O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Buxoro amirligida fan va madanyat



Download 2,08 Mb.
bet10/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

Buxoro amirligida fan va madanyat Shayboniylar hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan, madaniy hayot ancha yuksalgan. Juda kup sug’orish inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Oqchopsoy to’g’oni va suv ombori, Vaxshdan chiqarilgan ko’plab ariqdarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantirdi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida bug’doyning 10 xil turi, suli, qo’noq, jo’xori, mosh, no’xat, makkajo’xori, loviya, sholi, paxta, kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bog’dorchilik, chorvachilik va ipakchilik rivojlangan. Samarqand, Buxoro, Marg’ilon, Xo’jand, Andijon, Toshkent, Jizzax, O’ratepa, Shaxrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy qilgan. Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma’lum bo’lishicha, 16-asrda Samarqandda hunarning 61 turi mavjud bo’lgan. Movarounnahirlik kosiblar zo’r san’at bilan turli-tuman metall buyumlar, ip va ipak matolar, a’lo navli qog’ozlar ishlab chiqarganlar.

Shayboniylar zamonida Buxoro xonligining Hindiston, Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan

Buxoro islom dini markazlaridan biri sifatida mashhur edi: Abdulazizxon va Abdullaxon saroyida badiiy bezakli nodir asarlar to’plangan kutubxona mavjud bo’lgan. Bu yerda mohir xattotlar va miniatyurachi rassomlar ishlab, qo’lyozma, adabiyot, tarix va boshqa fanlar sohasida yaratilgan asarlarni ko’chirish, bezash va kitob holiga keltirish bilan mashg’ul bo’lganlar.

Shayboniylar davrida, ayniqsa ulardan Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik qilgan yillarda Buxoro xonligi iqtisodiy va madaniy hayotida birmuncha o’zgarishlar ro’y berdi. Hunarmandchilik taraqqiy etdi: temir va cho’yan quyish, qurol-yarog’, mis va jez idishlar yasash, to’qimachilik, qog’oz, sovun ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Adabiyot, tarix, tarjimonlik, lug’atchilik, me’morlik, naqqoshlik, tasviriy san’at va boshqalar ravnaq topdi: „Muzakkir ulahbob“ (Hasanxoja Nisoriy), „Tazkirat ushshuaro“ (Mutribiy), „Shayboniynoma“ (Muhammad Solih), „Zubdat ulasror“ (Abdulla ibn Muhammad), „Abdullanoma“ (Hofiz Tanish Buxoriy), „Badoye’ ulvaqoye’“ (Zayniddin Vosifiy) kabi yirik adabiy va tarixiy asarlar yaratildi, lug’atlar tuzildi (Amin Ahmad Roziy — „Haft iqlim“ va boshqalar), Rashiduddin Fazlulloh („Jome’ attavorix“) va Sharafiddin Ali Yazdiy („Zafarnoma“)ning tarixiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilindi. Musiqa, xattotlik (Kavkabiy Najmiddin Buxoriy, Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniy, Mir Husayn al Husayniy, Sulton Ali Mashhadiy, Do’stmuhammad Buxoriy, Mahmud ibn Ishoq ash Shihobiy va boshqalar) yuqori darajada rivojlandi. Kutubxonachilik (Abdulazizxon, Abdullaxon II kutubxonalari va boshqalar), kitob bezash va muqovachilik rivojlandi. Tibbiyot ilmi taraqqiy etdi (Muhammad Husayn ibn al Miroqiy Samarqandiy, Shoh Ali ibn Sulaymon, Sulton Ali va boshqalar), yirik shaharlarda shifoxona (dor ushshifo)lar tashkil qilindi. Ta’lim-tarbiyaga e’tibor kuchaydi, har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolalar olti yoshdan o’qishga qabul qilinadigan bo’ldi. Madrasalarda ilohiyotdan tashqari riyoziyot, faroiz, handasa, fiqh, she’r san’ati, mantiq, musiqa, xattotlik va boshqa fanlar o’qitildi.

Ashtarxoniylar davridagi muttasil urush harakatlari madaniy hayot taraqqiyotiga katta to’sqin bo’ldi. Diniy zo’ravonlik kuchaydi, dunyoviy fanlar o’rnini islom aqidalari egallay boshladi. Lekin shunga qaramay adabiyot, san’at va boshqa sohalarda bir qancha iste’dodli olimlar (musiqada Darvishali Changiy va boshqalar) yetishib chiqdi. Adabiy, tarixiy asarlar — „Hayvonnoma“ (Sayd Nasafiy). „Bahr ulasror“ (Mahmud ibn Vali), „Ubaydullanoma“ (Muhammad Amin Buxoriy), „Tarixi Abulfayzxon“ (Abdurrahmon Tole’), „Muhit uttavorix“ (Muhammadamin ibn Muhammadzamon Buxoriy), „Subhonqulixon to’g’risida hajviya“ (Turdi) va boshqalar. Tibbiyot va me’morlik bir oz taraqqiy etdi: ashtarxoniylardan Subhonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona hamda tibbiyot kutubxonasi qurdirdi. Hashamatli binolar (Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Bolohovuz masjidi va boshqalar) bunyod etildi. Maktab va madrasalarda asosan diniy fanlar, qisman adabiyot (Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil va boshqalar) o’qitildi.

Mang’itlar hukmronligi davrida madaniy hayot past darajada bo’lib, hukmron tabaqalar xalqni jaholatda saqlashga harakat qilar, badiiy ijodda madhiyabozlik va tarkidunyochilik mavzui hukmron edi. 18-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida „Tuhfai xoniy“ (Muhammad Vafo Karminagiy), „Toj uttavorix“ (Muhammad Sharif), „Fathnomai sultoniy“ (Muhammad Mirolim Buxoriy), „Mang’it xonlari tarixi“ (Mirzo Abdulazim Somiy), „Navodir ulvaqoye’“, „Tarjimai ahvoli amironi Buxoro“ (Ahmad Donish) kabi tarixiybadiiy asarlar yaratildi. „To’tinoma“, „Chor darvesh“, „Yusuf va Zulayho“, „Tohir va Zuhra“, „Bo’z o’g’lon“, „Yusuf va Ahmad“, „Go’ro’g’li“ turkumidagi dostonlar xalq orasida keng tarqaldi. Xalq san’ati turlari — qiziqchilik, fonus xayol, dorbozlik va boshqa taraqqiy etdi, musiqa ommaviy san’atga aylandi, tasviriy san’at rivojlandi (Abdulxoliq Maxdum va boshqalar). Yirik inshootlar — Shayx Jalol darvozasi va xonaqohi (18-asr 2-yarmi), Domullo Tursunjon madrasasi (1796—97), Xalifa Xudoydod ansambli (1777—1855), Chorminor (1807), Amir madrasasi (20-asr boshlari), Sitorai Mohi Xosa (19— 20-asr boshlari) va boshqa qurildi., Buxoro xonligi Rossiya vassaliga aylantirilgach, qulchilik tugatildi, kasalxona, dorixonalar, yangi usuldagi rustuzem maktablari ochildi, Kattaqo’rg’ondan Buxoroga telegraf o’tkazildi, Buxoro temir yo’l va Amudaryoga temir ko’prik qurildi. Me’morlikda milliy va yevropacha uslublar uyg’unlashib ketdi: masalan, 1888 yil qurilgan Yangi Buxoro (hozirgi Kogon)dagi savdo va bank muassasalarining binolari, amirning yangi saroyi, Buxorodagi temir yo’l vokzali va boshqa.




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish