va
427
ultrasentrifugalangandagi cho‘kish tezligi yuqori.
A — immunoglobulini (LqA) shilliq sekretlari (moloziva so‘lak va b.)ga kirish xossasiga ega. Ular mikroorganizmlami nafas, me’da- ichak shilliq qavatlariga kirishidan himoya qilish vazifasini bajaradi. Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi cho‘kish tezligi LqG ga yaqin.
E— immunoglobulini (LqE) allergik reaksiyalarga javobgar hisoblanadi. Mahalliy immunitet hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
D — immunoglobulini (LqD) qon zardobida oz miqdorda aniq- langan. To‘liq o‘rganilmagan.
Immunoglobulinning tuzilishi. Immunoglobulin sinfi a’zolarining barchasi bir xilda tuzilgan. LqG molekulasi soddaroq bo‘lib, ikki juft polipeptid zanjiridan tuzilgan. Har bir jufti molekular massasiga ko‘ra, farqlanuvchi og‘ir va yengil zanjirlardan iborat. Har qaysi zanjir antigenlar ta’sirida hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar va genetik jihatdan aniqlangan doimiy qismdan iborat. Antiteloning bunday spetsifik qismlari faol markaz deb ataladi. Ular antitelolarni hosil qilgan antigenlar bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadi. Antitelo molekulasidagi faol markazlar miqdori valentlikni ko‘rsatadi — antitelo bog‘lanishi mumkin bo‘lgan antigen molekula soni LqG va LqA — ikki valentli, LqM — besh valentlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |