Immunogenez — antitelo hosil bo‘lishi antigenlarning dozasi, qisqaligi va yuborish usuliga bog‘liq. Antigenlarga nisbatan birlamchi immun javobning ikki bosqichi farq qiladi: induktiv — antigen organizmga tushganidan to antitelo hujayralari hosil bo‘lgunicha bo‘lgan davrni (20 soatgacha) va produktiv — antigen yuborilgandan keyingi kunning oxiri va qon zardobida antitelo hosil bo‘lishi davrini o‘z ichiga oladi. Antitelo miqdori sekin-asta ortib boradi (4 kun), 7—10-kunlari maksimal darajaga yetadi va birinchi oyning oxiriga borib kamayadi.
Ikkilamchi immun javob antigen qayta yuborilganda hosil bo‘ladi.
Bunda induktiv bosqich qisqa — antitelo tez va shiddat bilan ishlab chiqariladi.
Nazorat uchun savollar
Antitelo nima?
Siz immunoglobulinlarning qanday sinflarini bilasiz?
428
24-MAVZU: PNEVMOKOKKLAR
REJA:
Pevmokokklar morfologiyasi
Kulturali xossasi
Fermentativ xossasi
Antigenligi va tasnifi
Tayanch iboralar: proteolitik, virulentlik, metgemoglobin, gemoglobin, krupoz zotiljam
Pnevmokokklami birinchi bo‘lib R. Kox (1871) aniqlagan.
Morfologiyasi. Pnevmokokklar — tomonlari bir-biriga qaraganda diplokokklardir, qarama-qarshi tomonlari cho‘zilgan va sham alan- gasini eslatadi.
75—0,5 x 0,5—1 mkm kattalikda, juft-juft bo‘lib joylashgan. Suyuq oziqa muhitidan tayyorlangan surtma preparatda ular streptokokklarga o‘xshash qisqa zanjirsimon bo‘lib joylashgan. Ular harakatsiz, spora hosil qilmaydi, organizmda ikkala kokkni o‘rab turuvchi kapsula hosil qiladi. Kapsulasida haroratga chidamli antifagin moddasini (pnevmokokklami fagotsitozdan va antitelo ta’siridan himoya qilib turadigan) saqlaydi. Sun’iy oziqa muhitida o‘sgan pnevmokokklar o‘z kapsulasini yo‘qotadi. Pnevmokokklar Gram- musbat bo‘lib bo‘yaladi. Eski kulturasida Grammanfiy bo‘lib bo‘yalgan pnevmokokklar ham aniqlanadi.
Kulturali xossasi. Pnevmokokklar fakultativ anaerobdir. 36—37°C haroratda va pH 7,2—7,4 bo‘lgan muhitda o‘sadi. Oziqa muhitiga talabchan; qon yoki zardob qo‘shilgan oziqa muhitida yaxshi o‘sadi, chunki ular ko‘pgina aminokislotalarni sintezlamaydi. Zardobli agarda shudring tomchisiga o‘xshash mayda, nozik, tiniq koloniyalarni hosil qilib o‘sadi. Qonli agarda namli yashil-kulrang koloniya atrofida yashil- lanuvchi gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi. Bu gemoglobinning metgemoglobinga aylanganligidan dalolat beradi. Pnevmokokklar zardobli va 0,2 % glukozali sho‘rvada yaxshi o‘sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekisda loyqalanadi va probirka tubida cho‘kma hosil qilib o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |