Nospetsifik himoyaning hujayraviy omillari — fagotsitoz
Yallig‘lanish mexanizmining asoslaridan biri fagotsitoz — bakteriyalarni yutish jarayoni hisoblanadi. Fagotsitoz jarayonini birinchi bo‘lib I.I. Mechnikov ta’riflagan. U fagotsitozni bir hujayrali amyoba- larda o‘rganishdan boshlagan,
425
amyobalar uchun fagotsitoz jarayoni oziq-ovqatlarni hazm qilish tarzi hisoblanadi. Hayvonot dunyosi rivojlanishida bu jarayonning turli bosqichi kuzatilgan. I.I. Mechnikov odamda fagotsitozning maxsus hujayralarini aniqlagan. Ular yordamida bakteriyalar yo‘qotiladi, qon quyilish o‘chog‘ida o‘lik hujayralar shimiladi va h.k.
Organizmdagi turli xil hujayralar (leykotsitlar, qon tomirlaridagi endoteliy hujayralari) fagotsitar faollikka ega. Bunday faollik harakat- chan polimorf yadroli leykotsitlarda, qondagi monotsitlar va makrofag to‘qimalarda, suyak ko‘migida namoyon bo‘ladi. Barcha bitta yadroli fagotsit hujayralar monokular fagotsit sistemasi (MFS) ga kiritildi. Fagotsitoz hujayra lizosomalarida 25 dan ortiq gidrolitik fer- menlar va oqsillar mavjud. Ular antibakterial xususiyatga ega.
Mikroorganizmlarning antigenlari. Mikrob hujayrasi o‘zida ko‘p miqdorda antigen saqlaydi, ular hujayrada turlicha joylashadi va infeksion jarayon yuzaga kelishida katta ahamiyatga ega. Turli mikroorganizm guruhida antigenlar turli xil tarkibda uchraydi. Ichak tayoqchasida O-, K-, H-antigenlari yaxshi o‘rganilgan.
O-antigen mikrob hujayrasining hujayra devorida bog‘langan. U «somatik» antigen deb ham ataladi, chunki bu antigen tanadagi (some) hujayrada saqlanadi. O- antigen Grammanfiy bakteriyalarda — murakkab lipopolisaxaridprotein kompleksi (endotoksin)dan iborat. U termostabil bo‘lib, spirt va formalin ta’sirida parchalanmaydi. Asosiy yadro (soche) va yonidagi polisaxarid zanjiridan tuzilgan. O-anti- genlarning spetsifikligi bu zanjirning tuzilishi va tarkibiga bog‘liq.
K-antigenlar (kapsula) mikrob hujayrasining hujayra devori va kapsulasiga bog‘liq, shuningdek, ular yuzaki qobiq — antigen deb ham ataladi. K- antigeni O- antigeniga nisbatan yuza joylashgan. Ular kislotali polisaxaridlar hisoblanadi. K- antigenning bir qancha turlari mavjud: A, B, L va hokazo. Bu antigenlar bir-biridan haroratga chidamliligiga ko‘ra farqlanadi. A-antigeni ancha chidamli, L-antigeni chidamsizroq. Yuzaki K-antigenga Vi antigeni kiradi, bu antigen ichterlama va ayrim boshqa ichak bakteriyalarida uchraydi. U 60°C harorat ta’sirida parchalanadi. Vi antigeni mikroorganizmning virulentligiga bog‘liq.
H-antigenlar (xivchinli) bakteriya xivchinida joylashgan. Ular o‘zida flagellin oqsilini saqlaydi. Qizdirilganda parchalanadi. Formalin bilan zararsizlantirilganda, o‘z xossasini saqlab qoladi.
Himoyalovchi antigen (protektiv) (lotin. protekti — himoya, himoyaga oluvchi) qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida odam organizmida hosil bo‘ladi. Kuydirgi, toun, brutselloz qo‘zg‘atuvchilari himoya qiluvchi antigenni hosil qilish xossasiga ega. Uni jarohatlagan to‘qimalar suyuqligida aniqlash mumkin.
Infeksion kasalliklarda laboratoriya diagnostika usullaridan biri patologik materialda antigenlarni aniqlash hisoblanadi. Antigenlarni aniqlash uchun turli xil immunologik reaksiyalar qo‘llaniladi.
426
Mikroorganizmlar rivojlanishida, o‘sishida va bo‘linib ko‘payishida ul arning antigenlari o‘zgarishi mumkin. Ayrim yuzaki joylashgan antigen komponentlari esa yo‘qoladi. Bu holat dissotsiatsiya deb nomlanadi. Masalan, S koloniyalarining R koloniyalarga dissotsiatsiyasi misol bo‘la oladi.
Nazorat uchun savollar
Do'stlaringiz bilan baham: |