89
•
Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
•
Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovasiyaga nisbatan munosabati.
•
Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
•
Ekstrovertligi va introvertligi.
•
Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
•
Fidoiylik, altristik, vatanparvarlik fazilatlari usutvorligi va boshq.
Reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga
tatbiq etishga zarur shart – sharoit yaratadi.
Inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini
ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat,
orzu havas, istak – xohish ushalishga negiz vujudga keltiradi.
Ko’p profilli kasb – hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini
jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.
Reorientasiya inson imkoniyatini qaytadan sinashning manbai xisoblanib, o’z o’zini o’zi
kashf qilishi o’zini-o’zi boshqarishi, o’zini-o’zi tashkillashtirish, o’zini-o’zi baholash, o’zini-o’zini
refleksiyalash, o’zini-o’zini identifikatsiyalash kabi shaxs fazilatlarini ro’yobga chiqarishga hizmat
qiladi
1
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan xamkorlikda kasbiy faoliyatni o’zgartirishning
psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yo’naltirish vaziyatining xarakteri xamda mexnat
subyektining individual-psixologik xususiyatlariga bog’lik xolda kasbiy
faoliyatga moslashishni
o’rganish maqsadida tadqiqot ishi olib borilgan.
Qayta yo’naltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va psixologik
moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda majburiy qayta yo’naltirishni, ya’ni ishdan
xaydalish, tashkilotning inkirozga uchrashi vaziyatlarini boshidan o’tkazgan xodim sinov muddati
(6 oy) davomida kasbiy faoliyatga moslasha olgan (93%, 68% va 33%
vaziyatlarda moslashish
turiga muvofiq), 84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo’naltirishni yoki qo’shimcha
kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta yo’naltirishni boshidan kechirayotgan xodimlarning
yangi kasbiy faoliyatga psixologik www.ziyouz.com kutubxonasi moslashishida ko’pgina
qiyinchiliklarga uchragan.
Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining tezligi shaxsning eksternallik
xarakterlariga va
shaxsiy xavotirlanish darajasiga boglikdir. Shaxs tuzilishining arxitektonik xolati va maxsus
kobiliyatlar, shaxs tarakkiyotida faoliyatning roli xakidagi ma’lumotlar, faoliyatning dinamik
tuzilishi va mazmuni xamda bu jarayon bilan boglik ravishda shaxsga nisbatan kuyiladigan kasbiy
talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida mutaxassislarni psixologik
saralashning takomillashtirish jarayonining yangi kirralarini urganishni belgilab beradi. Bu
karashlar
eksperimental asoslangan bulib, uning negizida kasbiy yaroklilikni baxolashga nisbatan
strukturaviy-dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi.
Juda ko’p shaxslararo, jamoalararo (guruhlararo) va boshqa ziddiyatlarning uzoq davom
etishi va ko’pgina salbiy oqibatlarga olib kelishiga ziddiyat qatnashchilari
va atrofdagilarning
ziddiyatning oqibatlari nimaga olib kelishini oldindan idrok eta olmasliklaridir.
Psixologiya fanida mavjud barcha turdagi ziddiyatlar to’rtta katta guruhga farqlanadi:
Texnika bilan bog’liq ziddiyatlarga mashinalar, zavod-fabrikalardan chiqayotgan
tutun va shovqin natijasida yuzaga kelayotgan “Texnika-inson” kelishmovchiligini misol tariqasida
keltirsa bo’ladi. Okean va dengizlar suvining ifloslanishi, atmosferada
zaharli gazlar miqdorining
oshib borishi, yerning va unda o’sgan meva va sabzavotlarda har xil kimyoviy moddalar, pestisidlar
miqdorining normadan bir necha baravar yuqoriligi, kundan-kun o’rmonlar va ko’kalamzorlar
maydonining kamayib borayotganligini o’zaro kelishmovchilik yuqori pog’onaga ko’tarilganligi
deb tushunsa bo’ladi. Inson hatto o’ziga eng yaqin yordamchi hisoblangan kompyuterlarning ongini
Do'stlaringiz bilan baham: