O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2,08 Mb.
bet18/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

Buhorodagi Registon memoriy majmuasi
ochoq (pechka), yogochdan yotqizilgan pollar, begatlar, eshik va romlarxonaga fayz kiritib qolmay, balki sodir bo'layotgan Markaziy Osiyo memorlik bezak sanatida yangi jarayonlarning shakllana boshlanganligidan dalolat beradi.

Saroyning «oq zali» bezaklari xalq ustasi Usta Shirin Murodov rahbarligida bajarilgan. Bu zal ozining yorqin va nafisligi bilan ajralib turadi. Bezatishda ishlatilgan billur va oltindan foydalanib ishlangan lyustrali bezak alohida gozallik kashf etgan. Saroyning oshxona qismi deyarli Yevropa husnini olgan. Tunuka, cherepitsa bilan yopilgan bu xona o'z ko'rinishi bilan Yevropa interyerlaridan qolishmaydi. Yotoqxona ham o'z ko'rinishi jihatidan Rossiyaning boy xonadonlariga yaqinligi bilinadi. Saroyning bog'i, rejalashtirilishi, u yerdagi hovuzning tashkil etilishi so'zsiz Markaziy Osiyo ijtimoiy hayoti natijasi edi. O'z davri uchun Nodir Muhammad Devonbegi katta va Markaziy Osiyodagi yagona bu madrasasi hovuz ham davr muhiti, estetik qarashlarini namoyish etadi. Hovuz, uning yaqinidagi shiypon, narvon zina va boshqa bezaklar, memorlik hajmlari ham shu yangi qarashlarni natijasi edi.

Chor Minor madrasasi arxitekturasi. Chor Minor madrasasini turkman Xalifa Niyozqul 1807-yilda qurdirgan. To‘g‘ri to‘rtburchakli hovli atrofida bir qavatli ustun ayvonli xonalar joylashtirilgan. Janubi-g‘arb tomonidagi burchakda sinchli masjid qavatli bo‘lib, pastki qavati madrasaga kirish uchun yo‘lak vazifasini bajarsa, tepadagi ikkinchi qavat kutubxona bo‘lgan.





Buxorodagi Chor minor madrasasining kirish qismi (1807-yil)

Madrasaga kirish qismi noyob me’moriy yechimda ishlangan. Markazlashma yechim, arka gumbazli imorat, uning to‘rt burchagida moviy gumbazli to‘rt minora bunyod etilgan (nomi ham shundan olingan).

Minoralarning yuqori qismi geometrik shaklda koshin bilan naqshlangan va tepasi gumbazcha shaklda yakunlanib, koshin bilan qoplangan.

Chor Minor sodda arxitekturasi hamda ajoyib kompozitsiyasi bilan XIX asr me’morchiligida original ko'rinishga egadir.



Abduraxmon A’lam madrasasi. Shaharmarkazida, «Toqi Telpakfuro‘shon» bilan «Toqi Sarrafon» orasida, g‘arb tomonda Xoja Kalon masjidining ro‘parasida XIX asrda Abduraxmon A’lam madrasasi qurilgan.



Hovuz oldidagi Abduraxmon A’lam madrasasi (XIXasr)
O‘sha davrda bu kompleksga «Toqi Sarrafon»dan g‘arbga tomon boraverishda chap qo‘lda Olimxon karvonsaroyi ham barpo etilgan.

Registon inshootlaridan ayvonli masjid, minora va hovuzni tarkibiga olgan me’moriy obyektlardan biri Buxorodagi Bolohovuz majmuasidir.

Bolohovuz masjidining arxitekturasi. Bolohovuz masjidi XVIII - XX asrlarda barpo etilgan. XVIII asrda hovuz oldida tomonlar o‘ lchami 11,5 m ni tashkil etgan gumbazli masjid qurilgan. Uning ro‘parasida asrda buxorolik usta Qurbon Yo’ldoshev baland ayvon soldirgan, usta Shirin Murodov minora tiklagan. Nafis naqshlar ayvon shiftining avaylab saqlab kelinishini ta’minlagan. Masjid baland ayvonli, naqshlar bilan ziynatlangan, shifti pog‘ona-pog‘ona muqarnaslarga ega.



Bolohovuz masjidining umumiy ko'rinishi


Bolohovuz masjidi ayvonining me’moriy konstruktiv va badiiy elementlari (1); 2-kichik minora

Bolahavuz masjidi qalqonsimon va murakkab relyeflar bilan bezatilgan. Mehrobga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida bo‘lib, bo‘g‘ot osti ganch naqsh bilan bezatilgan, shifti qandilli. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan. Bolohovuz masjidining 20 ta baland va naqshinkor ingichka yog‘och ustunli ayvoni kishini hayratga soladi. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari naqshlar bilan bezatilgan. Bu yerda juma namozi o‘qilgan, shuning uchun ham masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi, ayniqsa, serhasham ishlangan. Ansambl o‘zining badiiy nafosati bilan Registon maydonining tarkibiy qismiga aylangan.


2.2. Qo`qon xonligi me’morligi

XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligida ham xalq me'morchiligi rivojlanadi. Xonlik­ning markazi Qo'qon shahrida, Marg'ilon, Andijon, Namangan, Toshkent shaharlarida masjid, madrasalar, kutubxonalar quriladi. Binolarni bezatish uchun gul namunalari keng qo'llanilib, shiftlarga bo'yoqli naqshlar chizish, naqshlarni ganchga o'yib solish odat bo'ladi.

O'sha davrda har uchala xonlikda ham yuqoridagidek inshoot qurilishi va hunarmandchilik san'atining turli yo'nalishlari rivoj topadi. Bulardan tashqari yog'och va misga o'yib nozik naqshlar solish, sopol va chinni, yarog'-aslahalar yasash va har xil uy-ro'zg'or buyumlari, matolar to'qish keng tarqaladi.

Qo'qon shahri o'ziga xos yodgorliklari bilan ham mashhurdir. Bu borada Qo'qon shu kunga qadar saqlanib qolgan tarixiy me'morchilik yodgorliklari bilan Samarqand, Xiva, Buxorodan keyin to'rtinchi o'rinda turadi. Bu borada xususan Xudoyorxon o'rdasi, Norbo'tabiy madrasasi, Madrasai Kamol qozi kabi boshqa o'nlab tarixiy obidalar diqqatga loyiqdir.

Ko'plab tarixiy me'moriy yodgorliklar urush, ob-havo va yer qimirlashlari - zilzilalar tufayli buzilib vayronaga aylanadi, yoki yo'q bo'lib ketadi. Jumladan, 1815-yilda Qo'qon shahrida yuz bergan zilzila oqibatida juda ko'plab odamlar uylar tagida qolib, halok bo'ldilar. Ayrim joylarda yerlar yorilib ketadi. Bir necha kishilar unga tushib halok bo'ladi. Yerdan tutun chiqib suv favvora bo'lib otilgan. Yer olti oy davomida silkinib turgan12.

Qo‘qon xonligi davrida Oq masjid (hozirgi Qizil O‘rda), Avliyo ota (Jambul), Peshpek (Bishkek) kabi qator harbiy istehkomlar bunyod qilindi. Ayniqsa xonlik poytaxti Qo‘qon shahrida katta qurilish ishlari amalga oshirildi, masjid madrasalar qad ko‘tardi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Saqlanib qolgan ajoyib koshinlar, sirli sopol buyumlar, o‘ymakor eshiklar shu davr ko‘tarinki ruhini o‘zida aks ettiradi. 1876 yil o‘rtasida Farg‘ona viloyati tashkil etilgandan keyin Qo‘qon shahri viloyat markaziga aylantirildi. Bu markazda shu davr shaharsozligi asosida qurila boshlandi: To‘g‘ri va tekis ko‘chalar, ma’muriy, jamoat binolari bunyod etildi. Bu binolar qurilishida shu davr uslublari qo‘llanildi. Namangan, Andijonda ham yangi davr bilan bog‘liq binolar qad ko‘tardi.13

Bu davr me’morligi kam bezakli bo'lib, binolarni katta qismi loy va paxsadan bunyod etildi. Farg'ona vodiysi me’morligi shu davr me’morlik uslublarida ishlangan bo'lishiga qaramay, o'ziga xos ko'rinishga ega ekanligini ham e’tirof etish kerak. Jumladan, Namangandagi Xo'jamning qabri maqbarasi shu xususda e’tiborlidir. Uning gumbaz osti ko'rinishi muqarnasli qilib ishlanganligi bilan xarakterlanadi. Me’mor Muhammad Ibrohim tomonidan bunyod etilgan bu maqbarada rang ham ishlatilgan bo'lib, u gumbaz osti holatida o'ziga xos ko'rinish hosil qiladi.

Farg'onaning bosh shahri bo'lgan Marg'ilondagi Zulqarnayn maqbarasi minorali bo'lib, ular (ikkita minorasi saqlanib qolgan)ning tepa qismi muqarnasli. Bulardan tashqari, Farg'onada avliyolarga atab qurilgan qator mozorlar saqlanib qolgan. Bular uncha katta bo'lmagan peshtoq-qubbali binolar bo'lib, ularning eshiklari o'ymakorlik san’ati bilan pardozlangan. Bu davrda ishlatilgan ustunlar ham muqarnasli bo'lib, ularning ustunlari ham o'ymakorlik san’ati bilan pardozlangan. XVIII asr o'rtalaridan Xo'qand qishlog'i Qo'qon xonligi poytaxtiga aylantirildi. Bu xonlik qurilishi uchun buxorolik ustalarni yangi poytaxtga taklif etdilar. Natijada bu yerga Buxorodan ko'plab ustalar ko'chib kela boshladi. Natijada shu davrda qurilgan binolar bezagi va tarhida Buxoro ta’siri sezilarli o'rin egalladi. Buni Norbo'tabiy madrasasi misolida ko'rish mumkin.

Bino uchun ishlangan o'yma eshik esa o'z ishlanishining yuksakligi bilan ajralib turadi. XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan Xudoyorxon saroyi hashamdor ishlangan. Bu saroy xonalari bezagiga davrning mashhur ustalari jalb etilgan.

Xudoyorxon o‘rdasi. Qo‘qondagi me’moriy yodgorlikni 19-asrning 2-yarmida Qo‘qon xoni Xudoyorxon qurdirgan. Me’mor va muhandis Mir Ubaydulla loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan; ustalardan Mulla Suyarqul, Solixo‘ja va buxorolik usta Fozilxo‘jalar qatnashgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilan bajargan. Xudoyorxon o‘rdasi to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (68x143 m) bo‘lib, sun’iy tepalikka baland g‘ishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi, o‘rda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan 100 ga yaqin katta-kichik xonalar, ichki-tashqi hovlilardan iborat bo‘lgan. Birinchi hovlida ayvon, ko‘rinishxona, xazinaxona, alohida sahnli masjid, markazda xon qarorgohi (shohnishin), salomxona, xo‘jalik binolari, ikkinchi hovlini uning sahni bilan bog‘langan haram va xos xonalar egallagan; haramxonalari bezaklari odmi bo‘lib, asosan, quyma ganch ishlatilgan, haramxonalariga ayvonchaga o‘xshash o‘tish yo‘laklari orqali kirilgan.

Xudoyorxon o‘rdasining asosiy sharqiy tomonini tashkil etuvchi peshtoq-gumbazli darvozaxona hamda uning ikki qanotida joylashgan xonalargina saqlangan, qolgan qismi buzilib ketgan. Bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq g‘ishtdan (26x26x5 sm) ganch suvoqda terilgan devorlarga bir g‘isht chuqurligida ravoqlar ishlangan. Peshtoq o‘rda devoridan birmuncha bo‘rttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 m bo‘lgan qiya yo‘lka (pandus) orqali o‘tiladi. Xudoyorxon o‘rdasi bosh tarzi ravoqlari, peshtoq va guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali to‘rtburchak tarhli darvozaxonaga o‘tiladi, darvozaxona gumbazi o‘zaro kesishgan ravoqli asos ustiga qo‘yilgan; gumbaz usti, o‘z navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorug‘lik tushadi. O‘rdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, o‘yma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli bo‘lib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan, ayrim xonalarning poliga parket terilgan, ayvonlar sahniga marmar yotqizilgan, devorlariga ravoqlar ishlanib, naqshlar bilan ziynatlangan.

1938-yil Xudoyorxon o‘rdasida me’mor Obid Zayniddinov boshchiligida ta’mirlash loyihasi ishlari olib borildi; ta’mirlashda usta Q. Haydarov, naqqosh S.Norqo‘ziev va boshqa ustalar qatnashdi. 1974-yildagi ilmiy ta’mirlash va loyihalash ishlari natijasida saroyning dastlabki holati aniqlandi.

1924-yilda Xudoyorxon o‘rdasida Qo‘qon xonligi yutuqlari ko‘rgazmasi ochilgan, 1925-yildan Qo‘qon shahar o‘lkashunoslik muzeyi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 14



Norbo‘tabiy madrasasi. Qo‘qondagi me’moriy yodgorlik (18-asr oxiri). Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy hukmronligi davrida qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir nomi bilan ham yuritiladi. Norbo‘tabiy madrasasi chorsu maydoni yaqinida qurilgan. Bir qavatli, hovlili, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (52x72 m), 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofiga qator ravoqli hujralar joylashgan. Peshtog‘i shimolga qaragan. Miyonsaroyning 2 tarafida peshtoq bo‘ylab tutashgan gumbazli masjid va 12 ta derazali (panjaralar o‘rnatilgan) darsxona mavjud. Norbo‘tabiy madrasasi pishiq g‘ishtdan qurilgan. Xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafasi va mehrobining yulduzsimon bezaklari serhasham ko‘rinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa o‘ymakori islimiy naqsh qo‘llanilgan. Norbo‘tabiy madrasasining tashqi ko‘rinishi Buxoro me’morlik maktabi uslubiga xosdir.15
2.3 Xiva xonligi

XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida me'morchilik sohasida xorazmlik ustalar yetakchilik qiladilar. O'sha davr yodgorliklari orasida ajoyib saroy majmualari Xazoraspdagi Rahmonqul inoq saroyi, Ko'rinishxona, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu binolar sirti naqshli sopol plita (koshin)lar bilan bezatilgan. Bu sopollardan to'q ko'k rang ustiga yashil va oq gullarning bir-biriga chirmashtirilgan rasmlari chiroyli qilib berilgan. Xonlikning poytaxti Xiva ayniqsa XVIII-XIX asrlarda gullab-yashnaydi. Shahar markazida joylashgan Juma masjidi (XVIII asr) - O'rta Osiyoning eng go'zal inshootlaridan hisoblanadi.

Sherg'ozixon (1718-1720), Qutlug' Murod Inoq madrasalari, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Olloqulixon, Muhammad Aminxonning katta madrasalari (XIX asr) va Tosh hovli saroyi (1830-1838-yillar) o'ziga xos nafis va go'zaldir. Bu qurilish obidalari O'rta Osiyo me'morchiligining ajoyib yodgorliklaridir.

Markaziy Osiyo me’morligidagi o‘zgarishlar Xiva xonligida ham ko‘rinadi. Shaharsozlik san’ati Muhammad Rahimxon davrida boshlanib, uning o‘g‘li davrida ravnaq topdi. Binolarni bezash uchun koshinlar tayyorlandi, rassomlar naqqoshlik va bezak ishlarini amalga oshirdilar. Xiva xonligida yog‘och, ganch o‘ymakorligi ham nafislashib bordi.

Shu davrda Xivaning ko‘plab mashhur yodgorliklari qurilishi tugallandi. Qurilgan me’morlik obidalari shahar ko‘rkini ochdi. Darvozalar, karvonsaroylar va madrasalar shahar siluetini belgiladi. Bu yerdagi Pahlavon Mahmud maqbarasi (1810), Tosh hovli (1838) kabi yodgorliklar o‘z bezakdorligi bilan bugun ham kishilarga quvonch baxsh etadi. Ich’an qal’adagi xon qarorgohi va boshqa ma’muriy binolar alohida ajralib turadi. Qal’aning bosh maydonida, savdo ishlari olib borilgan, turli yig‘inlar o‘tkazilgan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon (1863-1910), uning o‘g‘li Asfandiyorxon (1910-1918) davrida qurilish ishlari olib borildi, shahar qiyofasida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Xiva bozorlarida Rossiyada ishlangan buyumlarning ko‘payishi, mol ayirboshlash ishlarining keng quloch yoyishi Xiva xonligida yangi hayot boshlayotganligidan dalolat berar edi. Shu davrda qurilgan Islom Xo‘ja minorasi shaharning eng ko‘rkam obidalaridan biridir. Shaharning eng baland va go‘zal bu yodgorligi 1908-yili xon vaziri Islom Xo‘ja tomonidan qurdirilgan; Ustalar Xudoybergan Xo‘ja, Bolta Voisov va Madaminovlar qurilish ishlarini olib borishgan.

Xiva shahri ikki qismdan: Ichan qal'a va Dishan qal'adan iborat.



Ichan qal'a. Ichan qal'ada me'moriy va shaharsozlik kompozitsiyalarini o'rganish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ichan qal'a Xivaning ichki qal'a qismidir. U Dishan qal'adan kungurador devor bilan qisman ajratilgan. Dishan qal'adan baland qo'rg'ontepaga o'xshab ko'rinadi. Ichan qal'aga Bog'cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan darvozalaridan kirilgan.16

Ichan qal'aning yaratilish tarixi uch davrga bo'linadi: mo'g'ullar istilosidan keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar), XVI-XVII asrlardagi tiklanish (Anushaxon hammomi, 1657-yil; peshayvonli Oq masjid, 1675-yil; Xo'jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning qabulxonasi, 1686-1688-yillar), XVIII - XX asrlardagi tiklanish.

Uchinchi davrda mahalliy me'morchilik an'analari asosida masjid, madrasa, tim va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo'1 o'tkazilgan, masjid qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qut­lug' Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqlar qurilgan. Muham­mad Rahimxon (1806-1825-yillar), Olloqulixon (1825-1842-yillar), Muhammad Aminxon (1845-1855-yillar) hukmronligi yillarida bu yerda qurilish avj olib ketgan. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko'targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo.

Ichan qal'a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo'llanib kelingan uslub - inshootlarni yuzma-yuz qurish uslubi (qo'sh) dan foydalanilgan.

Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me'morchiligining o'ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Aminatpanoboy minorasi hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni tashkil etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyini barpo etilishi o'ziga xos ansamblni tashkil etgan. Qutlug' Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli Bilan Oq masjid o'rtasidagi maydoncha shu ansamblning kompozitsion markaziga aylangan. Xiva yodgorliklari yog'och o'ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan.

Shaharning vertikal dominanti - koshinlari quyoshda yaltirab turuvchi Islom hoji minorasidir. Minora bilan uning yaqinidagi Pahlavon Mahmud maqbarasining gumbazi bilan birgalikda tevaraklaridagi pastroq inshootlarni yaxlitlikka keltirib turadi. Maqbara ro'parasida supa tarzli Sherg'ozixon madrasasi qurilgan.

Ichki shaharning asosiy ko'chalari Xivaning rabotida - tashqi shaharda, Dishan qal'ada davom etib, to'rt tarafidagi boshqa shahar va qishloqlarga olib boradi. Dishan qal'ada jami o'nta darvoza bo'lib, ulardan shimol tomondagi Urganchga olib boradigan ochiq qiyofali Qo'sh darvoza o'ziga alohida e'tiborni tortadi.

Dishan qal'a Xivaning rabodi bo'lib, Ichan qal'aning tevaragida, sharqdan g'arbga qarab cho'zilgan. Xorazm xoni Olloquluxon (XIX asr o'rtasi) aholini qo'shni qabilalar hujumidan saqlash maqsadida Dishan qal'ani uzunligi 6 km bo'lgan devor bilan o'ratadi. Qurilishda Xorazm aholisining ko'p qismi qatnashib olti haftada bitqaziladi. Dishan qal'ada 10 ta darvoza bo'lgan. Bular: Xazorasp (yoki Quyi), Pishkanik, Bog'i shamol, Shayhlar, Tozabog', Shohimardon, Dosh oyoq, Ko'sh, Gadoylar va Gandumiyon darvozalaridir. Dishan qal'aning bosh ko'chalari Ichan qal'a ko'chalarini davom ettiradi. Shaharning bozor, tim va rastalari, asosan Dishan qal'ada bo'lgan.

Juma masjidining arxitekturasi.XVIII asrda barpo etilgan ko'p ustunli Juma masjidi alohida ajralib turadi. Uning konstruktiv yechimi Arabistonning qadimgi masjidlari bilan hamohang ekanligidan dalolat beradi. Juma masjid ilk bor X-XI asrlarda qurilgan. Juma masjiding dastlabki binosi buzilib ketgan va o'rniga 1788-yilda xuddi shu usulda undan kattaroq yangi masjid qurilgan. Masjidning minorasi ham yangidan tiklangan.

Juma masjidi tekis tomli, bir qavatli imoratdir. Uni o'ziga xos o'yma naqshli ustunlar qo'riqxonasi deyishadi. Bino tomini 218 ta naqshinkor ustun ko'tarib turadi. X-XI asrlarda qo'yilgan naqshkor ustunlardan hozirgi vaqtda 25 tasi saqlangan. Masjidning avvalgi ustunlari Xorazmdagi turli binolardan yig'ilib kelingan.

Hamma ustunlar muayyan kompozitsiya asosida joylashtirilgan. Bu inshootning eng nodir tomoni uning ustunli yechimidadir. Ustunlar pastdan yuqoriga qarab qadahsimon shaklda yo'g'onlashib boradi. Ustun o'rtasi kufiy usulda yozuv bilan naqshlanib, pastki qismi juda qalin, ustki qismi nisbatan siyrak o'yma naqshlar bilan bezatilgan. Eng qadimgi ustunlarga uchburchak shaklidagi chuqur relyefli, o'simliksimon naqshlar solingan. XII asr ustunlarida avvalgilarining shakl mutanosibligi takrorlangan, biroq naqshlar birmuncha qayta ishlangan, ulardagi kufiy yozuvlari barg va gul naqshlari bilan chirmashtirib yuborilgan. Juma masjid ustunlarida Xorazm xalq o'ymakorligining boy ijodiy imkoniyatlari mujassamlashgan.

Toshhovlining me'moriy yechimi.Toshhovli arxitektura yodgorligi 1830-1838-yillarda Olloqulixon farmoyishiga ko'ra qurilgan. Dastlab haram, keyin mehmonxona va arzxonalar bunyod qilingan. Toshhovli mahalliy qurilish materiallari (marmar, pishgan g'isht, yog'och) dan foydalanib barpo etilgan. Saroy uch bo'limdan iborat - arzhovli, ishrat hovli va haram.

Devor va ayvonlari sirkor sopol, shiftlari esa naqshlar bilan bezatilgan. Devorlari koshinlangan, ganch, yog'och, tosh o'ymakorligi, bo'yama naqshlar bilan bezatilgan. Saroyda mavjud 163 xonadan turli maqsadlarda foydalanilgan.



Ota darvoza yodgorligi.Ota darvoza - Ichan qal'aning bosh darvozasidir. Shaharning eng qadimgi tizimi - Ko'hna ark ham shu tomondan, g'arbdan o'rab olingan.

Shimolda Bog'cha darvoza joylashgan, yaqinida quduq bor. Shahar shu yerdan boshlanadi degan rivoyat bor. Ota darvozadan sharq tomonga Polvon darvozagacha, Ichan qal'aning qoq o'rtasidan shaharning bosh ko'chasi o'tgan. Ko'cha bo'ylab ketgan Minora, Juma masjid va Saidboy minoralari qatori birgalikda chiroyli kompozitsiyani tashkil etgan. Kardo ko'chasi Bog'cha darvozasi bilan qarshisidagi, janubiy tomondagi Tosh darvoza oralig'ida joylashgan. Ikki asosiy ko'chaning chorrahasi shaharning geometrik va jamoat markazini tashkil etgan. Sunday markaz Juma masjidi va uning minorasi bilan qayd etilgan. Xiva me'moriy obidalarining ko'plari va e'tiborlilari mazkur ko'cha negizida vujudga kelgan. Ular Polvon darvoza tarafidagi qator inshootlar va ularning tarkibidagi Olloqulixon arki - toshhovlidir.



Nurillaboy saroyi. Dishan qal'ada majmualar qatorida Nurillaboy saroyi muhim o'rin egallaydi. Uning va unga o'xshash binolarning yechimlarida jahon arxitekturasining XX asr boshlaridagi yangi naqshli jihatlari o'z aksini topgan.

Muhammad Aminxon madrasasi me'morchiligi. 1851-1852-yillarda Ichan qal'ada Muhammad Aminxon madrasasi qurilgan. Madrasa va minorani Xivadagi eng katta va go'zal ansambl qilish mo'ljallangan, biroq ishlar oxirigacha yetmay qolgan.

Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi o'ziga xos mayda ravoqchalarga bo'lingan, burchaklaridagi mezanali burjlar binoga salobot va go'zallik bag'ishlab turibdi. Bino arxitekturasida Xiva me'morchiligidagi badiiy va konstruktiv uslublarning eng yaxshi namunalari qo'llanilgan. Madrasa ikki qavatli bo'lib, birinchi qavatda hujralar dahlizli, ikkinchi qavatda esa hujralar peshayvonli qilib bunyod etilgan.

Bu uslub Xiva madrasalarida ilk bor ushbu binoda qo'llanilgan. Ayvonlarning qurilishi sodda bo'lib hovlining umumiy arxitekturasiga mosdir. Ikki qavatli ayvonlardagi bag'allar va qarama-qarshi qo'yilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan. Hujralar tepasi baxmal gumbaz bilan berkitilgan. Katta xonalarning gumbazlari burchaklardan chiqarilgan toqili qiya sath-qanosga (parusga) qo'yilgan. Peshtoqning yarim gumbaz tashkil etuvchi olti qirrali ko'rkam ravog'i ham sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Masjidning baland gumbazi peshtoqdan ancha yuqori ko'tarilib turadi. Madrasaning umumiy ko'rinishidagi bunday assimetrik holat uning yonida baland minora ham bo'lishini taqozo etgandek tuyuladi. Bunday uslub keyinroq Islomxo'ja madrasasi va minorasi kompleksida takrorlangan.

Kalta Minor Muhammad Aminxon madrasasi yonida 1855-yilda qurila boshlangan. Xonning fikricha, bu minora Markaziy Osiyodagi minoralarning eng go'zali, eng kattasi va eng balandi bo'lishi kerak edi, lekin uning xotinini bevaqt o'limi tufayli minora oxirigacha qurilmay chala qolgan; Kalta nomi ham ana shundan qolgan. Inshootning hozirgi balandligi 26 m, asosining diametri 14,2 m ni tashkil etadi. O'z salobati, ko'lami, oq, yashil, firuza rangdagi koshinli naqshlari bilan minora jozibadordir. Uning bezagida ko'k-firuza rangli koshinlar ko'p ishlatilgan, shu tufayli u Ko'k Minor deb ham ataladi.

Muhammad Rahimxon madrasasi.Kattaligi jihatdan Muhammad Aminxon madrasasidan keyingi o'rinda Muhammad Rahimxon madrasasi turadi. Madrasa yozgi va qishki masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iboratdir. Binoning old tomoni ikki qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Xivaning boshqa madrasalaridan bir oz farq qiladi. Xushqad peshtoqning ikki yonida besh ravoqli galereyalari bor. Darvozaxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham boshqa madrasalardan bir oz farq qiladi. Hovli 76 ta bir qavatli hujralar bilan o'ralgan, tashqi ayvonning ko'cha tomoni past devor bilan to'silgan.

Pahlavon Mahmud maqbarasi Xiva arxitektura yodgorliklaridan biri Pahlavon Mahmud maqbarasidir. U moviy gumbazli xonaqoh, maqbara va ziyoratxonadan iborat kompleksdir. Maqbara Pahlavon Mahmud daxmasi ustida 1664-yilda qurilgan kichik sinch imorat o'rnida 1810-1835-yillarda bunyod etilgan. Unga peshtoqli darvozaxona orqali kiriladi, so'ng kichik hovliga o'tiladi. Qarshida buyuk peshtoq va gumbazli xonaqoh, maqbara, g'arbda qorixona, sharqda nafis o'ymakor ustunli ayvon joylashgan. Hovli sahnida «muqaddas» quduq bor.

Xonaqoh peshtoqining yuzasi g'ishtin; gumbazi moviy rang sirkor koshinlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichkarisi ham gumbaz qubbasigacha moviy rang sopol bilan juda nozik va nafis ishlangan. Bezak gullar orasidagi so'zlar Pahlavon Mahmud ruboiylaridan keltirilgan.

1913-yilda Pahlavon Mahmud maqbarasi hovlisining g'arbiga ikki qavatli qorixona, uning qarshisiga ayvon qurilgan. Kompleks Xiva me'morchiligining noyob namunasi bo'lib, unda XIX asrdagi badiiy san'at uslubi yorqin aks etgan.

Xiva me'morlari tarixiy obidalarning zilzilabardoshligiga ham e'tibor berganlar. Yerni tekislab bo'lgach, uni ganch yoki gil qorishmasi bilan qoplaganlar (masalan, Xivada Sherg'ozixon madrasasi), so'ngra qum solganlar. Bu yo'l bilan, birinchidan – poydevorni yer osti sho'r suvlaridan himoya qilganlar, ikkinchidan – seymoizolyatsiya tadbirlarini amalga oshirganlar. Zilzila to'lqinlari bu qatlamda ancha so'nib qolgan.

Geologik va gidrogeologik sharoitlardan kelib chiqib, poydevor qismi 0,5 m dan 2,0 m gacha chuqurlikda o'rnatilgan. G'ishtlarning poydevor konstruksiyasida yotiq qatorlar bo'ylab emas, balki yon tomoni bilan yuzma-yuz qilib terilganligi zilzila vaqtida seysmik kuchlarni bir tekisda taqsimlanishiga imkoniyat yaratgan.

Inshootning yer usti qismida, 0,5 m balandlikda yog'och g'o'la yoki toshlardan maxsus qorishma bilan prokladka qo'yilgan. Ko'pchilik hollarda prokladka sifatida bir necha qatlam qamish ishlatilgan. Bu tadbir seysmik to'lqin energiyasini ancha yutgan va tepaga deyarli kam qismini o'tkazgan, u gidroizolyatsiya vazifasini ham o'tagan.

Qadimiy mas'ul obyektlardan muhimi minoradir. Uni ustalaridan hisoblash matematikasi, geometriya, arxitekturaviy proporsiyalarning uyg'unligini seza olish malakalari talab etilgan. Injenerlik yechim nuqtai - nazaridan minorani zilzila vaqtidagi holatini tashhislash qiyin masala hisoblanadi.

Minora balandligining oshib borishi, uning inersiya massasini oshishiga, boshqacha aytganda, zilzila davrida seysmik kuchlarning kattalashuviga olib keladi. Minora balandligiga qarab zilzila inshootni egilish yoki ko'chishiga olib kelishi mumkin. Bu masalani hal qilish uchun me'morlar va binokorlar dono yechim ishlab chiqqanlar. Minora balandlashgan sari uning diametri kichiklasha borgan. Bu me'moriy yechim zilzila vaqtida inshootni ustivorligini ta'minlay olgan.

Xivadagi Islom hoji minorasining taxminan 1,2 m balandligida qalinligi 18 sm bo'lgan marmar toshlardan gidroizolyasiya qatlami, uning ostiga seysmik himoya vazifasini bajaruvchi qamish qatlami o'rnatilgan. Demak, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va odamlarni u yoki bu holatda qo'rquvga soladigan tabiiy va sun'iy hodisalarga inshootlarning qarshiligini oshirish masalasiga ham qadimgi
me'morlar katta e'tibor berganlar.

Xiva shahrining ham madaniy meros obyektlariga munosabat mustaqillik yillarida yaxshilikka tomon keskin o'zgardi. Ularni kelajak avlodlarga bus-butunligicha yetkazish maqsadida madaniy meros obyektlarini avvalgi holatiga keltirish ishlari jonlanib ketdi. Me'moriy yodgorliklar sifatli va mustahkam restavratsiya qilinmoqda va asl holatiga qaytarilmoqda. Tarixiy yodgorliklardan ularning shaklini o'zgartirmasdan hozirgi zamon talablariga mos shart - sharoitlar yaratilgan imoratlar sifatida foydalanish va obidalar sifatida asralishini ta'minlashga katta ahamiyat berilmoqda.



Oq masjid. Xivadagi me’moriy yodgorlik (18 – 19-asrlar). Uch tomoni ayvonli, bir xonali guzar masjidi. Tarhi 25,5x13,5 m. Xonaqoh (6,3x6,3 m)ning gumbazi chorsi asosga o‘rnatilgan. Gumbazi va asosi uzoqdan oppoq bo‘lib ko‘rinadi (nomi ham shundan). Xonaqoh ichiga ishlangan chuqur ravoqlar hisobiga keng ko‘rinadi. Janubiy devorida mehrob bor. Gumbaz osti bag‘allari 4 pog‘onali muqarnaslar bilan to‘ldirilgan. Panjaralar va 3 eshik yirik naqshlar bilan o‘ziga xos uslubda bezatilgan. Yog‘ochustunlar oddiy, faqat ustunlarning yuqori qismi xotamkori piliklardan terib bezatilgan. Oq masjid ta’mirlangan, ayvon sufasi tiklangan, tomi va devorlari tuzatilgan.17
XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston hududidagi minoralarning hajmi juda baland bo‘lganligining sababi, minoralar qadimda poytaxt maqomini olgan shaharlarda bunyod etilganligi aniqlangan. Xiva va Buxoro minoralari shular jumlasidandir. Vobkentdagi va Jarqo‘rg‘ondagi minoralarni istisno qilganda Toshkent vohasi, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax hamda Farg‘ona vodiysida baland va mahobatli minoralar kuzatilmaydi. Tadqiqotlar natijalari qiyosiy tahlilidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston, shuningdek Markaziy Osiyo me’moriy obidalari tarkibidagi minora va minorasimon qurilmalarining me’moriy turlanishiga oid quyidagi ilmiy xulosalarga kelindi. Albatta, bu turlanish mezonlari ushbu ish ko‘lamida aniqlangani uchun tugal deb hisoblash o‘rinsizdir. Minoralar me’morchiligining xususiyatlari qiyosiy tahlili keng ko‘lamli tadqiqotlar, yangi arxeologik qazilma va izlanishlar asosida yanada to‘ldirib borilishi mumkin. Lekin ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish davomida va xonliklar davrida barpo etilgan binolarni o`rganish jarayonida O‘zbekiston me’moriy merosidagi minora va minorasimon inshootlarning ushbu turlanishi quyidagi mezonlarga ko‘ra belgilanishini tahlil qilindi, bular:

1. Tarixi: alohida joylashgan minoralar karvon yo‘lida, cho‘l-sahro hududlari, kimsasiz tog‘-daralarda kuzatuv, yo‘l ko‘rsatgich, signal, xavfsizlik, qorovul minorasimon qurulmalaridan kelib chiqqan. Shaharlarda esa baland minorasimon qurulmalar qal’a, qo‘rg‘onlar tarkibida, hamda sug‘orish dehqonchilik hududlaridagi yakka qal’a, himoya qo‘rg‘onida qorovulxona, kuzatuv minorasi ko‘rinishida qilingan. Bu vazifani yirik shaharlarda Buxorodagi Kalon minorasi kabi baland inshootlar ham bajargan. Manbalarga ko‘ra minora qafasasi ravoqlariga olov, sham yoqib qo‘yilgan va ular tunda shaharlardan 50-60 chaqirim naridagi karvon uchun mayoq bo‘lib xizmat qilgan.

Burj va guldastalardagi minoralar kelib chiqishiga qadimda, ilk o‘rta asrlardagi ko‘shk, qal’a, qo‘rg‘onlar himoya burjlari, shahar darbozalari yon himoya guldastalari me’moriy asos bo‘lgan.

Mahobatli inshootlardagi minoralar turlarga bo‘linadi:

a) hovli devori, bino chekkalaridagi nisbatan mustaqil ko‘rinadigan bir yoki ikki bo‘g‘inli minoralar.

b) peshtoqqa yondoshgan yoki bino hajmidan bir muncha yuqori joylashtirilgan guldasta-minoralar.

v) XVI asrlarda shakllangan kichik guzar masjidlari hajmidagi minorasimon mezana, fonus qurulmalari. Ularning yana bir turi, ko‘cha yuzasiga qaragan masjid darbozaxonalari yuqorisidagi azon aytishga mo‘ljallangan uncha katta bo‘lmagan mezana-minorachalar.

2. Joylashuviga qarab alohida quriladigan minoralar quyidagi turlarga bo‘linadi:

a) yirik shahar va maskanlardagi katta jome’ masjidlari oldidagi baland minoralar: Buxoro, Vobkent, Ko‘hna Urganch, Xiva minoralari. Ularning aksariyati shahar markazida joylashgan.

b) mashhur ziyoratgoh maskanlardagi masjidlar qoshidagi katta, kichik minoralar. Masalan: Bahouddin Naqshband, Chor Bakr, Mahdumi A’zam, Zangiota ziyoratgohlari va boshqalar;

v) mahalla, guzar markazlaridagi masjidlar oldidagi kichik minoralar: Buxoro, Samarqand, Xiva mahallalari shular jumlasidan.

g) yirik Jome’ masjidlari, ziyoratgohlar hovlisi o‘rtasidagi minoralar: Andijon, Qo‘qon jome’ masjidlari minoralari, Zangiota ziyoratgoh majmuasidagi minora shular jumlasidan.

3. Burj-guldasta minoralari turlari:

a) yirik mahobatli inshootlarning hajmining burchaklari va peshtoq yonlaridagi ko‘p bo‘g‘inli minorasimon qurulmalar: Samarqanddagi Bibixonim masjidida, Ulug‘bek, Sherdor madrasasida ularning nodir namunalari mavjud.

b) darvoza, chortoq, madrasa peshtog‘i kabi me’moriy inshootlar yon guldastasining yuqorisidagi mezana, fonussifat minora qurilmalari.

v) darbozaxonalar, maqbaralar, ayrim masjid, madrasalar yonlaridagi qalin guldastalar, aksariyati yuqorisi dandana yoki sharafa bilan tugallangan. Ular O‘zbekistonning barcha hududlarida ommaviy ravishda qurilgan inshootlaridagi me’moriy element sifatida shakllangan.

Yuqoridagi mezonlardan tashqari minoralar shakliga, bezak hashami va yuqorida tugallanadigan me’moriy elementlari bilan ham farqlanadi.



Asosan yuqoriga torayib boradigan konus, silindrsimon hajmlarda minora quruvchisi, qurilgan joyning mavqeiga qarab arabiy yozuvli belbog‘ qilingan. Minoraning balandligi, uning hashamidagi bu belbog‘lar ma’lum davrga xos bo‘lgan qoidaga qarab aniqlangan. O‘lcham birligi gazning metrik hisobi o‘zgarib borganini hisob olganda, minora balandligi qurdirgan shaxsning mavqeiga qarab belgilangan kamarlar soniga bog‘liq degan taxminlar ham mavjud.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


        1. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда, 20-сон, 354-модда).

        2. "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi", T. "O'zbekiston", 1997 yil

        3. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. (21 yanvar, 2011 y.)T. "O'zbekiston", 2011 yil.

        4. Karimov. I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. - T.: O`zbekiston, 2009.

        5. Karimov.I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 29 yanvar,2010y.)- T.: O`zbekiston, 2010.

        6. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. (2010-yil 12-noyabr') T. "O'zbekiston", 2010 yil.

        7. Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi. ”Xalq so`zi”, 24 yanvar, 2012 yil.

        8. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz keng ko`lqamli islohotlar va modernizatsiya yo`lini qat`iyat bilan davom ettirish. ”Xalq so`zi”, 19 yanvar, 2013 yil.

        9. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. (Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқ тисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига багишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза) . - Тошкент: «Ўзбекистон», 2017. - 104 б.

        10. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг кўшма мажлисидаги нутқ. Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2016. -56 6.

        11. Абдуллаев Н. Санъат тарихи. Икки жилдлик. Биринчи китоб. –Т.: «Санъат» нашриёти, 165-б.

        12. Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., “Sharq”, 2000, 800-b

        13. Vaxitov M.M., Mirzayev Sh.R. Me`morchilik. I qism. Me`morchilik tarixi. –T.: “Tafakkur” nashriyoti. 2010. 229-b.

        14. История Узбекистана. Т. III, Т., «Фан», 1993, 412 стр.

        15. Karimov Sh. O`zbekiston tarixi va madaniyati T. “O`qituvchi” 1992, 119-bet.

        16. Karimov Sh. O`zbekiston tarixi va madaniyati T. “O`qituvchi” 1992, 119-b

        17. Karimov Sh. Ubaydullayev O`. Vatan tarixi. T. “Sharq” 2010 132-b

        18. Po`latov X. Shaharsozlik tarixi. – T.: 2008. 213-b.

        19. Shamsiddinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O`. Vatan tarixi T. “Sharq” 2010. 132-b

        20. ЎзР ФА Шарқшунослик институти, қўлёзма, инв. №954, 314-варақ.

        21. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 2005. 615-bet.



I L O V A L A R

BUHORO AMIRLIGI DAVRIGA TEGISHLI BINOLAR

Sitorai mohihosa



Bolahovuz masjidi








QO’QON HONLIGI DAVRIGA TEGISHLI BINOLAR

Xudoyorxon o’rdasi



Norbo’tabi madrasasi











XIVA HONLIGI DAVRIGA TEGISHLI BINOLAR

Dishan qal’a



I chan qal’a


Kalta minorasining umumiy ko‘rinishi







Pahlavon Mahmud maqbarasi



Q utlug’ Murod Inoq madrasasi



1 R.Shamsuddinov Sh Karimov O` Ubaydullayev Vatan tarixi T. Sharq 2010 119-bet

2 Sh. Karimov. O`zbekiston tarixi va madaniyati T. “O`qituvchi” 1992, 119-bet.

3 Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., “Sharq”, 2000, 800-b

4 Sh. Karimov. O`zbekiston tarixi va madaniyati T. “O`qituvchi” 1992, 119-b

5 Ўша жойда.

6 Sh. Karimov. O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T. Sharq 2010 132-b

7 R.Shamsiddinov, Sh Karimov O` Ubaydullayev Vatan tarixi T. Sharq 2010. 132-b

8 R. Shamsutdinov, Sh. Karimov, O`.Ubaydullayev. Vatan tarixi. T.,”Sharq” 2010, 134-bet.

9 История Узбекистана. Т. III, Т., «Фан», 1993, 412 стр.

10 R. Shamsutdinov, O`.Ubaydullayev, Sh.Karimov. Vatan tarixi. –T.: “Sharq” nashriyoti. 2010.

11 X.Po`latov. Shaharsozlik tarixi. – T.: 2008. 213-b.

12 ЎзР ФА Шарқшунослик институти, қўлёзма, инв. №954, 314-варақ.

13 Н.Абдуллаев. Санъат тарихи. Икки жилдлик. Биринчи китоб. –Т.: «Санъат» нашриёти, 167-б.

14 O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 2005. 512-bet.

15 O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 2005. 389-bet.

16 M.M. Vaxitov, Sh.R. Mirzayev. Me`morchilik. I qism. Me`morchilik tarixi. –T.: “Tafakkur” nashriyoti. 2010. 229-b.

17 O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 2005. 615-bet.




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish