O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Xonliklar davrida fan va madaniyat rivoji



Download 2,08 Mb.
bet9/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

1.2. Xonliklar davrida fan va madaniyat rivoji


XVII asrning birinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida uchta yangi davlat: Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklari vujudga keldi. O‘rta asrlarda butun dunyo madaniyati va ma’naviy hayotiga o'zining muhrini bosa olgan hududlarda iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot butunlay izdan chiqa boshladi.

Bu uchala davlatda ham beqarorlik, o‘zaro yakdillikka rahna solindi.

Jaholatparastlik kuchaydi. Fan va madaniyatga bo'lgan e’tibor susayib, o‘zaro iqtisodiy, madaniy va savdo-sotiq aloqalari izdan chiqa boshladi.

XVIII asr madaniyatining asosiy xususiyati — ma’naviy hayotida o‘ta tushkun kayfiyatning hukmronlik qilishidir. Bu davrda tabiiy fanlar rivoji uchun barcha yo`llar berkitib qo‘yilgan, hukmdorlar ruhiyatiga zid keladigan barcha g'oyalar va qarashlarga keskin zarba berilgan. Mintaqa madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan buyuk karvon yo’llarining ahamiyati ham ancha susaygan edi. Din va davlatning kuchi bir joyga birlashtirildi. Shu boisdan endigina shakllanayotgan demokratik fikrlar ana shu qudratli kuch oldida ojizlik qilib qoldi. Jamiyatning yakka mafkuraviy hukmroni hisoblangan din jamiyatning moddiy va ma ’naviy taraqqiyotiga, uchala xonlikda istiqomat qiluvchi xalqning yakdilligiga to'sqinlik qildi.

Bu davr madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri — xalq og‘zaki ijodi va xalq tomosha san’atining rivojlanganligidir. Bu davrda xalq baxshilari, sozanda va xonandalari, qiziqchilari va masxarabozlari xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab hikoyatlar, rivoyatlar, dostonlar, masallar va matallarning haqiqiy targ‘ibotchilariga aylandilar.

Bu davrda “Yusuf va Zulayho”, “Tohir va Zuhra”, “Bo'z o ‘g‘lon”, “Yusuf va Ahmad” kabi dostonlar vujudga kelgan bo'lsa, “Alpomish” va “G o'ro‘g‘li” dostonlarining ko‘plab variantlari yaratila boshlandi. Qiziqchi va masxarabozlar hamda qo‘g‘irchoqbozlar esa xalqning nochor ahvolini tasvirlovchi sahna ko‘rinishlarini, hukmdorlar, boylar va ularning gumashtalari munofiqliklarini fosh etuvchi kichik-kichik asarlarni namoyish qildilar.

Umuman olganda, xalq og‘zaki ijodi va tomosha san’ati targ'ibotchilari hisobiangan baxshilar va san’atkorlar o ‘zlarining ijodlari hamda tomoshalari bilan uchala xonlikda istiqomat qiluvchi. yagona diniy e’tiqodga, turmush tarzi va ma'naviyat qadriyatlariga ega bolgan elatlarning boshini bir joyga qovushtirishga va milliy o'zligini anglatishga xizmat qildilar.

XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida adabiy jarayon quyidagi uch yo‘nalishda mavjud bolganligini ko’rish mumkin. Birinchi yo'nalish saroy adabiyoti doirasidagi, ikkinchi yo'nalish unga qarama-qarshi yo‘nalishdagi va uchinchi yo'nalish — bu azaliy an'analarga sodiq qolgan va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlaming faoliyati shaklidagi adabiy jarayondir.

Birinchi yo’nalishda ijod qilgan shoirlar asosan hukmdor va yirik mulk egalarining madhi bilan shug'ullanganlar.

Ikkinchi yo'nalishda ijod qilgan shoirlar esa o‘z asarlarida ko'proq xalqni tanash evaziga boylik orttirayotgan, elga zulm o‘tkazayotgan amaldor va boylarni tanqid ostiga olganlar. Xalqning ularga bolgan noroziliklari hamda g’azabini tasvirlaganlar. Masalan, bu davrda ijod etgan Muhammad Sharif Gulxaniy, Maxmur, G‘oziy kabilaming asarlari xalqning nochor ahvoli, boy-badavlat kishilar, amaldorlar, riyokor mhoniylarning qilmishlarini tasvirlab beradi.

Uchinchi yo'nalish — azaliy an'analami davom ettirgan ijodkorlar o‘z asarlari orqali o'tgan asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelayotgan poetik ijodning hali noma'lum bo`lgan qiralariga qo`l urib, o'zlarining lirik g'azallari bilan inson ruhiy kechinmalarining sahifalarini ochib beradilar. Bu an'anaga sodiq qolgan shoirlar har uchala xorilik hududida o‘ziga xos ijodiy-badiiy jarayonni vujudga keltira olganlar.

Bu davrda Qo‘qon xonligida Amiriy taxallusi bilan g‘azallar bitgan Qo‘qon xoni Umarxon, uning rafiqasi, Nodira taxallusi bilan ijod qilgan Mohlaroyim, shuningdek, o‘z davrining mashhur shoirlari sanalgan Uvaysiy, Mahzuna, Maxmur, Mushtariy, Fazliy Namangoniy kabilar ijod etganlar.

Buxoro amirligi hududida esa,Malik ush-shuaro, nomini oigan Mushfiqiy, Shahrisabzda ijod qilgan Xiromiy o‘z davrining yirik iste’dod egalari bo’lganlar.


Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish