423
oydan so‘ng yo‘qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta’minlaydi.
Sun 'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) natijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o‘ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgandan so‘ng hosil bo‘ladi. Masalan, ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma, chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan.
Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi, ya’ni qo‘zg‘atuvchi va toksinlarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo‘ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o‘zgarishi mikroorganizmlar va ular ishlab chiqaradigan moddalarga ta’sir ko‘rsatadi. Sun’iy faol immunitet sekin-asta, 3—4 hafta ichida hosil bo‘ladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi.
Sun 'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborish natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo, zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo‘ladi va faqat 15—20 kungacha saqlanadi, so‘ngra antitelolar parchalanib, orga- nizmdan chiqib ketadi.
«Mahalliy immunitet» tushunchasini fanga A.M. Bezredko kiritgan. U organizm to‘qimalari va alohida hujayralar ma’lum moyillika ega, deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya qo‘zg‘atuvchilari kiritish uchun to‘siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to‘qima va a’zolarning mikroorga- nizmlarni yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.
Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so‘ng yoki vaksinat (kuchsizlantirilgan tirik yoki o‘ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar) yuborilganda, hosil bo‘ladi.
Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli toksinlariga nisbatan hosil bo‘ladi.
Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so‘ng hosil bo‘ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va b.) bo‘ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so‘ng hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, organizmni kasallik qo‘zg‘atuvchisidan tozalanish davriga ko‘ra ham, bo‘lishimiz mumkin.
Steril immunitet — ko‘pgina qo‘zg‘atuvchilar bemor tuzalganda, organizmdan yo‘qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va b.).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo‘zg‘atuvchining moyilligi xo‘jayin organizmida bo‘lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklar yuqtirmasligi spetsifik va nospetsi- fik himoya omillarida o‘z aksini topadi. Nospetsifiklik deb, organizmning tug‘ma xususiyatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |