81
yo‗llari, mahsulot tannarxi, oshxona va uning xodimlarini qo‗shimcha yuklash
imkoniyatlari va sh.k.;
xodimlar
– xodimlarning malaka
darajasi, ularning restoranni
rivojlantirishdan manfaatdorligi, xodimlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar darajasi,
nostandant vaziyatlarga
tez moslashish qobiliyati;
bozor ko„rsatkichlari
– bozordagi ulush, uning dinamikasi, bozor ulushining
rahbariyat mo‗ljallariga muvofiqligi, bozorda restoran mavqeining mustahkamligi;
moliya
– ishlab chiqarish xarajatlari, daromaddorlik, moliyaviy barqarorlik,
moliyaviy resurslar, kapitalni ishga solish imkoniyati, kapitalning aylanish tezligi va
h.k.;
innovatsiyalar
– yangi mahsulot va xizmatlarni ishga tushirish tezligi,
ularga xarajatlar, iste‘molchilarning yangi mahsulot va xizmatlarni qabul qilishga
tayyorligi, ularning iste‘molchilar uchun ahamiyati;
marketing
– tovarga oid siyosat (taomlar assortimenti, iste‘molchilarning
mayllari, taomlar sifatiga munosabat),
narx-navo siyosati, ilgari surish sohasidagi
siyosat (reklamaning va sotuvlarni rag‗batlantirishning samaradorligi, reklama
murojaatlarining takroriyligi, reklamani bajarish sifati), servisga oid siyosat, restoran
imiji va h.k.
Bunday ro‗yxatni tuzishda kuchsiz tomonlar kuchli tomonlardan ancha ko‗p
bo‗lib chiqishi mumkinligidan qo‗rqmaslik kerak. Aksariyat hollarda kuchli tomonlar
kuchsiz tomonlarning restoran faoliyatiga ta‘sirini ma‘lum darajada susaytirishi
mumkin. Eng muhimi – bu ishga mumkin qadar tanqidiy va o‗ta mas‘uliyat bilan
yondashish. Agar ish yurishmasa, chetdan marketing bo‗yicha
mutaxassisni jalb
qilgan ma‘qul. U muassasangizdagi vaziyatga xolisona baho berishi mumkin. Siz esa
restoran ishi bo‗yicha mutaxassis sifatida ―Tashqi omillar‖ ustunini to‗ldiring.
Bunday hamkorlik foydali va natijalari ham ishonchliroq bo‗ladi. Xodimlar o‗zlari
ishlaydigan muassasa ishini bo‗rttiribroq ko‗rsatishga moyil bo‗ladilar, natijada tahlil
o‗zining obyektivligini sezilarli darajada yo‗qotadi.
“Tashqi omillar”
ustunini to‗ldirishda quyidagi ko‗rsatkichlar asos sifatida
olinishi mumkin:
82
talab
– restoran bozorining hajmi va o‗sish sur‘atlari, umumiy ovqatlanish
muassasalariga bo‗lgan talabning tarkibiy tuzilishi va sh.k.;
raqobat
– raqiblar soni, ularning ulushlari, bozorga chiqish yo‗lidagi
to‗siqlar, raqiblarning muassasalarida ishlarni tashkil etish prinsiplari, raqib
muassasalarning afzalliklari va
kamchiliklari;
iqtisodiy omillar
– inflyatsiya darajasi, soliq stavkalari, aholining turmush
darajasi, mehnat unumdorligi, infratuzilmaning rivojlanish darajasi va sh.k.;
davlat tomonidan tartibga solish
– davlat organlarining restoran tarmog‗iga
e‘tibori, restoranning davlat tuzilmalari bilan o‗zaro munosabatlari xususiyati;
siyosiy va huquqiy omillar
– mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va
korrupsiya darajasi, aholining huquqiy savodxonlik darajasi va sh.k.;
ilmiy-texnikaviy omillar –
yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy
etish imkoniyatlari;
ijtimoiy-demografik omillar
– aholining tarkibiy tuzilishi, uning an‘analari,
iste‘mol madaniyati, mavjud moda, xulq-atvor andozalari;
tabiiy va ekologik omillar
– atrof muhitning holatiga tashkilotlarning
e‘tibori, atrof muhitni muhofaza qilish masalalariga jamiyatning munosabati;
tashqi muhitning boshqa omillari.
3
Barcha omillar belgilanganidan so‗ng ularga baho berishga o‗tamiz, Chunki
barcha imkoniyatlar va tahdidlar ham birinchi darajali ahamiyat kasb etavermaydi va
yuzaga kelish ehtimoli bir xil emas (4.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: