3
KIRISH
ХХI аsrdа kechаyotgаn glоbаl integrаtsiоn jаrаyonlаr dunyoning g‗оyaviy-
mаfkurаviy qiyofаsini o‗zgаrtirib, yangichа tаfаkkur uslubini tаqоzа qilmоqdа.
Hozirgi kunda biz uchun nisbatan yangi fanga qiziqish ortib bormoqda, u XX asr
boshlarida geosiyosat fani nomini oldi. Jahon tarixining
zamonaviy bosqichi
ko‗plab vaziyatlar, ham jahon siyosiy jarayoni, ham Markaziy Osiyo davlatlari
rivojlanishi tufayli jahon arenasidagi kuchlar muvozanatidagi kuchli siljishlar bilan
tavsiflanadi. Davrning o‗tishi dunyo voqealari rivojini har tomonlama tushuntirish
va uzoqni ko‗ra bilishni talab qiladi. Zamonaviy geosiyosat davlatlarning xalqaro
munosabatlardagi xulq-atvorini belgilovchi asosiy omillar to‗plamini kengaytirish
orqali analitik fan sifatida geografik, iqtisodiy, mafkuraviy
determinizmni yengib
o‗tadigani bejiz emas.
Hozirgi mamlakatlar uchun geosiyosat dolzarbdir. Chunki u jamoat ongida
tashqi va ichki siyosiy jarayonlarini idrok etishning mafkuraviy mohiyatini
anglashga yordam beradi. Geosiyosat geografiya, tarix, iqtisod, etnologiya va
boshqa fanlar chegaralarida ma‘lum bilimlarni talab qiladi. Bu esa professional
tahlilchi uchun nafaqat makon va zamon hodisalarni malakali tahlil qilish uchun,
balki bashorat, ssenariylar va rivojlanishning strategiyasini
ishlab chiqish uchun
ham zarurdir. Shu bilan birga geosiyosat klassikalari guvohlik berganidek,
geosiyosatchi yuqori umumiy ta'lim madaniyati va eng muhimi, yangi g‗oyalar
generatori bo‗lishi kerak. Geopolitikaning izchil rivojlanishi o‗z sohasiga nafaqat
siyosiy, balki iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ekologik va boshqa jihatlarni kiritish
yo‗lidan boradi.
Hozirgi kunda Yangi O‗zbekistonni har tomonlama salohiyatini oshirish,
geosiyosiy
kelajagini yaratish, tashqi ―katta o‗yinlar‖dan himoyalash asosiy
maqsad qilib olingan. Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: ―...dunyo
miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus‖
1
olayotganligi, geosiyosiy raqobat, egallab turgan mavqemizni xolisona va tanqidiy
tahlil qilishimiz, tobora globallashuv talablariga javob berishimiz dolzarb masala
sifatida kun tartibiga qo‗yilmoqda.
Bugun butun dunyoda va har bir mamlakatda keng va strategik
dunyoqarashga, global tafakkurga, konkret makon va vaziyatlarda operativ qaror
qabul
qilish qobiliyatiga, toʼgʼri yoʼl tanlash imkoniga ega boʼlgan professional
geosiyosatchi va siyosatshunoslarning yetishmasligi his qilinmoqda.
Bugungi kungacha jiddiy oʼzgarishlarga uchramagan geosiyosat, davlatlararo
aloqalar bo‗lmasa kerak. Bu esa oʼz navbatida, xalqaro munosabatlarga amaliy
1
Мирзиѐев Ш.М.Жисмоний ва маънавий баркамол ѐшлар – бугунги ва эртанги кунимизнинг ҳал қилувчи
кучидир.// Миллий тараққиѐт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. –Т.:
«Ўзбекистон» НМИУ, 2017. –Б.505.
4
taʼsir oʼtkazib kelmoqda. Oʼz milliy va ijtimoiy manfaatlarini ilgari surar ekan, har
bir davlat bu bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda jahon
darajasiga koʼtarmoqchi bo‗ladi. Bu uchun
ichki va tashqi konfliktlarni, boshqa
geosiyosiy vazifalarni hal etish uchun oʼz milliy xavfsizligi doktrinasi negizida
ham xalqaro imkoniyatlardan, ham milliy imkoniyatlaridan hamda kuch-
qudratidan foydalanishga harakat qilmoqda.
Katta imperiyalar, strategik maqsadlar yoʼlida birlashadigan davlatlar
ittifoqlari, buyuk derjavalar va boshqa jahoniy kuchlar xalqaro munosabatlar ruhi
va dunyo siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan va belgilab bermoqda.
Haqiqatda ayni shu davlatlar bevosita yoki bilvosita oʼz
azmu irodasini boshqa
davlatlarga zoʼrlab oʼtkazmoqdalar, jahonning geosiyosiy xaritasini tuzmoqdalar,
uning tuzilmasini shakllantirmoqdalar, davlatlararo boshqaruvchi va hakamlik
vazifasini bajarmoqdalar, shu tariqa ular yashash, xalqaro yurish-turish qoidalarini
belgilab bermoqdalar. Ular mavjud moddiy va maʼnaviy boyliklarni, geoiqtisodiy
va strategik xom ashyo resurslarini taqsimlash, geosiyosiy taʼsir oʼtkazish
sohalarini, jahon miqyosida tovarlar va xizmatlar narxini belgilashda asosiy
vazifani hal etmoqdalar. Boshqa davlatlarga kelsak, ular paydo boʼlgan
vaqtidan
boshlab bugungi kungacha oʼz milliy manfaatlarini taʼminlash yoʼlida har biri oʼz-
oʼzicha yoki boshqa davlatlar bilan birgalikda mustaqillik, hur hayot, buyuk
davlatlardan himoyalanish uchun kurash olib bormoqdalar.
Mazkur o‗quv qo‗llanmani tarbiyaviy ahamiyati shundaki, dunyodagi
geosiyosiy vaziyatga nisbatan mustaqil qaror qabul qilish, tashqi siyosatdagi
barqarorlik,
ijtimoiy-siyosiy birdamlik, sabr-toqatlilik omilini targ‗ib qilinishida
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Geosiyosat asoslari fanini o‗qitish yoshlar ongida dunyoda qadimgi davrdan
buyon bugungi kungacha boʼlgan vaqtlarda geosiyosat asosiy tushunchalarining
paydo boʼlishi, shakllanish va rivojlanish tarixini bilib oladi, turli-tuman
geosiyosatchi olimlarlarning qarashlarini tahlil qiladi, asosiy manbalar,
qonuniyatlar, geosiyosatning obʼekti, predmeti,
kategoriyalari, aktorlarini
mavjudligini e‘tirof etadi, har xil davr va geosiyosiy maktablarga mansub
siyosatshunoslarning fikrlari va nazariyalari koʼrib chiqilib, qiyosan
O‗zbekistonning geosiyosiy kelajagi to‗g‗risida fikrlay boshlaydi. Ushbu fan talaba
yoshlarning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta xizmat qiladi.
O‗quv qo‗llanmani tayyorlashda tadqiqotchi O.Maxammatovning ―Global
ijtimoiy-madaniy jarayonlarda yoshlarning maʼnaviy-mafkuraviy xavfsizligi
masalalari‖ nomli ilmiy tadqiqot ishi bilan qatnashdi. Unining ilmiy ishidan o‗quv
qo‗llanmani milliy manfaatlat va milliy xavfsizlik degan V bobida foydalanildi.