O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

5. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish 

yo‘nalishlari 

 

XIX  asrning  70-yillaridan  boshlab  «siyosiy  iqtisod»  atamasi 



«iqtisod»  tushunchasiga  almashtirila  boshlandi.  Mazmunan  iqti-

sodiyot  nazariyasida  yangi  yo‘nalish  «ekonomiks»  (inglizcha 

“economics”  –  iqtisod,  xo‘jalik  hayoti,  iqtisodiy  fan)  shakllandi,  u 

fan  sifatida  xo‘jalikni  rivojlantirish  qonunlarini  o‘rgatishni 

anglatadi. 

Shu  sababli,  bu  davrdan  qator  g‘arb  mamlakatlarida  yangi 

iqtisodiy  konsepsiyalar  paydo  bo‘ldi  va  mustahkamlandi.  Ularda 

qiymatning  mehnat  nazariyasini  inkor  qilish  asosida  nazariy  fanni 

uning  ijtimoiy  muammolaridan  ozod  qilishga  urinishlar  kuzatildi. 



28 

Fan  tadqiqot  markaziga  ijtimoiy  va  tarixiy  mazmundan  mahrum 

qilingan  bir  qator  umumiy  prinsiplar  qo‘yildi.  Bular:  iste’mol 

jarayonida  iqtisodiy  ne’matlar  subyekt  nafligi  pasayib  borish 

prinsipi; iqtisodiy muvozanatlik qoidalari va boshqalar.  

Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning 

mavjud omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil 

imkoniyatlaridan  tanlashda  muammoning  ijtimoiy  mazmunidan 

ozod  qilingan  «texnologiya»  bo‘lib  qoldi.  Diqqat  markazga 

iqtisodiyotning  bozor  mezonlariga  binoan  samarali  faoliyat  qilish 

masalasi  chiqadi.  Har  bir  iqtisodiyot  subyekti  imkoniyatlar 

cheklanganlik  muammosiga  to‘qnash  keladi.  Shundan  kelib  chiqib, 

fan  jamiyat  cheklangan  resurslardan  nima,  qanday  va  kim  uchun 

ishlab chiqarish muammosini qanday hal qilish mumkinligini tadqiq 

qiladi.  

XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  «marjinalizm»  deb 

atalgan  oqim  vujudga  kelib,  shakllana  boshladi.  U  fransuzcha 

“marginus”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «keyingi  qo‘shilgan»,  degan 

ma’noni  beradi.  Uning  asoschilari  Avstriya  iqtisodiy  maktabining 

namoyondalari  Кarl  Menger  (1840-1921),  Fridrix  fon  Vizer  (1851-

1926),  Bem  Bavrek  (1851-1914)  hamda  ingliz  iqtisodchisi  Uilyam 

Stenli Jevons (1835-1882) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan 

tovar  nafliligining,  mehnat  yoki  resurs  unumdorligining  pasayib 

borishi,  keyingi  xarajat  kabi  nazariyalar  ishlab  chiqildi.  Bu  oqim 

iqtisod  fanida  yangi  yo‘nalish  neoklassik,  ya’ni  yangi  klassik  deb 

nom  oldi.  Mazkur  nazariyaning  yirik  namoyandalaridan  biri 

A.Marshall  bo‘lib,  u  iqtisodiy  jarayonlarning  uzviy  bog‘lanishi  va 

uning  nisbatlarini  ishlab  chiqishga  harakat  qildi,  bozor  muvozanati 

va  narxni  aniqlovchi  omillar  talab  va  taklifdan  iborat  deb  qaraydi. 

Bu  nazariy  yo‘nalishning  namoyondalaridan  biri  Shveysariya 

iqtisodchisi  Leon  Valras  (1834-1910)  bo‘lib,  u  umumiy  iqtisodiy 

muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.  

Neoklassiklar  o‘zlarini  A.Smit  va  boshqa  liberal  iqtisodchi-

larning  izdoshlari  deb  hisoblab  iqtisodiy  erkinlik  va  davlatning 

bozor  mexanizmiga  aralashmaslik  prinsiplarini  qo‘llab  chiqadi. 

Ularning  bosh  g‘oyasi  shundan  iboratki,  bozor  iqtisodiyoti 

muvozanatlikni  o‘z-o‘zicha  tartibga  solish  va  qo‘llab-quvvatlashga 

layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit 




29 

yaratishi  zarur.  Neoklassik  oqim  tarafdorlari  o‘zlarining  tadqiqot 

predmeti sifatida  ijtimoiy tashkil qilinish shaklidan  qat’i nazar “sof 

iqtisodiyot”  va  shaxsiy  manfaatga  asoslangan  bozor  iqtisodiyoti 

alohida subyektlari xatti-harakatini nazarda tutadi. 

Avstriya  iqtisodiy  maktabining  namoyandasi  E.Shumpeter 

«Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912-yil) deb nomlangan kitobida 

iqtisodiy  tizimlar  o‘zgarishining  ichki  kuchlarini,  ularning  ichki 

mazmunini  ko‘rsatishga  harakat  qildi  va  u  iqtisodiyotni  harakatga 

keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.  

Ingliz  iqtisodchisi  Jon  Meynard  Кeyns  (1883-1946)  o‘zining 

«Bandlik,  foiz  va  pulning  umumiy  nazariyasi»  (1936-yil)  degan 

kitobida  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar:  milliy  daromad,  kapital 

xarajatlar,  iste’mol  va  jamg‘arishning  o‘zaro  bog‘liqligini  tahlil 

qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq 

tarzda  qaror  topishi  iqtisodiy  taraqqiyotning  muhim  omili  deb 

ko‘rsatadi.  Кeyns  ta’limoti  ta’sirida  iqtisodiyotda  makroiqtisodiy 

tahlil  yo‘lga  qo‘yildi.  U  davlatning  iqtisodiyotni  boshqarishda  faol 

qatnashishi zarurligini asosladi.  

Кeynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy tizimi 

takomillashmagan  va  o‘z-o‘zini  tartibga  solishga  layoqatli  emas, 

mumkin  bo‘lgan  yuqori  bandlik  va  iqtisodiy  o‘sish  faqat 

iqtisodiyotga  davlatning  faol  aralashuvi  orqali  ta’minlanishi 

mumkin. 


O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xarrod, 

E.  Domar,  E.  Xansen  va  boshq.)  bandlik  va  inflatsiya  o‘rtasida 

optimal  nisbatni  topishga  harakat  qilib,  iqtisodiy  o‘sish  muam-

mosining 

yechimini 

ishlab 


chiqadi. 

“Neoklassik  sintez” 

konsepsiyasi  ham  shunga  yo‘naltirilgan.  Jumladan,  P.  Samuelson 

neoklassik  va  Кeynscha  nazariyalarni,  ishlab  chiqarishning  optimal 

darajasini  ta’minlovchi  hamda  talabni  faollashtiruvchi  omillarni 

bog‘lashga harakat qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan 

iboratki,  qachonki  to‘liq  bandlikka  erishilganda  bozorning  o‘zini-

o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata boshlaydi.  

XX  asrning  60  –  70-yillarida  neokeynschilar  (J.  Robinson,             

P.  Sraffa,  N.  Кaldor  va  boshqalar)  daromadlarni  ancha  teng 

taqsimlash,  bozor  raqobatini  cheklash,  inflatsiyaga  qarshi  tadbirlar 



30 

o‘tkazishni  yoqlab  keynschilikni  D.  Rikardo  g‘oyalari  bilan 

to‘ldirishga harakat qiladi. 

Кeyns  nazariyasi  g‘arb  mamlakatlarida  iqtisodiy  o‘sishning, 

ancha  yuqori  sur’atlarini  ta’minlash,  bandlikni  oshirish  va  umumiy 

farovonlikni  o‘stirish  imkonini  berdi.  Biroq  kuchli  jahon  iqtisodiy 

inqirozlari  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  jamiyatni 

ishsizlik,  inflatsiya  va  iqtisodiy  bo‘hronlarni  bartaraf  qilishga 

layoqatsiz  ekanligini  ko‘rsatdi.  Shu  sababli,  iqtisodiyot  nazariya-

sidagi  yangi  yo‘nalish  –  monetarizm,  yangi  klassik  maktab  va 

neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.  

Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal 

qiluvchi rol o‘ynashini asoslashga qaratilgan nazariya monetaristlar 

iqtisodiyotni  boshqarishda  davlat  pul  masalasi,  pul  emissiyasi, 

muomala va zaxiradagi pul miqdorini nazorat qilishi, davlat budjeti 

muvozanatlashuviga  erishishi  va  yuqori  bank  kredit  foizini 

o‘rnatishi zarur deb hisoblaydi.                                                                                        

Monetarizm  erkin  raqobat  va  narxning  erkin  shakllanishini 

bozor  iqtisodiyotining  asosi  va  uning  muvozanatlikka  erishish 

sharoiti  deb  hisoblaydi.  Ular  fikricha,  bozor  o‘z-o‘zini  tartibga 

soluvchi  tizim  bo‘lib  qolaveradi,  davlatning  aralashuvini  esa  faqat 

pul sohasi bilan cheklash lozim. 

Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Nobel mukofoti 

sovrindori Milton Fridman o‘zining tadqiqoti negizida iqtisodiyotni 

barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan g‘oyani ilgari 

suradi.  M.  Fridmanning  fikricha,  pul  iqtisodiy  jarayonlarni  tartibga 

solishning tartibsiz dastagi bo‘lishi mumkin. 

Uning  iqtisodiy  qarashlaridan  Pinochet  davlat  boshqaruviga 

kelgan davrda Chilida, R.Reygan iqtisodiy siyosatini asoslash uchun 

AQSHda foydalanilgan.  

XX  asrning  50–60-yillarida  neoklassik  yo‘nalishida  bir  qator 

yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari quyidagilar: 

Neoliberalizm (F.Xaek, Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e’tiborni 

davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini  eng  kam  darajaga  keltirishga, 

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi. 

Institutsionalizm  tarafdorlari  (T.Veblen,  U.Mitchel,  M.Veber, 

J.Gelbreyt)  fikriga  ko‘ra  xo‘jalik  yurituvchilar  o‘rtasidagi  muno-

sabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga 




31 

keladi.  Shu  sababli,  iqtisodiyotga  muassasaviy  o‘zgarishlar  orqali 

ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa 

qator yo‘nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda 

mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator mam-

lakatlarda darslik sifatida o‘tiladi.  

Hozirgi  paytda  bu  yo‘nalishdagi  fan  mamlakatimiz  va  boshqa 

qator  MDH  davlatlarida  «Iqtisodiyot  nazariyasi»  deb  atala 

boshlandi. 

«Iqtisodiyot  nazariyasi»  fan  sifatida  shakllanguncha  bosib 

o‘tgan  yo‘l  va  unda  vujudga  kelgan  g‘oyalar,  oqimlar  juda 

murakkab,  ko‘pincha  bir-biriga  zid  va  qarama-qarshidir.  Shunday 

bo‘lsa-da,  ular  bir-birini  to‘ldiradi,  iqtisodiy  jarayonlar  va 

hodisalarning  ichki  ziddiyatlarini,  qonunlarini  ma’lum  darajada 

umumlashtirib ifodalaydi.  

Iqtisodiy  fanda  turli  xil  maktablarning  mavjud  bo‘lishi  va 

iqtisodiy  jarayonlarni  bilishga  turlicha  yondashuvlar  iqtisodiy 

hayotning  murakkabligi,  o‘zgaruvchanligi  va  ziddiyatli  bo‘lishini 

tasdiqlaydi. Shu sababli, hech bir nazariya doimiy va mutlaq haqiqat 

bo‘lib  qolmaydi.  Ayni  vaqtda  bu  nazariyalar  o‘z  rivojlanishining  u 

yoki  bu  bosqichida  turgan  jamiyat  iqtisodiy  muammolarini 

mushohada  etish  va  hal  qilishga  ma’lum  hissa  qo‘shadi.  Shundan 

kelib  chiqib  va  vujudga  kelgan  ziddiyatlarni  bartaraf  qilish 

maqsadida  turli  xil,  hatto  iqtisodiyot  nazariyasidagi  qarama-qarshi 

oqimlar yutuqlarini umumlashtirish zarur bo‘ladi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish