O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2,08 Mb.
bet7/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

Qo’qon xonligi - o’zbek xonliklaridan biri (18—19-asrlar). Poytaxti — Qo’qon. Minglar urug’idan bo’lgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qo’qon, Namangan. Marg’ilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746 yil qalmoqlar Farg’ona vodiysiga hujum qilib, O’sh, Andijon, Marg’ilon shaharlarini egallab, Qo’qonni qamal qilgan. Qo’qonliklar yordamga kelgan O’ratepa hokimi Fozilbiy qo’shinlari bilan birgalikda ularni Farg’ona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo’tabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun ko’targan g’alayonlari bostirilgan. Mamlakatda sug’orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo’ladi.

Norbo’tabiyning o’g’li Olimbek hukmronligi davrida Qo’qonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot o’tkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham e’tibor kuchaytirilgan. 1805 yil davlat rasman Qishloq xo’jaligi deb e’lon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810 yil Qo’qonda "Olimxon Toshkentda o’ldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo’qonga yo’l oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib o’ldirilgan.

Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari ko’rilgan. 1815 yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 yil esa O’ratepa bosib olingan. Umarxon vafotidan so’ng uning 12 yoshli o’g’li Muhammad Alixon taxtga o’tirgan. Xon yosh bo’lganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodirabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va san’atni rivojlantirishga intilgan.

1826 yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh ko’targan musulmon aholiga yordam berish uchun qo’shin tortib borilgan. Natijada Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xo’tan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qishloq xo’jaligiga berishga majbur bo’lgan.

Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay tog’ etagidagi Qorategin, Darvoz, Shug’non, Ro’shon, Vohon bekliklarini bo’ysundirgan. Bu davrda xonlikda sug’orish ishlari ancha yo’lga qo’yilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo ( Nasrullaxon) bilan yuz bergan urushda (1840 yil) Muhammad Alixon yengilib, Xo’jandni amir Nasrulloga topshirishga va o’zini uning noibi deb tan olishga majbur bo’lgan. Ammo Buxoro — Qo’qon munosabatlari bundan keyin ham keskinlashgan. Natijada 1841 yil noyab. oyida Muhammad Alixon o’z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qo’qonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirg’in-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori mansabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qishloq xo’jaligi Buxoro noibi tomonidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qishloq xo’jaligi aholisiga og’ir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qo’qonliklar qo’zg’olon ko’taradi, amir Nasrulloga sodiq kishilarning ko’pchiligini o’ldiradilar va Norbo’tabiyning ukasi Hojibekning o’gli Sheralini xon qilib ko’tarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qo’qonga qo’shin tortib o’z hukmronligini qayta o’rnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga majbur bo’lgan. Natijada qo’ldan ketgan ko’pgina hududlar (Xo’jand, Toshkent) yana Qishloq xo’jaligi ixtiyorida qoladi.

Sheralixonnint (1842—45) taxtga o’tirishida ko’makchi va xayrixoh bo’lgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shug’ullangan va xon qo’shinlarining tarkibini ko’proq qipchoq yigitlari bilan to’ldirgan. Musulmonqul o’z mavqeidan foydalanib, Sheralixonga o’z ta’sirini o’tkazishga intilgan. Ammo xon bunga yo’l qo’ymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi bo’lib, boshqalarning qo’li bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845 yil O’shda xonning soliq siyosatiga qarshi qo’zg’olon boshlanadi. Musulmonqul qo’zg’olonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning o’g’li Murodbekni Qo’qonga taklif qilib taxtga o’tqazganlar. Sheralixon o’ldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon o’zini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur bo’lgan. Musulmonqulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qo’qonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa O’shdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning o’g’li Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qo’qonga kelib, Murodxonni o’ldirib, yo’sh Xudoyorni xon deb e’lon qiladi. Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda o’zi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmonqulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan bo’shatiladi. Musulmonqul o’z mavqeini tiklamoqchi bo’lib, ruslar bilan aloqa o’rnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qo’mondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni o’z qo’liga olmoqchi bo’lganligidan xabar topgan o’zbek va qirg’iz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab Qo’rboshi, Muhammad Yoqubbek qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yo’lini axtarib Xudoyorxonni o’zlari tarafga og’dirib, 1853 yil qipchoqlar qirg’inini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan.

Biroq Qishloq xo’jaligida o’zaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar Xudoyorxonga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan. Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan.

1865 yil Qo’qonda qipchoq va qirg’izlar Xudoyqulbekni tantanavor ravishda xon deb e’lon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, so’ngra barcha xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qashqarga qochib ketgan. Xudoyorxon hech qanday qarshiliksiz Qo’qon taxtini qayta egallagan (1865— 75). Bunday beqaror ichki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qishloq xo’jaligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshlab yuborgan. Natijada 1853—65 yillar davomida Oqmachit, To’qmoq, Pishpak, Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkentni va ularning atrof -hududlarini bosib oladi. 1867 yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta’sis etdi va O’rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan turkiston general-gubernatorligini tashkil qildi. Chorizm bosqini tufayli Qishloq xo’jaligi chegaralari ancha qisqarib ketdi. Xazinaga tushadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani to’ldirish uchun yangidan qo’shimcha soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi bo’lib 1871 yil So’xda g’alayon ko’taradi. Bu g’alayon qurolli qo’zg’olonga aylanib ketdi. O’rta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan "Po’latxon" qo’zg’oloni bo’lib o’tadi. Rus qo’shinlari qo’zg’olonchilarni yengdilar va Po’latxon asirga olindi. U 1876 yil 1 mart oyida Marg’ilon shahrida dorga osiladi. Chor qo’shinlari Qishloq xo’jaligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va o’rniga Farg’ona viloyatini ta’sis etadilar.

Qishloq xo’jaligining aholisi, asosan, o’zbeklar, tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, uyg’urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qishloq xo’jaligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil bo’lgan. Xonlikka qarashli bo’lgan yerlar amlok yerlar, vaqf yerlari, mulki xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar o’rtasida yakka dehqon xo’jaligi ham rivojlangan. O’z yerlaridan ajralgan kambag’al dehqonlarning ko’pchiligi yirik yer egalari qo’lida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan ta’minlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar sug’orish tarmoqlari katta daromad manbai bo’lganligi sababli ma’lum darajada ularni saqlashga, sug’orish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi e’tibor berishgan. Qishloq xo’jaligida ko’plab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog’dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra bo’lgan. Bular: misgarlik, zargarlik, o’ymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, sopol va ko’zagarlik, qog’ozgarlik, badiiy to’qimachilik, do’ppichilik, kashtachilik, ko’priksozlik, temirchilik va shahrik.

Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham ma’lum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha ma’lum darajada rivojlana borgan.

Savdo-sotiq Qishloq xo’jaligi hayotida katta va muhim o’rin egallagan. U ichki va tashqi savdoga bo’lingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, o’zaro ko’chmanchi chorvador, o’troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o’zining ehtiyojlarini asosan o’z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.

Qishloq xo’jaligining iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afg’oniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan bo’lgan tashqi savdo katta o’rinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qishloq xo’jaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining ba’zi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qishloq xo’jaligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchrashiga sabab bo’ldi.

Qo’qon, Marg’ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, bo’z va boshqalar) to’qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xo’jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qog’oz va boshqa narsalar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qo’rg’oshin va boshqa ham ma’lum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog’dorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan.

Qishloq xo’jaligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan.

Qo'qon muhtoriyatining bayrog’i (1917-yil 12-dekabrdan 1918-yil 18 -fevralga qadar)




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish