O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti o’. T. Toshbekov


O’qituvchi,  10 minut  68  ASОSIY SAVOLLAR



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/181
Sana19.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#457647
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181
Bog'liq
tuproqshunoslik asoslari 2

 
O’qituvchi, 
10 minut 


68 
ASОSIY SAVOLLAR 
9.1.
Tuproq kolloidlarining kelib chiqishi, tuzilishi, xossalari. 
9.2. Tuproq kolloidlarining tarkibi. 
9.3. Tuproqning singdirish qobiliyati, uning turlari. 
9.4. Tuproqqa kationlarning va anionlarning singdirilishi. 
Tayanch iboralar: 
Kolloidlar, mitsella, atsidoid, bazoid, lmfelitoid, kaogulyatsiya, peptizatsiya, gel, zol, 
mineral va organik kolloidlar, fizik, kimyoviy, mexanik, fiz-kimyoviy, biologik singdirishlar. 
1-ASОSIY SAVOL 
TUPROQ KOLLOIDLARINING KELIB CHIQISHI, TUZILISHI, XOSSALARI 
1-asоsiy savolning bayoni. 
Tuproq turli katta-kichik zarralardan iboratdir. Ana shu zarralar O’rtasida bo’shliqlar yoki 
kovaklar bo’lib, ular suv va havo to`ladi. Tuproqning qattiq, suyuq va gaz fazalari o’zaro kimyoviy, 
fizik hamda kimyoviy-fizik ta’sirda bo’ladi Bundan tashqari, tuproq atmosfera,gruntlar hamda grunt 
suvlari bilan xam o’zaro ta’sirda bo’ladi. Bundan tashqari, tuproq atmosfera, gruntlar hamda grunt 
suvlari bilan xam o’zaro ta’sirida buladi. 
V.I. Vernadskiyning aniqlashicha, tuproq yerning maxsus termodinamik qobig’i sifatida 
o’simliklar tomonidan quyosh nurining assimilyasiya qilinishi tufayli to’plangan energiya 
kondensator xisоblanib, u yuqori energetik potentsialga egadir. Tuproqlarda kechadigan kimyoviy, 
fizik va kimyoviy-fizik protsesslarning xilma-xilligi hamda murakkabligi ana shunga bog’liqdir. 
Tuproqda to’planadigan energiya zapasi litosfera, atmosfera va gidrosfera qobiqlariga ham katta 
ta’sir ko’rsatadi. Tuproq bilan geosfera o’rtasida energiya almashinuvi bo`lgani kabi ular orasida 
modda almashinuvi ham bo’ladi. 
Masalan, atmosfera suv va gazlar manbai, litosfera esa moddalar manbai bo’lib, bu 
moddalar tuproqqa litosferadan eritma shaklida tushadi. 
Shuning uchun ham tuproqdagi qattiq, suyuq va gaz moddalarning tarkibi hamda miqdori 
doimo o’zgarib turadi. Tuproqning suyuq va gaz fazalari ayniqsa ko’p o’zgarib turadi. Tuproqning 
qattiq qismi kimyoviy nuqtai nazardan passivroqdir. 
Kolloidlar dispers faza deb atalgan mayda dispers moddalardan tashkil topgan va bularni 
saqlagan suyuq moddadan iborat aloxida sistemadir. 
Zarralarning betidagi ionlarning zaryadiga ko’ra xar qanday zarra musbat, yoki manfiy 
zaryadli bo’ladi. Bu erkin kuchlar tevarak-atrofdagi suyuqliqlardan teskari ishora bilan 
zaryadlangan ionlarni tortib olishi va ularni maxkam tutib turishi mumkin. Kolloid zarra-mitsella-
qristall yoki amorf modda xoldagi yadrodan iboratdir. 
Yadro sirti ichki qoplam hosil qiluvchi musbat yoki manfiy ionlar bilan qoplangan bo’ladi. 
Bu ionogen qatlam yadro sirtidagi molekulalarning dissоtsiatsiyasi yoki tevarak-atrofdagi muxitdan 
ionlarning qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi. 
Zarraning manfiy yoki musbat zaryadli bo’lishi ichki qobiqqa bog’liq. Ichki qobiqning 
tortish kuchi tufayli tutib turilgan dissоtsiyalashgan ionlar teskari zaryadli ionlardan tashkil topgan 
ikkinchi qatlamni vujudga keltiradi. Ichki qoplam bilan yopishib turgan pardaning tashqi ionlari 
mustaxkam birikkan bo’lib, harakatchan emas. 
Qoplamning tashqi qismidagi ionlar harakatchan bo’lib diffuziv qatlamini hosil qiladi. 
Yadro potentsial chegaralovchi qatlam bilan birga granula deb ataladi. Granula va ularga 
qo’zg’olmaydigan bo’lib birikkan kompentsiyalovchi ionlar zarra deb ataladi. Zarralar diffuziv 
qatlam bilan birga tuproq mitsellasi deyiladi. Mitsellaning atrofidagi suyuqlik intermitsellyar 
suyuqlik deb ataladi. 
Eritmadagi tuzlar kontsentratsiyasi oshganda zaryadlar kamayadi. Diffuziv qatlamdagi 
ionlar sоni yadro tarkibiga, molekulalarining dissоtsiatsiyalanish darajasiga, tuproq reaksiyasi va 


69 
namligiga bog’liqdir. Masalan, ishqorli muxitda nordon muxitdagiga qaraganda ionlar ko’proq 
bo’ladi. 
Bir xil zaryadli qolloid zarralar bir-birini itaradi, xar xil zaryadli kolloid zarralar esa bir-
birini tortadi. Kolloid moddalar ikki holatda bo’ladi. Kolloid zarralar esa bir-birini tortadi. 
Kolloid moddalar ikki holatda bo’ladi. Kolloid zarralar suyuqlikda barqaror suspenziya hosil 
qilib ajralsa, u xolda bunday sistema kolloid eritma yoki zol deb ataladi. Kolloid zarralar bir-biri 
bilan to’qnashib birlashsa, ikkilamchi zarralar-agrelar hosil qilsa, bu agregatlar parcha-parcha bo’lib 
yoki poroshok tarzida cho’ksa, kolloidlarning bunday holati gel deyiladi. Qolloidlarning 
qoagulyatsiya protsessi elektrolitlar ta’sirida zaryadlari yo’qolganda yoki muayyan nisbatlardagi 
teskari zaryadli kolloidlarning o’zaro ta’siri, shuningdek ularning qurishi, yuqori hamda past 
haroratning ta’siri va kolloidlarning eskirishi natijasida sоdir bo’ladi. Koagulyatsiyaga teskari 
protsess ya’ni muxit ishqorlanganda kolloidlarning gel holatidan zol holatiga o’tishi peptizatsiya 
deyiladi. Tuproq kolloidlarining ko’pgina qismi agregatlar yoki tuproqdagi yirikroq zarrachalarning 
sirtlarini o’rab olgan pardalar shaklida uchraydi. Kolloidlar yopishtirish qobiliyatiga ega bo’lib, 
koagulyatsiya tuproq zarralarini bir-biriga yopishtirib biror shakldagi va turli katta-kichiklikdagi 
strukturali bo’laklar hosil qiladi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish