O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi



Download 3.05 Mb.
bet18/41
Sana11.01.2017
Hajmi3.05 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41

Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi №21 BHMS ga muvofiq 9310 –schyotda (foyda) yoki 9430 –schyotda (zarar) aks ettirilganligi bois, auditor Soliq kodeksiga muvofiq asosiy vositalar bilan bog’liq muomalalarni soliqqa tortish maqsadida buxgalterlik foydasini tuzatishning to’g’riligini ham tekshirishi lozim.



Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi. Korxonadagi asosiy vositalar o’ziniki va lizing shartnomasi asosida olingan bo’lishi mumkin. O’z asosiy vositalari korxonaga tegishli bo’lib, lizinga olinganlari esa operativ (qisqa muddatli) va moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing sharti bilan olingan bo’ladi. Lizing oluvchi va lizing beruvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar Fuqarolik Kodeksi, Lizing to’g’risidagi qonun va boshqa tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilingan holda, yozma ravishda tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq tartibga solib turiladi.

Operativ lizing bo’yicha olingan asosiy vositalarni tekshirishda, avvalo, ijara shartnomalarining mavjudligi, to’g’ri tuzilganligi, asosiy vositani qabul qilib olish hisobi va korxonada hisob yuritish tartibiga jiddiy e’tibor berish zarur.

Operativ lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 schyotda yuritilishi lozim. Lizing oluvchi korxonaning buxgalteriyasida lizingga olingan har bir ob’ektning lizing beruvchi korxonadagi inventar kartochkasi (AV-6 shakl) dan olingan nusxa bo’lishi kerak. Asosiy vositani lizinga qabul qilish ham AV-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.

Lizing beruvchi korxonalar operativ lizing bo’yicha berilgan asosiy vositalar uchun lizing oluvchi korxonadan olinishi lozim bo’lgan to’lovni (qo’shilgan qiymat solig’i bilan birga) operatsion daromadlar tarkibiga (Dt 4810 schyot Kt 9350) kiritadi. Lizingga berilgan mulkning eskirish summasini esa operatsion xarajatlar tarkibiga qo’shadilar (Dt 9350, Kt 0220) ya’ni olingan daromad eskirish summasiga kamaytiriladi. Bunda lizing beruvchi korxona byudjetga qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) hisoblaydi (Dt 9350, Kt 6410) va to’laydi (Dt 6410, Kt 5110).

Lizing oluvchi korxonalar operativ (qisqa muddatli) lizing uchun to’lanadigan lizing to’lovi summalarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shadilar (2010, 2310, 2310, 2710 schyotlar debeti va 6910-schyot «Тo’lanadigan qisqa muddatli ijara haqi» schyoti krediti) to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) summasi (4410 schyot debeti va 6910 schyotning krediti) aks ettiriladi. Ijaraga olingan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qilinadi, kapital ta’mirlash esa shartnomadagi kelishuvga muvofiq lizing oluvchi yoki lizing beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.

Auditor yuqorida ko’rsatilgan masalalarni tekshirib, o’rnatilgan talablar va qoidalarning buzilish hollarini o’zining ishchi hujjatlarida aks ettirishi lozim.



Moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar auditining xususiyatlari. Mulkni keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar, birinchidan, lizing oluvchi korxonada 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» degan schyotda hisobga olinadi. Ikkinchidan, asosiy vositalarni moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha oluvchi korxonalar ularga har oyda belgilangan umumiy tartibda eskirish hisoblab, 0299 schyotda aks ettirib boradi, (Debet 2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar va kredit 0299 schyot). Uchinchidan, ijaraga beruvchi bilan asosiy vositalar lizingi uchun hisob-kitoblar lizing oluvchi korxonada shu maqsadda maxsus belgilangan 6910- «Тo’lanadigan qisqa muddatli ijara haqi» va 7910-«Тo’lanadigan uzoq muddatli ijara haqi» schyotlarida hisobga olinadi. SHunday qilib, auditor faqat korxonada moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan yoki berilgan asosiy vositalar hisobini tashkil etishning to’g’riligini tekshirmasdan, balki lizing oluvchi bilan lizing beruvchi o’rtasidagi hisob-kitoblarning holatini ham tekshirishi lozim. Lizing oluvchi bilan lizing beruvchining o’zaro hisob-kitoblarini tekshirish (solishtirish) dalolatnomasini ham tekshirishi zarur.

Jismoniy shaxslardan ijaraga olingan asosiy vositalar auditi ham ayrim xususiyatlarga ega. Ko’pchilik firmalar, qo’shma korxonalar, vakolatxonalar avtomobillarni sotib olinganidan ko’ra foydaliroq bo’lgani uchun ijaraga oladilar. Bunda auditor avtomashinani ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini koplash, hisoblashishlar tartibi kelishilgan ijara shartnomasi bilan tanishishi lozim.

Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra ijara to’lovlari ijarachi tomonidan uning xarajatlariga qo’shilsa (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debet va 6910 schyot kredit). Hisoblangan ijara to’lovi summasidan daromad solig’i undiriladi (Debet 6910 schyot Kredit 6410 schyot). Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga ulardan ijaraga olingan asosiy vositalar uchun hisoblangan ijara to’lovi summasidan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar hisoblanmaydi.

Agar asosiy vositalar ob’ektlari tadbirkor bo’lgan jismoniy shaxslardan ijaraga olinsa, hisoblangan ijara to’lovi summasidan daromad solig’i ushlanmaydi. Korxona bunday to’lovlarning barcha turlari bo’yicha soliq inspeksiyasi har choraklikda bildirib turishi lozim. Auditor korxonaning ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qoidalari va soliq qonunchiligiga rioya qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim.

Moliyalanadigan lizing muomalalari auditi. Auditda bajariladigan barcha amallar lizing muomalalarining xususiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. shuning uchun lizing shartnomalarini tuzish, muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortishda yo’l qo’yiladigan xatolarning aksariyati me’yoriy hujjatlardagi kamchiliklar va uslubiy qo’llanmalar yetishmasligi bilan bogliq.

Lizing muomalalari auditida alohida e’tibor berilishi, lizing sub’ektlari asosiy vositalar bilan bogliq boshqa muomalalarga qaraganda, bularni tekshirishga ko’proq vaqt ajratilishi lozim. Lizing muomalalari auditini tashkil etish va metodikasini ishlab chiqishda bunday omillar hisobga olinishi kerak.

Lizing operatsiyalarini tekshirishda auditning barcha bosqichlari – rejalashtirish, auditorlar guruhini tuzish, tekshiruv o’tkazish, auditorlik hisoboti va xulosalarini tuzishda maxsus yondoshuv talab qilinadi.

Eng muhim masalalar bo’yicha auditorlik dalillarini bir necha muqobil manbalardan olish maqsadga muvofiq. Auditorda qo’shimcha auditorlik amallari bajarish zaruriyatini vujudga keltirgan holat mazkur amallarning bevosita lizing muomalalariga tegishli ekanligini aniqlash va tekshiruv o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.


Lizing beruvchi korxonada audit o’tkazish bo’yicha vazifalar.




Nomlari
Vazifalarning qisqacha mazmuni

1

Umumiy masalalar

Lizing faoliyati bilan shugullanish uchun litsenziyaning mavjud-ligini aniqlash. Lizing kelishuvlari, jumladan mulkka egalik huquqining o’tishi bo’yicha shartnomalarning qonunchilikka muvo-fiqligini tekshirish.

2

Asosiy vositalar

Lizing beruvchida lizing shartnomasi bo’yicha asosiy vositalar kirimi va chiqimining analitik va sintetik hisobi.

Lizingga doir mulklarga eskirish hisoblashning to’griligi.

Lizingga beriladigan mulklarning chiqimi, jumladan lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi.

Lizingga beriladigan mulklarga doir kapital qo’yilmalar hisobi.



3

Тannarx shakllanishi

Kreditlar va qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi.

Lizingga beriladigan mulklarni sugurtalash xarajatlarining hisobi.

Lizingga beriladigan mulklarni ta’mirlash xarajatlarining hisobi.


4

Lizing xizmatlarini sotish.

Lizing shartnomalari bo’yicha daromadlarni hisobga olish.

5

Hisob-kitoblar

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar.

Хaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar.

Byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblar.

Тurli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar.



6

Lizing muomalalarini soliqqa tortish

Lizing obektlari bilan bogliq muomalalar – sotib olish, garovga olish, lizing oluvchiga berish va sotish muomalalarini soliqqa tortish bo’yicha hisob-kitoblar.

Lizing shartnomalari bo’yicha olingan daromadlarni soliqqa tortish.



7

Hisobot

Buxgalteriya hisoboti- faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.

Soliq hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.





Lizing oluvchi korxonada audit o’tkazish bo’yicha vazifalar.



Nomlari

Vazifalarning qisqacha mazmuni.

1

Umumiy masalalar

Lizing shartnomasi, shu jumladan mulkiy huquqlar o’tish shartnomasining qonunchilikka mosligini tekshirish.

Lizing bitimlariga ruxsat berish to’grisida direktorlar Kengashi tegishli qarorlarni mavjudligi.



2.

Asosiy vositalar

Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar analitik va sintetik hisobi.

Lizingga olingan asosiy vositalar bo’yicha eskirish hisoblash va hisobda aks ettirishning to’griligi.

Lizing mulklarini, shu jumladan uzoq muddatlilarini sotib olish.

Lizingga olingan mulklar bo’yicha kapital sarflar hisobi.



3

Тannarx shakllanishi

Lizing shartnomasi bo’yicha lizing to’lovlari ko’rinishidagi xarajatlar hisobi.

Lizingga olingan mulklarni sugurtalash xarajatlarining hisobi.

Lizingga olingan mulklarni ta’mirlash xarajatlari hisobi.


4

Hisob-kitoblar

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar.

Хaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar.

Byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblar.

Тurli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar.



5

Lizing muomalalarini soliqqa tortish

Lizing obektlari bilan bogliq muomalalar – olish, garov va sotib olish muomalalarini soliqqa tortish bo’yicha hisob-kitoblar.

6

Hisobot

Buxgalteriya hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.

Soliq hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa