O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi


Viruslarning chidamliligi



Download 6,93 Mb.
bet178/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

Viruslarning chidamliligi. Ko‘pgina viruslar yuqori harorat ta’sirida parchalanadi. Lekin, ayrim viruslar, masalan, gepatit virusi yuqori haroratga chidamlidir.
Past haroratga viruslar sezuvchan emas. Quyoshning ultrabinafsha nurlari viruslarga parchalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Quyoshning tarqoq nurlari esa ularga kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Viruslar glitseringa chidamli bo‘lib, bu ularni glitserinda uzoq vaqt saqlanishiga imkon yaratadi. Ular antibiotikka chidamli (viruslarni

434



kultivatsiya qilishda ularni qo‘shimcha mikrofloradan ozod qilish uchun antibiotiklar bilan ishlov beriladi).
Ishqor, kislota va dezinfeksiyalovchi moddalar viruslarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Lekin ayrim viruslar formalin ta’sirida parchalansa ham immunogenlik xossasini saqlab qoladi. Bu vaziyat vaksinalar olishda formalindan foydalanishga imkon beradi (quturishga qarshi vaksina).
Patogenligi.
Ayrim viruslarga sezuvchan hayvonlar katta doirani tashkil etadi. Masalan, quturish virusiga ko‘p hayvonlar sezuvchan bo‘ladi. Ayrim viruslar esa faqat bitta tur hayvonni zararlaydi. Masalan, it toun virusi faqat itlarni zararlaydi. Shunday viruslar borki, hayvonlar ularga umuman sezuvchan emas (masalan, qizamiq virusi).
Viruslarning tashqi muhitga chiqishi va tarqalishi
Bemor organizmidan poliomiyelit virusi va boshqa enteroviruslar najas bilan, quturish virusi so‘lak bilan, gripp virusi va boshqalar nafas shilliq pardalari orqali tashqariga chiqadi. Viruslar havo-tomchi (gripp, chechak), alimentar (gepatit, poliomiyelit), bilvosita kontakt (quturish), transmissiv (ensefalit) yo‘llar bilan tarqaladi.
Viruslarni undirish usullari. Viruslar faqat to‘qimalarda o‘sadi. Ular tovuq embrionida, kultura to‘qimalarida, sezuvchan hayvon organizmida, bo‘g‘imoyoqlilar organizmida o‘stiriladi.
Viruslarni o‘rganishning dastlabki davrida olimlar hayvonlarga yuqtirib kuzatishgan. Lekin bu usul juda murakkab bo‘lib, ko‘pgina viruslarga esa hayvonlar sezuvchan ham emas edi. Virusologiya rivojlanishida ularni tovuq embrionida, odam va hayvon kultura to‘qimalarida o‘stirish katta natijalar berdi.
Tovuq embrionini zararlash. Viruslar bilan zararlash uchun 7—12 kunlik tovuq embrioni olinadi va u 37°C li termostatda qoldiriladi. Havodagi namlik yetarli bo‘lishi uchun esa termostatga idishda suv quyiladi.
Tovuq embrionining tajribaga yaroqliligi embrionning harakat- lanishi va xorion-allantois qobig‘idagi qon tomirlarining ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Buning uchun ovoskopdan foydalaniladi.
Tovuq embrionining quyidagi qatlamlariga zararli materiallar yuboriladi:

  1. xorion — allantois qobig‘iga;

  2. allantois bo‘shlig‘iga;

  3. amniotik bo‘shlig‘iga;

  4. sariqlik qopchasiga.

Tovuq embrionini zararlash bokslarda, steril sharoitda, steril asboblar yordamida olib boriladi. Ishni boshlashdan avval tovuq embrioni ikki marta spirtga namlangan paxta bilan artib yuborilishi lozim.

435



Xorion—allantois qobig‘ini zararlash. Tuxum spirt bilan zararsiz- lantirilgandan so‘ng uning to‘mtoq qismini po‘stlog‘i, so‘ngra po‘stloq ostidagi parda olinadi va shunda xorion—allantois qobig‘i ko‘rinadi. Zararli materialdan steril shpris yoki pipetka yordamida 0,1—0,2 ml olib, xorion—allantois qobig‘iga yuboriladi. So‘ng tuxum po‘stlog‘i yana yopilib, ustidan eritilgan parafin quyiladi.
Tuxumning boshqa butun joyiga unga qanday zararli material yuborilganligi oddiy qalamda yoziladi.
Amniotik bo‘shlig‘ini zararlash. Tuxum ovoskopga qo‘yilib, uning yon tomonidan qon tomirlari kam bo‘lgan xorion—allantois qavati qatlam bilan belgilab olinadi. Tuxum gorizontal holatda zararsiz- lantiriladi. Maxsus steril nayza bilan uning po‘sti 2—3 mm chuqurlikda teshiladi va shu teshik orqali steril shpris yordamida zararli material amniotik bo‘shlig‘iga yuboriladi. Yuborilayotgan suyuqlik toshib ketmasligi uchun tuxumni havo qopi tomonidan teshib qo‘yish lozim. Zararli material yuborilgandan so‘ng har ikki teshik parafin bilan bekitiladi.
Allantois bo‘shlig‘iga yuborish. Zararlash qorong‘ilashtirilgan boksda olib boriladi. Tuxumning havo qatlami belgilab olinadi va zararsizlantiriladi. So‘ngra uning po‘stidan bo‘shliq ochib, steril shprisda zararli material embrion tomon harakatlantiriladi. Agarda igna allantois bo‘shlig‘iga yetgan bo‘lsa, embrion soyasi o‘z joyini o‘zgartiradi. Zararli material yuborilgandan so‘ng teshik parafin bilan bekitiladi.
Virusning biologik xossasiga qarab zararlangan tuxumni saqlash vaqti va harorati belgilanadi. Zararlangan tuxumni har kuni ovoskopga qo‘yib, embrionning tirikligi tekshiriladi. Embrion birinchi kuniyoq nobud bo‘lsa, u zararli material yuborilayotganda shikastlangan, degan xulosaga kelinadi. Bunday tuxumlar tajribadan chetlashtiriladi.
Embrionning har bir qatlamini o‘rganish talab qilinadi. Buning uchun material ma’lum tartibda to‘planadi. Dastlab allantois suyuqligi, so‘ngra amniotik suyuqligi pipetkada so‘rib olinadi, xorion allantois qobig‘i, amniotik qobig‘i, embrion sariqlik qopchasi va shundan so‘ng xorion allantois qobig‘i ajratiladi. Xorion allantois qobig‘idagi o‘zga- rishlarning tavsifiga qarab zararlangan embrionda virus borligi aniqlanadi.
Gripp qo‘zg‘atuvchisi
Gripp nafas yo‘lining keng tarqalgan o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, u epidemiologik xarakterga ega va ko‘pgina odamlarni shikastlantiradi.
XX asr boshlarida M.I. Afanasyev va P.B. Vaks kasallik virus tabiatli ekanligini aytib o‘tishgan. 1903-yili C. Smits, K. Endryus va P. Leydlou bemorlardan ajratib olingan gripp virusining turini o‘rgandilar va uni gripp virusining A
turi deb nomladilar. 1930-yili T. Frensis va T. Medjilm B gripp virusini, 1847-yili R. Teyler C gripp virusini aniqlashgan. Gripp virusi Otrhomyxoviridae oilasiga kiradi.
436



Bu oilaga odamlarda, hayvonlarda va qushlarda kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar ham kiradi.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish