Fermentativ xossasi. Pnevmokokklar yaxshi namoyon bo‘ladi- gan saxarolitik xossasiga ega. Ular laktoza, glukoza, saxaroza, maltoza, inulinni kislotagacha parchalaydi. Mannitni parchalamaydi. Proteolitik xossasiga ko‘ra kam faol, sutni ivitadi, jelatinani parchalamaydi, indol hosil qilmaydi. Pnevmokokklar o‘t suyuqligida eriydi. Inulinni parchalashi va o‘t suyuqligida ularni erishi diagnostikada katta ahamiyatga ega.
Pnevmokokklar gioluronidaza, fibrinolizin va boshqa patogen omillarni ishlab chiqaradi.
429
Toksigenligi. Pnevmokokklar endotoksid, gemolizin, leykotsi- dinlarni hosil qiladi. Pnevmokokklarning virulentligi o‘z kapsulasida antifaginni saqlashiga bog‘liq.
Antigenligi va tasnifi. Pnevmokokklarning tanasida ikki xil antigen bor; hujayra bilan bog‘langan oqsilli antigen pnevmokokklarning hamma turlari uchun umumiy antigen hisoblanadi. Ikkinchisi esa mikroblarning kapsulasida joylashgan polisaxarid antigen bo‘lib, har bir tur uchun spetsifikdir. Antigenlarning tuzilishiga qarab, 84 ta serovarga bo‘linadi. I, II, III serovarlari odam uchun patogen hisoblanib, kasallik keltirib chiqaradi.
Chidamliligi. Pnevmokokklar tashqi muhitga kam chidamli bo‘lib, hatto sun’iy oziqa muhitida ham 5—6 kundan so‘ng o‘ladi. Shuning uchun oziqa muhitini har
3 kunda tez-tez almashtirishga to‘g‘ri keladi. 60°C li harorat ta’sirida 3—5 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Past harorat va qurishga ancha chidamli, qurigan balg‘amda 2 oygacha saqlanib qolishi mumkin. Dezinfeksiyalovchi moddalardan 3 % li fenol, 1: 1000 nisbatli sulema eritmasi ularni bir necha daqiqadan so‘ng nobud qiladi.
Hayvon uchun patogenligi. Pnevmokokklarni tabiiy xo‘jayini odam hisoblanadi. Lekin pnevmokokklar buzoqlarda, qo‘zichoq- larda, cho‘chqalarda, it va maymunlarda ham kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar pnevmokokka juda sezgir. Ularga tekshirish materiali parenteral yo‘l orqali yuborilganda, sepsis paydo bo‘ladi va ular hayvonlarni 24—48 soatdan keyin o‘ldiradi.
O‘lgan sichqonlar yorib ko‘rilganda, infeksiya qilingan yerda fibrinoz ekssudat topiladi, taloq va jigarning kattalashganligi va qonga to‘lishganligi (giperemiya) aniqlanadi. Qon va a’zolar mikroskopda tekshirilganda kapsulalarda pnevmokokklar topiladi.
Infeksiya manbai. Kasal odam va bakteriya tashuvchilar hisob- lanadi.
Tarqalish yo ‘li. Havo-tomchi, havo changi yo‘li orqali tarqaladi.
Kirish darvozasi. Ko‘z, quloq, nafas yo‘li shilliq qavatlari orqali organizmga kiradi.
Odamlarda keltirib chiqaradigan kasalliklar. Pnevmokokklar turli xil yiring yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Quyidagi kasalliklar pnevmokokk uchun spetsifikdir:
Krupoz zotiljam (o‘pkaning zardob yig‘ib yallig‘lanish kasalligi).
Ko‘z muguz pardasining yuguruk yarasi.
Quloqni yallig‘lanishi (otit).
Bundan tashqari, sepsis, meningit, angina, plevrit, abssess va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Ko‘pincha krupoz zotiljam uchrab turadi, o‘pkaning bitta, kam hollarda ikki yoki uch bo‘lagini jarohatlaydi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, yuqori harorat va yo‘tal
430
bilan o‘tadi. Kasallik o‘lim bilan tugashi mumkin.
Immunitet. Kasallikdan so‘ng kuchsiz immunitet hosil bo‘ladi va yana qaytalashi mumkin.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktikasi yo‘q. Umumiy profilaktika- sida shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bemorlarni vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va davolash, aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish muhim o‘rin tutadi.
Davosi. Bemorlar sulfanilamid (norsulfazol va b.), penitsillin, biomitsin va boshqa antibiotiklar bilan davolanadi.
Nazorat uchun savollar
Pnevmokokklaming morfologik, kultural, fermentativ xossalari qanday?
Pnevmokokklaming patogenlik omili nima va ularni fagotsitozdan nima himoya qiladi?
Pnevmokokklar organizmga qaysi kirish darvozasi orqali kiradi?
Ular organizmda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
25-MAVZU: VIRUSLAR
REJA:
Viruslarning tasnifi
Viruslarning kimyoviy tarkibi
Virus va hujayraning o‘zaro ta’sir turlari
Viruslarning tashqi muhitga chiqishi va tarqalishi
Gripp qo‘zg‘atuvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |