O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi 

 

Iqtisodiy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish inson hayoti, 



uning  yashashi  va  kamol  topishi  uchun  moddiy  asosdir.  Shuning 

uchun  ishlab  chiqarishning  to‘xtovsiz  takrorlanishi  va  uni 

rivojlantirish har doim eng muhim obyektiv zaruriyatdir. 

Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng 

avvalo,  uning  ro‘y  berishi  uchun  bu  jarayonda  qatnashadigan  re-

surslar, 

ya’ni 

uning 


omillari 

mavjud 


bo‘lmog‘i 

lozim. 


Iqtisodiyotning  tizimi  va  shaklidan  qat’iy  nazar  ishlab  chiqarish 

yoki xizmat ko‘rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo‘lgan 

omillar:  yer,  ishchi  kuchi,  kapital  va  tadbirkorlik  layoqati  bo‘lishi 

shart. 



48 

Ishchi  kuchi  deb,  insonning  mehnat  qilishga  bo‘lgan  aqliy  va 

jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat 

qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  kishilar  uchun  xosdir.  Lekin  ishchi  kuchi 

insonning  o‘zi  emas  yoki  mehnati  ham  emas,  uning  qobiliyatidan 

iboratdir. 

“Кapital”  tushunchasi  har  xil  yondashuvlarda  turlicha  maz-

munga  ega.  Iqtisodiy  resurs  sifatidagi  kapital  ishlab  chiqarish  va 

xizmat 

ko‘rsatish 

sohalarida 

qo‘llaniladigan 

investitsion 

vositalardan,  ya’ni  barcha  turdagi  mashinalar,  asbob-uskunalar, 

binolar,  inshootlar,  ombor  xo‘jaliklari,  saqlash  va  transport 

vositalari  hamda  boshqa  shu  kabilardan  iborat  bo‘ladi.  “Кapital” 

tushunchasiga birinchi yondashuvda uning iqtisodiy resurs sifatidagi 

moddiy  va  ashyoviy  ko‘rinishini,  ikkinchi  yondashuvda  esa  uning 

umumiy  ma’nodagi  qiymat  ko‘rinishi  e’tiborga  olinadi.  Umumiy 

ma’noda  kapital  tushunchasi  o‘z  egalariga  daromad  keltiradigan 

barcha sohalarda ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga 

tayyor turgan tovarlarni, moliyaviy resurslar va ishchi kuchini sotib 

olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini qamrab oladi. 

Bu  yerda  umumiy  ma’nodagi  kapital  turli  shaklda:  pul,  ishlab 

chiqarish  vositalari,  tovar  va  boshqa  moddiy  vositalar  shaklida 

bo‘lishi mumkin. 

Кapital  omil  sifatida  inson  tomonidan  yaratilgan  ishlab 

chiqarish  vositalar,  ya’ni  mehnat  vositalari  va  predmetlarini  o‘z 

ichiga oladi. 

Mehnat vositalari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat 

predmetlariga  ta’sir  qiladigan  vositalarga  aytiladi  (mashinalar, 

stanoklar,  traktorlar,  qurilmalar,  uskunalar  va  boshqalar).  Mehnat 

predmetlari  esa  bevosita  mehnat  ta’sir  qiladigan,  ya’ni  mahsulot 

tayyorlanadigan  narsalardir  (yer-suv,  xomashyo  va  boshqa  turli 

materiallar).  Mehnat  predmetlari  tabiatda  tayyor  holda  uchrashi 

mumkin  yoki  oldingi  davrdagi  mehnat  mahsuloti,  ya’ni  xomashyo 

bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda 

ishlab  chiqarish  vositalari  deb  yuritiladi.  Bu  esa  mehnat 

jarayonining  tabiatidan  kelib  chiqadi,  shuning  uchun  ham  ishlab 

chiqarish  vositalari  hamma  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlar,  insoniyat 

jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. 



49 

Mehnat 


vositalarini 

mehnat 


predmetlariga 

ta’sir 


etish 

xarakteriga  ko‘ra,  bir  nechta  katta  guruhlarga  bo‘lish  mumkin. 

Birinchi  guruhga  mashinalar,  mexanizmlar,  stanoklar,  uskunalar  va 

boshqalardan  iborat  mehnat  qurollarini  kiritish  mumkin.  Ularning 

yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi 

va  bu  ashyolarni  o‘zining  iste’moli  uchun  zarur  bo‘lgan  shaklga 

keltiradi. 

Ikkinchi  guruhga  materiallarni  saqlash  uchun  mo‘ljallangan 

mehnat  vositalari  sisternalar,  turli  xil  quvurlar,  omborlar  va 

boshqalar kiritiladi. 

Uchinchi  guruhga  ishlab  chiqarish  jarayonida  bevosita  qat-

nashmaydigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab 

chiqarish  jarayonining  amalga  oshishi  mumkin  emas  yoki  to‘la  va 

samarali  amalga  oshmasligi  mumkin.  Bularga  binolar,  yo‘llar  va 

boshqalar misol bo‘la oladi. 

Hozirgi  fan-texnika  inqilobi  davrida  ishlab  chiqarishning 

rivojlanishida  mehnat  predmetlarining  ahamiyati  o‘zgacha.  Mate-

riallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari paydo 

bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish vositalari uning moddiy, ishchi kuchi 

esa shaxsiy omilini tashkil qiladi.  

 

 

 



 

 

 



 

   



Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish