O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar 

 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  iqtisodiy  munosabatlarda  amal  qila-



digan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  fanning  asosiy  vazifalaridan  biri 

iqtisodiy  qonunlarni  bilish  va  uning  mazmunini,  amal  qilish  mexa-

nizmini ochib berish hisoblanadi.  

Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy 

hodisa  va  jarayonlar  o‘rtasidagi  doimiy,  takrorlanib  turadigan, 

barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini 

ifodalaydi. 

Iqtisodiy  qonunlar  obyektiv  amal  qilayotgan  iqtisodiy  voqea-

likning  umumlashgan  nazariy  ifodasi  bo‘lib,  u  obyektiv  reallikni 

ilmiy  bilish  natijasidir,  ya’ni  uning  inson  ongidagi  in’ikosidir. 

Iqtisodiy  qonunlar  obyektiv  xarakterga  ega  bo‘lib,  ularning  kelib 

chiqishi,  amal  qilishi,  rivojlanishi  va  barham  topishi  kishilarning 

ongiga,  ularning  xohish  irodasiga  bog‘liq  emas.  Ma’lum  tarixiy 

davrlarda,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanish  darajasiga, 

mavjud  iqtisodiy  tizimning  xarakteri  va  shart-sharoitiga  mos  kela-

digan  iqtisodiy  qonunlar  vujudga  keladi  va  amal  qila  boshlaydi. 

Lekin  iqtisodiy  qonunlar  kishilarning  iqtisodiy  faoliyatidan 

tashqarida,  ulardan  ajralgan  holda  mavjud  bo‘lmaydi,  balki  aynan 

ularning  faoliyati,  xatti-harakatlari,  iqtisodiy  xulq-atvori  tufayli 

tarkib  topadi  va  ular  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Shuning  uchun 

insonlar  iqtisodiy  qonunlarning  mazmunini  bilib,  ularning 

talablarini 

hisobga 


olib, 

o‘zlarining  amaliy  faoliyatlarida 

foydalanishlari  lozim  bo‘ladi.  Bu  iqtisodiy  qonunlar  talablariga  zid 

har  qanday  qaror  va  xatti-harakatlar  kishilarning  xohish  irodasidan 

qat’iy  nazar  muqarrar  ravishda          xo‘jalik  faoliyatida  qiyinchi-

liklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi. 

Iqtisodiy  qonunlar  tabiat  qonunlaridan  farq  qiladi.  Tabiat 

qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari 




39 

bo‘lib, tarixiydir va o‘zgaruvchandir, Chunki u kishilarning faoliyati 

bilan  bog‘liq  bo‘lib  kishilik  jamiyati  mavjud  bo‘lganda  paydo 

bo‘ladi va amal qiladi.  

Amal  qilish  davrining  davomiyligiga  qarab  iqtisodiy  qonunlar 

quyidagi guruhlarga ajratiladi:  

Umumiqtisodiy  qonunlar  –  kishilik  jamiyati  rivojlanishining 

barcha  bosqichlarida  amal  qiladi.  Masalan,  vaqtni  tejash  qonuni, 

ehtiyojlarning  o‘sib  borish  qonuni,  takror  ishlab  chiqarish  qonuni, 

unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar; 

Xususiy  yoki  davriy  iqtisodiy  qonunlar  –  insoniyat  jamiyati 

taraqqiyotining  ma’lum  bosqichlarida  amal  qiladi.  Masalan,  talab 

qonuni  va  taklif  qonuni,  tovar-pul  munosabatlari  mavjud  bo‘lgan 

davrlarda amal qiladi.  

Maxsus  o‘ziga  xos  iqtisodiy  qonunlar  –  alohida  olingan 

iqtisodiy  tizim  sharoitida  amal  qiladi.  Masalan,  sof  kapitalizm 

sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.  

Iqtisodiy  kategoriyalar.  Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  iqtisodiy 

qonunlar  bilan  bir  qatorda  iqtisodiy  jarayonlarning  alohida  tomon-

larini  tavsiflaydigan  kategoriyalarning  mazmunini  ham  ochib 

beradi. 

Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy 

jarayonlar  va  real  hodisalarning  ayrim  tomonlarini  ifoda  etuvchi 

ilmiy-nazariy tushunchadir.  

Iqtisodiy  kategoriyalar  real  iqtisodiy  hodisalarning  mohiyatini 

ifoda  etadigan  ilmiy  tushuncha  bo‘lib,  ilmiy  tafakkur  mahsulidir. 

Ular  nihoyatda  ko‘p  va  xilma-xildir.  Bozor,  pul,  tovar,  kapital, 

ishchi  kuchi,  iqtisodiy  muvozanat,  moliya,  kredit,  bank  va  boshqa 

shu  kabi  tushunchalar  iqtisodiy  kategoriyalarga  misol  bo‘la  oladi. 

Iqtisodiy  qonunlardan  farq  qilib,  ilmiy  kategoriyalar,  iqtisodiy 

hodisalarning mazmunini ifoda etadi.  

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish