O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Mog‘or zamburug‘larning xarakteristikasi, ko‘payishi va sistematikasi



Download 14,52 Mb.
bet30/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Mog‘or zamburug‘larning xarakteristikasi, ko‘payishi va sistematikasi.
Zigomitsetsimonlarning jinssiz ko‘payish asosan sporangiosporalar yordamida amalga oshadi. Jinsiy ko‘payish ham o‘ziga xos zigogamiya usulida borib, unda bir xil mitseliyning giflari o‘rtasida (gomotallik formalar) yoki har xil mitseliylar (geterotallik formalar) bir-biriga qarab o‘simtalar hosil qiladi. Odatda, o‘simtalar hosil bo‘lgan joy gifning boshqa qismidan to‘siq bilan ajraladi. O‘simtalar uchrashib qobig‘i eriydi va ikkalasining tarkibiy suyuqligi birlashib, zigota hosil bo‘ladi. O‘simtalar esa giflardan ajralib, ularning qoldiq qismi (suspenzori) zigota bilan birikkan holda qoladi. Zigota tinim davrini o‘tgach, undan jinssiz ko‘payish a’zolari, ya’ni sporangiy bandi va sporangiy o‘sib chiqadi.
Zigomitsetsimonlarning hujayra qobig‘ida xitin va xitozan bo‘ladi. Ahamiyatga molik bo‘lgan qabilalaridan mukornamolar (Mucorales) va entomoftoranamolar (Entoromophthorales) tabiatda keng tarqalganligi va tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Mukornamolar qabilasi — Mucorales. Ushbu qabilaning vakillari tuproqda, o‘simlik va oziq-ovqat qoldiqlarida, o‘txo‘r hayvonlarning go‘ngida va boshqa oson parchalanuvchi organik moddalarda keng tarqalgan. Ayrim vakillarigina hayvon va o‘simliklarda yengil kasalliklar tug‘dirishi mumkin. Ko‘pchilik mukornamolarning mog‘or zamburug‘lari deb ataluvchi vakillarini non va oziq-ovqat qoldiqlarida uchratish mumkin. Ushbu qabilaga mansub turlar ayniqsa nam joyda saqlangan nonda tez paydo bo‘ladi.
Zamburug‘ning substrat mitseliysi non ichidagi kraxmalni parchalab, uning ustki qismida oppoq qatlam shaklidagi po‘panak ipchalarini yuzaga keltiradi (6.1-rasm). Ushbu ipchalar havo mitseliylari deb atalib, ulardan jinssiz ko‘payish a’zolari, ya’ni sporangiy bandi o‘sib chiqadi. Sporangiy bandlari mitseliylaridan biroz yo‘g‘onroq bo‘lib, uchki qismida dumaloq sporangiy hosil bo‘ladi. Sporangiysi ichiga kirib borgan bandi ustuncha hosil qilib tugallanadi (6.1-rasm, b).




Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish