O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2,08 Mb.
bet8/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

Xiva xonligi - o’zbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi uchta xonlikdan biri (1512—1920 y.). Poytaxti — Vazir, Ko’hna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan — Xiva shahri bulgan.

Temuriylar tasarrufida bo’lgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qo’l ostiga o’tdi. Ularga qarshi xalq qo’zg’oloni bo’lib, unga Vazir qal’asi qozisi Umar va Baqirg’on qishlog’idan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511-yil Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.

Elbarsxon (1511 —16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan xalkdar o’troklashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mang’ishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon o’g’illari va ukasi, qarindoshlariga bo’lib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo bo’lgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz o’zaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), So’fiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (152226), Avaneshxon (152638), Alixon (153847), Akatoyxon (154756), Yunusxon (155657), Do’stxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari o’rtasidagi o’zaro qirg’inlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi o’rtasida urushlar azobini ham tortishga majbur bo’lgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga bo’ysundirganlar. Bu urushlar 16-asrning 70-yillarida Amudaryo o’zanining o’zgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qo’yganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatgan.

17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun bo’lgan sulolaviy kurashlardan so’ng, taxtga o’tirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi o’zining yuqori cho’qqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning o’g’illari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qo’li baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol bo’yidagi o’zbek qo’ng’irotlari Asfandiyorga bo’ysunmay qo’yishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulg’oziy Bahodirxonpp 1643 yilda xon qilib ko’tarishgan. Abulg’oziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga o’tirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjo’y, Vardanza, Qorako’l, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.



Abulg’oziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda hokimiyatni o’g’li Anushaxonta topshirgan. Shunga qaramay Xiva qo’shinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 yil Xiva qo’shinlari G’ijduvon yaqinida mag’lubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga ta’siri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning o’g’li Arang Muxammadxonta taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa bo’lgan. 17-asrning oxiri — 18-asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), O’zbekxon—Arnakxon (1688—90), Jo’ji Sulton (169497), Valixon (169799), Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (170203), Sayid Alixon (170305), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706— 13) kabi o’nlab xonlar almashgan. Bu mamlakat axvolini yanada og’irlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa bo’lgan qiziqishi ortgan va Pyotr I 1714—17 yillarda Aleksandr Bekovich Cherkasskiy boshchiligida Xivaga harbiy ekspeditsiya jo’natgan. Xiva xoni Sherg’ozixon (1714—28) Qayrag’och darasidagi ochiq to’qnashuvda katta talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qo’shinlarini 5 ta shaharga bo’lib yuborgan va ularni aloxida-alohida qirg’in qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol bo’yi aholisi Xivaga bo’ysunmay qo’ygan edi. 1728 yil Xivadagi Sherg’ozixon madrasasi qurilishida qullar qo’zg’olon ko’tarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy o’yin yana avj olgan. Xiva xonligidagi o’zaro urushlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qo’lga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qo’shni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740 yil Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni o’ziga bo’ysundirgan. 1741 yil xorazmliklarning qo’zg’oloni eroniylar tomonidan bostirilgan. 18-asr o’rtalaridagi xonlar goh Eron shohdarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining ta’siri, goh mahalliy aholi qo’ng’irot urug’ining yordami bilan tez-tez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulg’oziyxon II (1742—46), G’oyibxon (174656), Qoraboyxon (175657), Temurg’oziyxon (1757—64) va boshqalar Xiva xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qo’llab-quvvatlashiga erishgan qo’ng’irot urug’lari Xiva xonligida hokimiyatni qo’lga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida qo’ng’irotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Bu bilan 19-asr boshlarida qo’ng’irotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan bo’lsalar, ularning vorisi Eltpuzar (1804—06) 1804 yilda Abulg’oziyxon V Yodgorxon o’g’li (1802— 04)ni taxtdan tushirib, o’zini xon deb e’lon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga o’tirgan qo’ng’irotlar sulolasining birinchi xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811 yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qo’shib olgan. U o’tkazgan siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.

Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—55) davrlarida Xiva qo’shinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv sh. uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar bo’lib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha bo’lgan yerlarni boshqargan. 1855 yilda Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok bo’lishi mamlakatda parokandalikka sabab bo’lgan. Abdullaxon (1855— 56), Qutlug’murodxonlar (1856) 6 oydan ko’p hukmronlik qilmaslaridan o’ddirilgan. 1856 yilda taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan.

Xiva xonligida so’nggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) bo’lgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan o’sishi ko’zga tashlanadi. Lekin, 1873 yil Rossiya Xiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga ko’ra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. Asfandiyorxon (1910— 18) Rossiyadagi o’zgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxo’ja boshchiligida islohotlar o’tkazishga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning ko’payishi, iqtisodiy ahvolning og’irlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.

1917 yil Rossiyadagi fevral inqilobi ta’sirida Yosh xivaliklar va boshqa siyosiy kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini tuzish to’g’risidagi manifestga imzo chekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva xonligidagi sovetlarga moyil kuchlarning olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos bo’lgan. 1918 yil yanvarda so’nggi rus askarlarining Xiva xonligidan chiqib ketishi Junaidxon Xiva shahrini egallashiga imkon bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qo’lida qo’g’irchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy o’yinlar sababli 1918 yil oktiyabr oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon o’ldirilgan va so’nggi xon Sayd Abdullaxon taxtga chiqarilgan. Bu davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar qizil armiyaning yordami bilan 1920 yil 2 fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan tushirishgan va Xiva xonligi tugatildi deb e’lon qilishgan.

Xonlikda davlat tili o’zbek tili bo’lib, Buxoro va Qo’qondan farqli o’laroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat o’zbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda Xiva xonligining ma’muriy jihatdan bo’linishi viloyat deb atalgan bo’lsa, 18-asrdan beklik deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik bo’lgan bo’lsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.

Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori bo’lib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qo’lida bo’lgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularning ahvoli juda og’ir bo’lgan. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik mamyaakat iqtisodida muhim o’rin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim o’rin tutgan.

Xonlik harbiy qo’shini va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada bo’lgan. Qo’shinni ko’proq yarim ko’chmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qo’yilgan.

Xiva xonligi Buxoro, Qo’qon, Eron va Rossiya kabi qo’shni davlatlar bilan savdosotiq ishlari olib borgan. Soliqdar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juz’yadan iborat bo’lgan. Shu bilan majburiy mehnatning ba’zi turlari amalga oshirilgan.



1919 asrga qadar Xiva Xonligı Bayrog'i


Xiva Xonligi Bayrog'i, 1917-1920


Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish