Tayanch iboralar: peplos, lizogeniya, antigenlik, xorion, amniotic, allantois.
Virusli kasalliklar juda qadim zamondan ma’lum bo‘lsa-da, virusologiya alohida fan sifatida XIX asr oxirlaridan rivojlana boshladi.
1892-yilda rus botanik olimi D.I. Ivanovskiy tamaki barglarining mozaik kasalligini o‘rganayotganida bu kasallikni bakteriologik filtrlaridan ham o‘tib ketadigan juda mayda mikroorganizmlar keltirib chiqarishini aniqladi. Bu mikroorganizmlar filtrlanuvchi viruslar (lotin. virus—zahar) nomini oldi. Keyinchalik bakteriologik filtrlardan oquvchi boshqa mikroorganizmlar ham aniqlanadi va shundan so‘ng filtrlanuvchi barcha viruslarni «viruslar», deb umumiy nom bilan atala boshlandi.
Viruslarni o‘rganishda ko‘pgina tekshirishlar va munozaralar bo‘lib o‘tgan. Ayrim olimlar ularni hujayrasiz parazit, tirik mikroorganizmlarning avlodi desalar, boshqalari bu hujayrali mikroorganizmlarning evolutsion o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan, viruslar hujayra elementlaridan ajralib chiqqan sistemalardir, deb
431
taxmin qilishgan. Viruslarni o‘rganishda M.A. Morozov, N.F. Gamaleya, L.A. Zilber, M.P. Chumakov, A.A. Smorodinsev, V.M. Jdanov va boshqa olimlar katta hissa qo‘shishgan.
Viruslar — tirik materiyaning hujayrasiz shakldagi mavjudoti. Ular juda ham mayda mikroorganizmlardir. V.M.Jdanov viruslar bilan o‘rta kattalikdagi bakteriyalarni fil bilan sichqonga solishtiradi. Viruslar elektron mikroskop yaratilganidan so‘ng to‘liq o‘rganila boshlandi.
Hozirgi vaqtda viruslar kimyoviy, fizik, molekular-biologik, immunobiologik va genetik usullarda o‘rganilmoqda. Viruslar olami odamlarni, hayvonlarni, qurt- qumursqalarni, bakteriyalarni va o‘simliklarni zararlovchi virusga bo‘linadi. Viruslar biologik xossasi va shakliga ko‘ra turlicha bo‘lsa ham, ular umumiy tuzilishga egadirlar. Yetilgan viruslar «virionlar» deyiladi.
Mikroorganizmlar bir vaqtning o‘zida DNK va RNKni saqlasa, virion esa faqat bitta DNK yoki RNK, nuklein kislotasini saqlaydi. Viruslarda nuklein kislotasi bitta yoki ikkita ipli bo‘ladi. RNK saqlovchi viruslarning asosi bitta. DNK saqlovchi viruslar esa ikkita ipchadan iborat bo‘ladi. Tarkibidagi nuklein kislotasiga ko‘ra viruslar RNK saqlovchi va DNK saqlovchi viruslarga bo‘linadi. DNK saqlovchi viruslarga 5 ta, RNK saqlovchi viruslarga 19 ta oila kiradi.
Virion tuzilishi. Virion markazida nuklein kislotasi joylashgan, u kapsid (yunon. kapsa—yashik) bilan o‘ralgan.
Kapsid oqsil tabiatli kapsomerlardan tashkil topgan. Nuklein kislotasi bilan kapsid birgalikda nukleokapsid, deb ataladi. Yetilgan viruslar kimyoviy tuzilishiga ko‘ra nukleokapsiddan tashkil topgan bo‘lib, atrofida kapsomer joylashadi va bunday hollarda viruslar tayoqchasimon shaklda ko‘rinadi.
Faglar simmetriyaning murakkab turiga ega bo‘lib, uning bosh qismi kubsimon, dum qismi esa tayoqchasimon shaklga ega (sperma- tozoid shaklda). Yanada murakkabroq tuzilishga ega bo‘lgan ayrim viruslar peplos deb nomlanuvchi qobiqdan iborat. Bu qobiq viruslarni xo‘jayini hujayrasidan ajralib chiqqanida hosil bo‘ladi. Virus kapsidi xo‘jayini hujayrasining sitoplazmatik membranasi ichki qavatida o‘ralib, bitta yoki bir nechta super kapsid qobig‘ini hosil qiladi. Bunday qobiqni faqat ayrim viruslar, masalan, quturish, gerpes, ensefalit virus- larigina saqlaydi. Bu qobiq fosfolipidlar saqlaydi va ular efir ta’sirida parchalanadi.
Ayrim viruslarning tashqi yog‘li qavatidan tikanga o‘xshash kapsomerlar chiqib turadi (bu tikanlar o‘tmas) va ularni peplomerlar (masalan, gripp virusi) deyiladi. Nuklein kislotasi nasl belgilarini uzatuvchi bo‘lib hisoblanadi, kapsid va tashqi qobiq esa himoya funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari, ular virusning hujayra ichiga kirishiga yordam beradi.
Viruslarning o ‘lchami. Viruslar nanometrlarda o‘lchanadi. Ularning o‘lchami 15—20 dan 350—400 nm.gacha boradi.
432
Viruslarning katta-kichikligini o‘lchash usullari: 1) teshiklari ma’lum bo‘lgan bakteriologik filtrlarda filtrlash usuli; 2) ultrasentrifogalash (yirik viruslar tez cho‘kadi); 3) elektron mikroskopda suratga olish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |