BIRINCHI BO‘LIM.
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAКLLANISHI
I bob. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA YO‘NALISHLARI
1.
Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
2. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish
qonuni.
3. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklan-
ganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi.
4. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlar-
ning shakllanishi.
5. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish
yo‘nalishlari.
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Insonlarning talab va ehtiyojlari ko‘p va turlichadir. Biologik
nuqtayi nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv,
oziq-ovqat, kiyim-kechak va oddiy boshpana bo‘lsa kifoya qiladi.
Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda insonlar o‘z turmush
tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ko‘proq yangi
tovar va xizmatlarga talab bildiradi. Endi insonlar daryodan oqib
turgan oddiy suvga emas, balki bejirim idishlarda chiroyli
qadoqlangan suv, salqin ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj
sezadilar. Кiyinish borasida ham avvalgi eng sodda kiyim-
kechaklarni emas, balki yuqori sifatli, bejirim kiyim-boshlarga ega
bo‘lishni xohlaydilar, albatta.
Avvalgidek insonlar oddiy uyda emas, balki ko‘p qavatli
binolarda, hashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar.
Insonlar ehtiyojining chek-chegarasi yo‘q. Shuningdek, biz o‘zi-
mizda kundalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yor-
dam beradigan uy jihozlariga, sifatli ta’lim olishga, ishonchli
7
xavfsizlikka, sog‘likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj
sezamiz.
Ayni vaqtda insonlar ehtiyojini qondirish uchun Yer, foydali
qazilma boyliklari, ish qurollari, texnika, mehnat qilish layoqati kabi
ishlab chiqarish resurslari mavjuddir. Xuddi mana shu resurslar
iqtisodiyotda qo‘llanilib, biz uchun turli-tuman mahsulotlar ishlab
chiqariladi va ko‘pgina ehtiyojlarimiz qondiriladi.
Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizning ehtiyojlarimizni
qondirish uchun zarur mavjud resurslar cheklangan. Biz ulardan
foydalanishning muqobil variantlaridan birini tanlashga majburmiz.
Ana shu haqiqat bizga iqtisodiyotning bosh masalasini tushunishi-
mizga yordam beradi
1
.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining
cheksizligi hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy
resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyotning bosh masalasi
o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar
cheklangan.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – iqtisodiy resurslar chek-
langan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib
to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari:
– iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;
– resurslar unumdorligini oshirish;
– resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng
samaralisini tanlash;
– jamiyat ehtiyojlarini cheklash.
Bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat,
san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari va turli xil xizmatlardan
bahramand bo‘lishlari kerak.
Кishilar bunday hayotiy vositalarga ega bo‘lishi uchun turli
sohalarda faoliyat ko‘rsatadi. Insonning turli faoliyatlari ichida eng
asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan
iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish (hamda xizmatlar ko‘rsatish)
dan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
1
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition.
America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 8-9.
8
Кishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan
hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda
iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan
bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib,
iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Iqtisodiyot
murakkab
va
ko‘pqirrali
tushuncha bo‘lib, turlicha mazmun va talqinga
ega. Iqtisodiyot bu, birinchidan xo‘jalik tizimi,
ikkinchidan iqtisodiy munosabatlar birligi va
uchinchidan, fan darajasida mujassamlashgan
bilimlardir. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy
shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning
uchun iqtisodiyot deganda, uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-
qoidalari tushunilgan. Lekin hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy
xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik ishlab
chiqarish korxonalari, korporatsiyalar, kompaniyalari, moliya va
bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalarni o‘z ichiga
olgan juda murakkab tuzilma hisoblanadi.
Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab
chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar,
xo‘jalik yuritish shakllari, ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va
infratuzilmaviy muassasalarning ma’lum darajada tartibga solingan
tizimidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyot – bu zaruriy hayotiy
iqtisodiy ne’matlarni yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har
qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy
tuzilmalardan iborat bo‘ladi.
Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-
iqtisodiy va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat
taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati
va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya’ni jamiyat uchun
zarur bo‘lgan ne’mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni
ro‘y beradi.
Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy
va kengaytirilgan turlarga ajratiladi.
9
Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish
hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir
me’yorda, o‘zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa bu jarayon
ko‘payib borish tartibida takrorlanadi.
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo‘yicha takror
ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va
iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida
eng asosiysi va boshlang‘ich bo‘g‘ini ishlab chiqarish jarayonidir.
Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi.
Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayriboshlanadigan va
nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi,
tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari tarmoqlar, sohalar,
hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o‘rtasida
taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.
Ayriboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab
chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi.
Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida iqtisodiy
aloqa – ayriboshlash jarayoni, ya’ni pul va unga tenglashtirilgan
vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir.
Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste’mol-
chilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat
qiladi. Iste’mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste’mol.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish
jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol
buyumlari shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali
ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir
me’yorda ro‘y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umu-
miy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalardir.
Infratuzilma quyidagi turlardan iborat bo‘ladi:
Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jara-
yoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari, ombor
xo‘jaligi, moddiy texnika ta’minoti, transport, aloqa, yo‘llar va
boshqa shu kabilardir.
10
Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining
ijtimoiy-madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta’lim,
sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik).
Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash
jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va
boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |