O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish 

qonuni 

 

Ishlab  chiqarishning  pirovard  maqsadi  iste’mol,  ya’ni  ehtiyojni 



qondirish hisoblanadi.  

Insonning  yashashi  va  kamol  topishi, 

jamiyatning  rivojlanishi  uchun  kerak 

bo‘lgan  hayotiy  vositalar  va  iqtisodiy 

resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi. 

Jamiyat  ehtiyojlari  kishilar,  ya’ni  ja-

miyat  a’zolari,  korxonalar  va  davlat  ehti-

yojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning 

bu  barcha  turlari  uchun  umumiy  bo‘lgan 

xususiyat  –  ular  cheksiz  va  chegarasizdir. 

Jamiyat  ehtiyojlarida  kishilarning  ehtiyoj-

lari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Кishilarning barcha hayotiy 

ehtiyojlari  (iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy,  ma’naviy,  siyosiy  ehti-

yojlar)  orasida  ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojlar  alohida  o‘rin  tutadi.  Bu 

ehtiyojlar  kishilarning  yashashi,  mehnat  qilishi  va  hayot  kechirishi 

uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy  ne’matlardan  hamda  xizmatlardan 

iborat  bo‘ladi.  Shu  jihatdan  olganda  ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojlar 

moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.  

Moddiy  ehtiyojlar,  bu  avvalo,  kishilarning  o‘zlariga  foydali 

bo‘lgan  ne’matlarni  iste’mol  qilishga  bo‘lgan  xohishlaridir.  Bular 

iste’mol  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘plab  hayotiy  predmetlarni  (oziq-

ovqat,  kiyim-kechak,  turar-joy)  va  zeb-ziynat  buyumlarini 

(taqinchoq,  atir-upa,  yengil  avtomobil  va  h.k.)  o‘z  ichiga  oladi.  Bu 

o‘rinda  shuni  ta’kidlash  lozimki,  bir  necha  yil  oldin  zeb-ziynat 

dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur 

predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi 




11 

ma’lum  ehtiyojlarni  qondiradi.  Masalan,  shaxsiy  avtomashinani 

remont  qildirish,  soch  oldirish,  huquqshunos  maslahatidan  foyda-

lanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning 

ularga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qondiradi.  Ma’naviy  ehtiyojlar  moddiy 

ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy 

saviyasini  oshirish,  malaka-mahoratiga  ega  bo‘lish,  har  xil  xizmat-

lardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. 

Ehtiyojlar  yakka  tarzda  va  birgalikda  qondirilishi  mumkin.  Bu  esa 

ehtiyojning  tabiatiga  va  uni  qondiruvchi  obyektlari  xususiyatiga 

bog‘liq.  

 Ijtimoiy  ehtiyojlar  umumlashgan  iste’mol  faoliyatining  turli 

shakllarida  qatnashish  orqali  qondiriladi  hamda  uni  kishilarning 

birgalikda,  hamkorlikda  mavjud  bo‘lishi  zarurligini  taqozo  qiladi. 

Shunday  buyum  va  xizmat  turlari  borki,  ulardan  faqat  birgalikda 

foydalanish  mumkin.  Masalan,  ta’lim  olish,  sog‘liqni  saqlash,  dam 

olish  joylaridan  bahramand  bo‘lish,  sport  o‘yinlari  va  ko‘ngilochar 

tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir. 

Jamiyat  ehtiyojlarida  korxona  va  davlat  ehtiyojlari  ham  o‘z 

o‘rniga  ega.  Кorxonalarga  ishlab  chiqarish  maqsadlarini  amalga 

oshirish,  ya’ni  tovarlar  ishlab  chiqarish  uchun  ishlab  chiqarish 

vositalari  va  ishchi  kuchi  kerak  bo‘ladi.  Davlat,  butun  mamlakat 

aholisining  umumiy  ehtiyojlarini  aks  ettirib,  avtomobil  va  temir 

yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan 

ta’minlashga xizmat qiladi. 

Bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  davlatga  ham  zaruriy 

ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi. 

Jamiyat  ehtiyojlariga  bir  qator  omillar  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bular 

quyidagilar: 

jamiyatning  iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi.  Iqtisodiyoti  rivojla-

nishdan  orqada  qolgan  mamlakatlarda  ehtiyojlar  doirasi  tor  bo‘lsa, 

aksincha,  iqtisodiyoti  gurkirab  rivojlangan  mamlakatlarda  keng  va 

xilma-xil bo‘ladi; 

jamiyatdagi  mavjud  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim.  Agar  jamiyatdagi 

tizim  bozor  iqtisodiyoti  tartiblari  asosida  qurilgan  bo‘lsa,  undagi 

ijtimoiy  guruhlar  boylar  va  kambag‘allar,  mulkdor  va  mulksizlarga 

bo‘linib,  ularga  mansub  kishilar  ehtiyojlari  o‘rtasida  katta  farq 

mavjud  bo‘ladi.  Yuqori  daromad  oluvchilar  juda  sifatli,  noyob 




12 

mahsulotlar  va  xizmatlarga  ehtiyoj  bildirsa,  kambag‘allarning 

ehtiyojlari  o‘z  hayotini  saqlash  uchun  juda  zarur  mahsulotlar  va 

xizmatlar bilangina cheklanadi; 

tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori 

va  tarkibiga  ta’sir  qiladi.  Masalan,  nisbatan  sovuq  iqlim  sharoitida, 

issiq  sharoitdagilarga  qaraganda  hayot  kechirish  uchun  oqsil  va 

yog‘ga  boy  oziq-ovqat,  issiq  kiyim-kechak,  uy  va  transport 

vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi; 

tarixiy-milliy  an’analar  va  urf-odatlar,  tarixan  shakllangan 

milliy  va  diniy  marosimlar.  Jumladan,  Navro‘z  bayrami,  ro‘za  va 

hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi; 

aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;  

xalqaro,  davlatlar,  millatlar  va  mintaqalar  o‘rtasidagi  aloqalar, 

ayniqsa,  ular  o‘rtasidagi  mahsulot  va  axborot  ayriboshlashning 

rivojlanishi. 

Alohida  kishilarning  ehtiyojlari  ularning  yoshi,  jinsi,  oilaviy 

ahvoli,  kasbi,  mehnatning  tabiati  kabi  omillarga  bog‘liq.  Masalan, 

keksa  kishilar  yoshlardan  farq  qilib,  yengil  hazm  bo‘ladigan 

ovqatga,  dori-darmonga,  shovqin-suronsiz  yashash  muhitiga 

ko‘proq  ehtiyoj  sezadi.  Кo‘p  bolali  oilalarda  bolalar  kiyimi, 

o‘yinchoqlarga  ehtiyoj  yuqori  bo‘lsa,  farzandsiz  oilalarda  bunday 

ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan 

shug‘ullanuvchi  kishilar  ehtiyojlari  ham  bir-biridan  tubdan  farq 

qiladi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy,  shu  jumladan,  moddiy  ehtiyojlarni  to‘liq 

qondirish  mumkin  emas.  Jamiyatda  har  bir  ma’lum  davrda  ko‘plab 

qondirilmagan  ehtiyojlar  bo‘ladi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  yangi 

buyumlarning  paydo  bo‘lishi,  reklamaning  ta’siri  va  bozorlarning 

rivojlanishi 

natijasida 

ehtiyojlar  tarkiban 

o‘zgaradi 

va 


miqdoran 

o‘sib 


boradi.      

Ehtiyojlar  tur-

lari.  Ehtiyojlar  ni-

hoyatda  turli  -  tu-




13 

man bo‘lib, ularni turkumlashga turli jihatdan yondashish mumkin.  

 

Кo‘pgina  iqtisodchilar  u  yoki  bu  xususiyatlariga  ko‘ra  ehtiyoj-



larni  turli  guruhlarga  ajratib  tushuntirishga  harakat  qilishgan.  Ular, 

ehtiyojlarni  absolyut  va  nisbiy,  minimal  va  maksimal  darajadagi, 

qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va 

bilvosita  qondiriladigan  joriy  va  kelajakda  qondiriladigan 

ehtiyojlarga  ajratadi.  Ayrim  adabiyotlarda  birlamchi  –  eng  zarur 

ehtiyojlar,  ikkilamchi  qondirilishi  kechiktirsa  bo‘ladigan  ehtiyojlar 

mavjudligi  qayd  qilinadi.  Birlamchi  ehtiyojlarga  insonning  eng 

zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan 

ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ularning ma’naviy, intellektual 

faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngilochar 

tadbirlarga  qatnashishga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  kiritish  mumkin. 

Lekin  bunday  ajratish  shartli.  Ular  har  bir  inson  uchun  individual 

bo‘lib,  bir  inson  uchun  kiyim-kechak,  turar  joy  birlamchi  bo‘lsa, 

boshqasi  uchun  hayotiy  yashash  vositalari  ahamiyatli.  Birov  uchun 

kiyim-kechakdan  ko‘ra  bilim  olish  zarurroq,  boshqasi  uchun 

aksincha,  yoki  bir  kishi  uchun  ma’naviy  ehtiyojga  xohish  bo‘lsa, 

boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish yoki ma’lum vaqt 

o‘tgach, ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin. 

Ehtiyojlarga  turli  mezonlar  orqali  yondashib,  uni  har  xil 

guruhlarga ajratish mumkin: 

Ehtiyojlar  subyektlariga  ko‘ra:  individual,  jamoa  va  umum-

jamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi. 

a) Individual ehtiyoj – har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U 

fiziologik  ehtiyojlar,  o‘zining  har  tomonlama  kamol  topishiga 

bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.  

b)  Guruhiy  ehtiyoj  –  bu  oilaviy  yoki  kishilarning  biron 

maqsadda  birlashgan  guruhlari  (mehnat  jamoasi,  turli  uyushmalar) 

ehtiyojlari  bo‘lib,  birgalikda  yashash,  faoliyat  yuritish  jarayonida 

vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. 

d)  Umumjamiyat  ehtiyoji  –  bu  mamlakat  miqyosida,  inson-

larning  bir  butun  bo‘lib  tarkib  topgan  ehtiyojlaridir.  U  o‘z  ichiga 

birinchidan,  barcha  turdagi  individual  va  guruhiy  ehtiyojlarni  olsa, 

ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun 

zaruriy  ehtiyojdir.  Bularga  tabiiy  resurslarni  asrash,  mudofaa, 




14 

jamiyatni  boshqarish  kabilarni  kiritish  mumkin.  Jamiyatning 

ehtiyoji  turli  ijtimoiy  toifa  va  guruhlarga  mansub  kishilar 

ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi.  

Ehtiyojlar  obyektga  ko‘ra  moddiy,  ijtimoiy-ma’naviy  ehtiyoj-

larga bo‘linadi. 

Moddiy  ehtiyojlar  azaliy,  ular  inson  paydo  bo‘lishi  bilan 

vujudga kelgan. Ular tabiiy  ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur 

va  hayotiy  ehtiyojlardir.  Oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  turar-joylarga 

bo‘lgan  ehtiyojlarning  qondirilishi  yashashning  birlamchi  shartidir. 

Moddiy  ehtiyojlar  albatta  moddiy  ko‘rinishga  ega,  masalan,  oziq-

ovqat  mahsulotlariga  ehtiyoj:  un,  guruch,  yog‘,  go‘sht,  shakar  va 

boshqalar aynan shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj 

azaliy  bo‘lmay  jamiyat  taraqqiyotining  ma’lum  bosqichida, 

sivilizatsion 

rivojlanish 

natijasida 

yuzaga 


keladi. 

Jamiyat 


rivojlanishi  bilan  ijtimoiy-ma’naviy  ehtiyojlar  tabiiy  zaruratga 

aylanib 


boradi. 

Ijtimoiy-ma’naviy 

ehtiyojlar 

asosan 


turli 

xizmatlardan  foydalanishga  bo‘lgan  ehtiyojlar  tarzida  yuzaga 

chiqadi.  Кishilar  ijtimoiy-ma’naviy  xizmatlardan  foydalanib, 

axloqiy,  ma’naviy,  estetik,  jismoniy  jihatdan  tarbiyalanadi,  bilim 

oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.  

Ehtiyojlar  tizimida  mehnat  qilish,  dam  olish,  ish  qobiliyatini 

tiklashga bo‘lgan ehtiyojlarga ajratiladi. 

Mehnat  ehtiyoji  insonning  o‘zida  mujassamlashgan.  Mehnatsiz 

inson  yashay  olmaydi,  Chunki  mehnatsiz  nozu-ne’matlarni  yaratib 

bo‘lmaydi  va  inson  shaxsi  kamol  topa  olmaydi.  Mehnat  ehtiyoji 

insonda  jismoniy  mehnat  qilish  va  aqliy  qobiliyati  borligidan  kelib 

chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini ishga solib, 

obro‘-e’tibor  qozonishga  harakat  qiladi.  Inson  mehnat  qilar  ekan, 

albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngilochar 

tadbirlarda qatnashishiga ehtiyoj sezadi. 

Ehtiyojlar  qondirilishi  jihatidan  yakka  tartibda  va  birgalikda 

qondiriladigan  ehtiyojlarga  bo‘linadi.  Har  bir  inson  o‘zining 

ehtiyojlarining  bir  qismini  yakka  tartibda,  ikkinchi  qismini  esa 

boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan 

ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondashib bo‘lmaydi. Moddiy ehti-

yojlarning  ko‘pchiligi  odatda  yakka  tartibda  qondiriladigan 

ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birga-




15 

likda  qondiriladigan  ehtiyojlardan  iborat.  Masalan,  kiyim  kiyishga 

bo‘lgan  ehtiyoj  yakka  tartibda,  bilim  olishga  bo‘lgan  ehtiyoj 

birgalikda qondiriladi. 

5. Кo‘zlangan maqsadiga qarab shaxsiy va unumli, ya’ni ishlab 

chiqarish  ehtiyojlari  farqlanadi.  Iste’mol  tovarlari  va  iqtisodiy 

resurslarga  bo‘lgan  ehtiyoj  shular  jumlasidandir.  Birinchisi 

insonning  bevosita  ehtiyojlari  bo‘lib,  uning  hayot  kechirishi,  har 

tomonlama  kamol  topishiga  qaratiladi.  Ishlab  chiqarish  ehtiyojlari 

esa  kishilar  uchun  bilvosita  ehtiyojlar  hisoblanib,  uning  yordamida 

inson  yashashi,  kamol  topishi  uchun  zarur  bo‘lgan  turli  ne’matlar 

ishlab  chiqarish  uchun  zarur  ishlab  chiqarish  vositalari  unumli 

iste’mol qilinadi.  

Qayd  qilingan  ehtiyojlarning  barchasi  bir-biri  bilan  bog‘liq 

bo‘lib,  biri  ikkinchisini  taqozo  qiladi  hamda  yagona  umumjamiyat 

ehtiyojlari tarzida shakllanadi.  

Jamiyatning,  ya’ni  uni  tashkil  qiluvchi  kishilar  va  davlat 

ehtiyojlarining  cheksizligi,  ularning  to‘xtovsiz  yangilanib  va  ortib 

borishi  ehtiyojlarning  o‘sib  borishi  iqtisodiy  qonunda  o‘z  ifodasini 

topadi.  Mazkur  qonun  nafaqat  ehtiyojlarning  miqdoran  o‘sib 

borishini,  balki  ularning  tarkiban  yangilanib  turishini,  eskilarining 

o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi 

qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  bog‘liqlikni  aks  ettiradi.  Ishlab  chiqarish  ehtiyojlarini 

qondirishga  qaratiladi  va  uning  rivojlanishi  yangi  ehtiyojlarni 

yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab 

chiqarish  va  ehtiyoj  o‘rtasidagi  bog‘liqlik  xalqaro  miqyosda  aks 

etadi.  Ma’lum  bir  mamlakatda  paydo  bo‘lgan  ehtiyoj  boshqalariga 

tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib 

borgani  sari  ehtiyojlarning  milliy  xususiyatlari  bilan  bir  qatorda 

uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi. 

Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z 

orqasidan  boshqa  bir  ehtiyojni  keltirib  chiqaradi.  Masalan,  kom-

pyuter  texnikasiga  ehtiyojning  paydo  bo‘lishi,  o‘z  navbatida  uni 

ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni 

keltirib chiqaradi. 

Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning 

o‘sishiga  qarshi  ta’sir  qiluvchi  omillar  ham  mavjud  bo‘ladi.  Ishlab 




16 

chiqarish  holati,  jamiyatdagi  hukmron  munosabatlar,  favqulodda 

yuz  beradigan  hodisalar  (urushlar,  iqtisodiy  tizim  almashishi)  va 

tabiiy  ofatlar  (zilzila,  suv  toshqini,  yong‘in  kabilar)  ehtiyojlarning 

o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, 

ehtiyojlarning  o‘sib  borish  qonuni  mavjud  ehtiyojlarning  miqdoran 

o‘sib  borishida,  mutlaqo  yangilarining  paydo  bo‘lishida,  muayyan 

ehtiyojlar doirasida uning turlari nisbatining o‘zgarishida va bir ehti-

yojning  boshqasi  bilan  almashinishida  namoyon  bo‘ladi.  Ehtiyoj-

larning  o‘sib  borishi,  uni  qondirish  vositalari  darajasi  bilan 

chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham 

uni  ta’minlash  uchun  zarur  bo‘ladigan  iqtisodiy  resurslar  cheklan-

gandir. 

Кishilik  jamiyati  taraqqiyoti  tarixiga  nazar  tashlansa  ehtiyoj-

larning  miqdoran  o‘sib,  tarkiban  takomillashib  borishi  aniq 

namoyon  bo‘ladi.  Ehtiyojlarning  uzluksiz  o‘zgarib  turishi  har 

qanday  jamiyatga  xosdir.  Qondirilgan  ehtiyoj  yangi  ehtiyojlarni 

keltirib  chiqarishi  xalqda  «Insonning  ko‘zi  tuproqqa  to‘lganda 

to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi zamon 

fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini 

to‘xtashini  bildiradi  deb  e’tirof  etishadi.  Ehtiyoj  o‘sib  bormaganda 

ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi. 

Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.  

1. Кishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan 

aholi  sonining  ko‘payib  borishi  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchi 

tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq. 

2.  Ehtiyojlar  tarkibi  o‘zgarib,  yangilanib  va  ko‘payib  boradi. 

Ayrim  ehtiyojlar  yo‘qolib,  o‘rniga  yangisi  keladi.  Ishlab  chiqarish-

ning  o‘zi  ehtiyojlarning  o‘sishiga  va  tarkibining  o‘zgarishiga  katta 

ta’sir ko‘rsatadi.  

Shuning  uchun  ehtiyojlar  borgan  sari  tarkiban  yangilanib, 

ko‘payib  sifat  jihatdan  o‘zgarib  boradi.  Ishlab  chiqarish  ta’sirida 

mutlaqo  yangi  ehtiyojlar  vujudga  keladi  va  ayni  vaqtda  eskilari 

yo‘qolib boradi. 

Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va 

muayyan  ehtiyojlarni  qondirishga  imkoniyat  ham  vujudga  keladi. 

Mavjud  ehtiyojning  qondirilishi  o‘z  navbatida  yangi  ehtiyojlarni 

vujudga  keltiradi.  Masalan,  avtomobil  sotib  olib  ehtiyojning 




17 

qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: 

mashina  turadigan  joyga,  yonilg‘i,  ehtiyot  qism,  sug‘urta  qildirish, 

soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.  

Fan-texnika  taraqqiyotining  tezlashuvi,  aholi  turmush  tarzi 

o‘zgarishi  ham  ehtiyojlarni  tubdan  o‘zgartiradi.  Yangi  ixtirolarni 

ommaviy  ishlab  chiqarish  o‘z  navbatida  ularga  xos  ehtiyojlarni 

vujudga  keltiradi.  Masalan,  kir  yuvish  mashinasi,  planshet  va 

boshqalarga ehtiyoj.  

Ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  kishilar  hayotining  ijtimoiy-

maishiy  va  madaniy  sharoitlariga  ham  ehtiyojlarni  shakllantiradi. 

Bunga oddiygina misol, dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi 

bilan  hozirgi  zamon  ovqat  tayyorlash  texnologiyasi  tubdan  farq 

qiladi.  

Ishlab  chiqarish  ehtiyojlarni  shakllantirar  ekan,  o‘z  navbatida 

ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar 

yaratuvchanlik  faoliyatining  aniq  yo‘nalishiga  asos  bo‘ladi, 

ikkinchidan  inson  ehtiyojlarining  miqdor  va  sifat  jihatdan  tez 

o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqozo etadi. 

Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida o‘zaro uzviy 

bog‘liqlik  va  ehtiyojlarning  yuksalishi  murakkab  tarzda  kechishini 

ko‘rsatadi.  Ehtiyojlarning  cheksizligi  nisbatan  ko‘proq  ijtimoiy-

ma’naviy  ehtiyojlarga  taalluqli.  Shu  sababli,  A.Smit  «ovqatga 

intilish  har  bir  odamda  kishi  oshqozonini  kichik  sig‘imi  bilan 

cheklanadi,  lekin  qulayliklarga  hamda  uy-joy,  kiyim-kechak,  uy 

sharoiti  va  anjomlarni  bezashga  intilish  aftidan  cheksiz  yoki 

muayyan chegaralarga ega bo‘lmasa kerak» deb ta’kidlagan. 

Ehtiyojlarni  qondirilish  darajasi  (EQD)  har  bir  davrda  haqiqiy 

iste’mol  (HI)ni  ehtiyojlarning  umumiy  darajasi  (EUD)ga  nisbati 

orqali aniqlanadi, ya’ni 

EQD=HI/EUD

100 



Ehtiyojlar 

qondirilish 

darajasi 

odatda 


iste’mol 

bilan 


taqqoslanadi.  U  yil  davomida  aholi  jon  boshiga  iste’mol  qilingan 

tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida baholanadi. Masalan, aholi 

jon  boshiga  iste’mol  qilingan  non  va  non  mahsulotlari,  sut,  go‘sht, 

sabzavot,  meva;  har  yuz  oilaga  to‘g‘ri  keladigan  uzoq  muddat 

foydalanadigan tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, 

muzlatgich, uy-joy maydoni va boshqalar. 




18 

Jamiyat  taraqqiy  etgan  sari  iste’mol  darajasi  ortib,  ehtiyojlar 

to‘laroq  qondirila  boradi.  Ehtiyojni  qondirish  usullari  ham 

o‘zgaradi.  Iste’mol  ne’matlari  turi  ko‘payadi.  Ehtiyojlarning 

qondirilishi  umumiy  tarzda  aholi  turmush  darajasini  ko‘rsatadi. 

Turmush  darajasi  -  aholi  ehtiyojlarini  qondirilishiga  qarab 

baholanadi.  Aholining  ehtiyojlarining  qondirilishi  ularning  farovon 

yashashi,  uzoq  umr  ko‘rishining  garovidir.  Buning  uchun  esa  ana 

shu  ehtiyojlarni  qondiradigan  darajada  ishlab  chiqarish  zarur 

bo‘ladi. 

Ehtiyojlar  bilan  ishlab  chiqarish  nisbati  o‘zgarishining  uch 

muqobil varianti mavjud bo‘ladi:  

1.  Regressiv.  Bu  muqobil  holat  uzoq  muddat  ishlab 

chiqarishning  tushkunlikda  bo‘lishi  natijasidan  kelib  chiqadi. 

Iqtisodiyotning bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin. 

Aholi  iste’moli  miqdor  va  sifat  jihatdan  ham  kamayib  boradi. 

Borgan  sari  kishilarning  eng  zarur  ehtiyojlarini  qondirish  ham 

qiyinlashib  boradi.  Hozir  shunday  vaziyatni  Osiyo,  Afrika,  Lotin 

Amerikasining qator mamlakatlarida ko‘rish mumkin.  

2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot 

ishlab  chiqariladi  va  ehtiyojlar  ham  nihoyatda  sekinlik  bilan  o‘sib 

boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (– taqsimot – 

ayriboshlash  –  iste’mol)  va  ehtiyojlar  doira  shaklini  eslatadi. 

Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning 

an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol hozirgi paytda 

ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.  

3. Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdoran ko‘payib boradi, 

sifati  yaxshilanadi,  iste’mol  va  ehtiyojlar  o‘sadi.  Uni  tobora 

kengayib  boruvchi  spiralsimon  harakat  tarzida  ifodalash  mumkin. 

Bir  qator  beqarorliklarga  qaramasdan,  rivojlangan  mamlakatlarda 

ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish