90
– intellekt manbai dasturlariga virus yuqtirib ularni majruh qila
boshlaganini ham texnikaviy
ziddiyatga misol sifatida keltirish mumkin. Bunday “Texnika – inson” ziddiyatlarini juda ko’p
sohalarda ko’rsa bo’ladi.
Tabiiy hodisalar bilan bog’liq ziddiyatlar yer, yerning magnit maydoni, suv,
atmosfera va boshqa unsurlar bilan bog’liq konfliktlar bo’lib, bu hodisalar ko’pincha insonning
faoliyati, xatti-harakati, ongi bilan bog’liq emas. Ammo, keyingi yillarda insonning ekologik
muvozanatning buzilishiga sababchi bo’lishi bilan yuzaga kelayotgan
tabiat hodisalari haqida
taxminlar bildirilmoqda.
Ziddiyatning inson faoliyatiga (o’qish va mehnat) va jismoniy-ruhiy sog’ligiga qanday
zarari mavjud?
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnika inqilobi va har xil sohalarda ziddiyatlarning avj
olishi natijasida ruhiy va asab kasalliklarining soni ortib bormoqda.
Irsiy sabablardan tashqari, ruhiy va asab kasalliklarini keltirib chiqaradigan katta ikkita omil
bor:
Shaxsning ichki (o’z-o’zi bilan) ruhiy ziddiyatlari;
Shaxsning tashqi ijtimoiy muhit bilan ziddiyatlari.
ziddiyatning ruhiy turg’unlikka, ruhiy taraqqiyotga, rivojlanishga salbiy ta’sirini hech narsa
bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Ziddiyatni boshdan kechirgan yoki atrofdagilar bilan kelisha olmagan
shaxslarda
tez xafa bo’lish, injiqlik, arzimagan narsa uchun janjal ko’tarish, atrofdagilarga
ishonmaslik hissi kuchayadi. Ba’zan buning teskarisi - o’ta passivlik, yig’loqilik, birovga suyanib
qolish, hamma yerdan va hammadan himoya izlash kabi belgilar namoyon bo’ladi. Kuchli stress
vaqtida va undan keyin shaxsning ongida ziddiyat va uning kechishi, sabablari tinmasdan aylanadi,
ba’zan o’zini ayblasa, ba’zan “qarshi” tomonni ayblaydi. Jiddiy narsalar haqida fikrlash,
diqqatni
bir yerga to’plash qiyinlashadi.
Ziddiyatning inson ruhiyati va asab tizimiga juda katta salbiy ta’siri bilan birga kuchli,
surunkali stress va kelishmovchiliklarning xavfli tomoni shundaki, uyda yoki ishda tez-tez bo’lib
turadigan konflikt shaxsning immun tizimini susaytiradi va endokrin tizimining ishini buzadi.
Fiziologiya fanidan ma’lumki, surunkali stress va ziddiyatlar vaqtida organizmda adrinalin garmoni
ko’proq ajraladi. Aslida bu gormonning vazifasi stress holatidagi organizmning hayot faoliyatini
yuqori darajada saqlash, ya’ni yetarli energiya va kuch bilan ta’minlash. Birov bilan janjallashib
qoldingiz, yuragingizning
tez urayotganini sezasiz, qon tez aylanganidan va tomirlarning
torayganidan yuzingiz qizaradi, tomirlar bo’rtib chiqadi, mushtingiz o’z-o’zidan qisiladi. Siz hujum
qilishga va o’zingizni himoya qilishga tayyorsiz. Bu bosh miyadan kelgan impuls (buyruqlar)
natijasida qonda ko’plab adrinalin gormonining paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, u ko’pgina ichki
a’zolarni (yurak, qon tomirlar va boshqalarni, hatto ba’zi birovlarning jahli chiqsa ishtahasi karnay
bo’lib qancha ovqat yeganini bilmasdan qoladi, birovlarning qorni og’riydi) tez va faolroq ishlashga
majbur qiladi.
1
Pedagogik yoki auditoriyadagi ziddiyatning kelib chiqish sabablari quyidagilar:
I. Tengdoshlari va o’qituvchilari bilan kelishmovchilik kelib chiqishiga quyidagi toifadagi
talabalar sabab bo’ladi:
1. Oilasi notinch, ota-onasi janjalkash bolalar ko’pincha auditoriyada jizzakilik qilib,
arzimagan sabablar tufayli ham tengqurlari
bilan konfliktlashadi, ularni odatda guruhdoshlari va
o’qituvchilari “tarbiyasi og’ir” deb ta’riflaydilar.
2. Kamol topishida nuqsoni bo’lgan – infantil bolalarda, o’ta erka tarbiyalangan yoshlarda
bilimlar bilan tizimli shug’ullanish uchun iroda yetishmaydi. Hissiy qo’zg’alish va tormozlanish
jarayoni kamchiliklar ham bilimlarni egallash va auditoriya jamoasiga kirishib ketishga to’sqinlik
qiladi.
3. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan va aqli zaif yoshlar ham darslar va berilayotgan bilimlarni
o’zlashtirishi qiyinlashgani va murakkablashib borishi natijasida bilimlarning mazmuni va
ma’nosini egallashga qiynaladilar, bu holat ularda janjalkashlikka moyillikni kuchaytiradi. Chunki
dars ular uchun mashaqqatli – ish, ular ilojini topsa darsga kelmaydi, kirmaydi. Janjal qiladi.
91
4. Iqtidorli talabalar. Ular darsda berilayotgan bilimlar darajasidan qoniqmaydi. Zerikadi.
Ko’pincha auditoriyadan ajralib qoladi. O’qituvchi
bilan kelisha olmaydi, shu sababli
o’zlashtirishdan orqada qolayotgan tengdoshlari ham, uning talabi va istagi darajasida dars
berolmayotgan pedagog bilan ham konfliktga kirishga moyil bo’lib qoladi.
5. Doimo hammadan norozi, atrofdagilarga muxolifatda bo’lganlar. Bu talabalar ota-
onasiga, o’qituvchilarga va boshqa kattalarga salbiy munosabatda bo’ladilar.
Ularning gapiga
ishonmaydilar. Mavjud tartib-intizomga bo’ysunishni istashmaydi. Qasddan darsdan qochib ketadi,
ota-onasiga azob berish uchun o’g’irlik qiladi, arzimagan narsalarga janjal ko’taradi.
6. Birovlarga taqlid natijasida yuzaga keladigan ziddiyatlar. Talabalar yoki yoshlar o’zidan
katta kishilarga, ba’zan kino aktyorlarga va boshqa sevimli qahramonlarga taqlid qilib
auditoriyadagi tartib-intizomga, axloq normalariga rioya qilishni istamaydilar.
II. Pedagogik jarayonda shunday holatlar ham bo’ladiki, ularning asosiy sababchisi
o’qituvchi bo’lib qoladi. 3-4 bosqich talabalari orasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra,
talabalarning yoshi va taraqqiyot darajasiga muvofiq ravishda o’qituvchilarning o’z talabalaridan
noroziligi oshib,
ziddiyatlar kelib chiqar ekan, ya’ni, o’qituvchi-talaba munosabatlarida kelib
chiqadigan ziddiyatlar kelib chiqish sababiga ko’ra farqlanadi.
Quyidagi hollarda ziddiyatga o’qituvchi sabab bo’ladi:
1.
O’qituvchi doimo baqiradi, gapni oxirigacha eshitmaydi.
2.
Alohida talabalarga ajratib, ularga ayricha yaxshi munosabatda bo’ladi. O’qituvchining
“sevimli” talabalari bor.
3.
Mayda gap. Talabalarni arzimagan narsa uchun ham jazolaydi.
4.
Dars va darsdan tashqari jarayonlarda ham talabalarga mustaqillik bermaydi. Hamma
narsa o’z aytganidek bo’lishini talab qiladi.
5.
“Gunohkor”larning aybini hammaning oldida aytib, tengdoshlar oldida uning obro’yini
tushiradi.
6.
Kichkina bolalar bilan muomala qilgandek, muomala qiladi.
7.
Talabalarning shaxsini hurmat qilmaydi, qo’pol ohangda gapiradi.
8.
Agar talabalarning sirini bilib qolsa, uni hammaga aytadi.
9.
Qiyinchiliklarda, qiynalganda tushunmaydi – yordam bermaydi.
10.
Jahli tez.
Talabalar orasida yoki talaba-o’qituvchi orasidagi ziddiyat ikki
kishi bilan chegaralanib
qolmasdan, atrofidagilarning kayfiyatiga ham salbiy ta’sir etadi. Bu jarayon quyidagicha kechishi
mumkin:
1) Auditoriya jamoasida 2 yoki bir necha talaba orasidagi konflikt darsning samaradorligiga
salbiy ta’sir etadi. O’qituvchi va talabalarning ancha vaqti konfliktning muhokamasi bilan o’tadi.
2) ziddiyat natijasida auditoriyani boshqarish kundan-kunga qiyinlashib boradi. Agar
auditoriyada konflikt chuqurlashsa, o’qituvchining auditoriyani nazorat qilishi va boshqarish izdan
chiqadi.
3) Ziddiyat natijasida auditoriyada hamjihatlik, hamkorlik, do’stlik munosabatlari sustlashib
boradi.
Jamoada (auditoriya jamoasi, mehnat jamoasi va boshqalar) har xil mavqyedagi shaxslar
o’rtasidagi kelishmovchiliklar ancha murakkab kechadi. Jamoaning rasmiy va norasmiy yetakchilari
va ayrim tengdoshlar orasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda, agar jismonan kuchli bo’lsa,
salbiy xulq-atvori va xatti-harakati bilan o’z atrofiga o’ziga o’xshagan “mushtumzo’rlar”ni
to’plagan bo’lsa, auditoriyadagi jismonan kuchsiz,
Do'stlaringiz bilan baham: