ma‘noviy (M), shakliy (SH), joylashuv (J) omillarining o`zaro muvofiqligiga
tayanadi. Masalan, kitobni o`qimoq birikmasidagi kitobni so`z shaklida hokim so`zga
birikishini ta‘minlaydigan M, SH, J omillari bo`lganligi kabi o`qimoq so`zshaklining
ham tobe a‘zoga bog`lanishini ta‘minlaydigan M, SH, J omillari mavjud. xatni
yozmoq SBsida tobe so`z (xatni)ning hokim so`z (yozmoq)
bilan birikishini uning
shakli (-ni), ma‘nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi) bilan ko`rsatsa, hokim so`z
tobe so`z bilan bog`lanishini ma‘nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin kelishi)
bilan ko`rsatadi.
So`zda bu uch omil yaxlit holda bo`lib, ma‘lum birikish jarayonida birortasi
ustunlik qilsa, boshqa holda u kuchsizlanadi. Keltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi
tobe so`z (xatni) da shakliy omil (-ni) tobelikni ko`rsatuvchi yetakchi omil bo`lsa,
hokim so`z (yozmoq) da ma‘noviy omil ustunlik qilgan.
Ma‘noviy omil deganda so`zlarning bog`lanish uchun muhim sanalgan lug`aviy
ma‘nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug`aviy ma‘no ayon bo`lib, so`zning
grammatik ma‘noviy xususiyatlariga bir oz sharh berish lozim bo`ladi. So`zlarning
muayyan turkumga xosligi nihoyatda keng ko`lamli tushuncha bo`lib, mustaqil so`z
turkumlari doirasida narsa predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe‘l),
holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumiy
ma‘nolarni qamrab oladi. Bu ma‘nolar so`z turkumi (masalan, ot), uning ichki
bo`linishlari (masalan, modda-ma‘dan oti, o`rin-joy oti kabi) bilan bog`liqdir.
Shuning uchun tosh ko`prik birikmasida tosh so`zining ot turkumiga mansubligi,
modda-ashyo nomi ekanligi, ko`prik so`zining ma‘lum
bir harakatning mahsuli
bo`lmish predmetni ifodalashi, so`rida yotmoq birikmasida esa so`ri so`zining joy
nomini atab kelishi, yotmoq fe‘lining o`timsizligi kabilar ma‘noviy omilni tashkil
etadi.
SHakliy omil deganda so`zlarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladigan
aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakllar birikmadagi
qaysi a‘zoni shakllantirishiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
1)tobega xoslar (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko`rsatgichlari va
ko`makchilar);
2)hokimga xoslar (egalik, nisbat, kesimlik ko`rsatgichlari).
Joylashuv omili so`zlarning erkin joylashuvi (1) va
birikma tarkibida
jipslashuvidan (2) iborat.
O`zbek tilining me‘yoriy nutqida tartib qat‘iy bo`lib, tobe oldin, hokim keyin
keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a‘zolarni bir-biridan ajratish,
«uzish», ular orasiga boshqa bo`laklarni kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda
tutiladi. Masalan, kecha keldi, kitobni o`qimoq, shahrimizning ko`Chalari kabi
SBlarda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a‘zoni
bir-biridan
ajratish, «uzish» (Kecha uyga keldi, kitobni tez o`qidi, shahrimizning keng
ko`Chalari), hatto teskari joylashtirish (keldi kecha, ko`Chalari shahrimizning)
mumkin. Jipslashuv deganda tobe va hokim a‘zoni bir-biridan «uzish» mumkin
emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko`prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o`qimoq
birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko`prik birikmasidagi
so`zlarning o`rni almashtirilsa, birikma mohiyati o`zgarib ketadi: ko`prik tosh.
Demak, bu so`zlarda birikma mohiyatini belgilashda
joylashuv omili ustivor
ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa uning
kuchliligini bildiradi.
Har qanday SBda so`zning mavjud imkoniyatlari yuzaga chiqadi. Bunda har bir
a‘zodagi mazkur (M, J, SH) omillar o`zaro va boshqa a‘zodagi Shunday omillar bilan
muvofiqlashadi. So`zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi
evaziga sodir bo`ladi. Buni uchburchak burchaklarining o`zaro aloqadorligiga
qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig`indisi 180 gradusga teng. Bir
burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy
yig`indisi 180 gradusga teng bo`lib turaveradi.
Xuddi Shuningdek, tobe yoki hokim
so`zdagi bir omil kuchaysa, bu boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo`ladi.
Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to`la voqelanishiga yo`l
qo`ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: [SHMJ-
SHMJ]. Chunki har ikki a‘zo ham - biriktiruvchi-tobe a‘zo tobega xos, hokim a‘zo
hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana Shu shakllar
ko`rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a‘zoda ham shakliy omil ustuvordir.
Birikma a‘zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi
uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta‘sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining
o`ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma‘noviy omil esa shakliy
va joylashuv omillari
oralig`ida bo`ladi. shoshilib gapirmoq SBsidagi a‘zolarning birikuv omillari
muhimligi quyidagicha: SHMJ-MSHJ. Birinchi uzvda shakliy omilning birinchi
o`ringa chiqishi uning ravishdosh shaklidaligi sabablidir. Ravishdosh shakli shoshilib
so`zshaklining tobeligini ta‘minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a‘zoda ham
oxirgi planga o`tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning
mavjudligidir. Ikkinchi a‘zo (o`qimoq) da ma‘noviy omilning kuchayishi, uning
hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv
omilining kuchsizligi
evazigadir. mart oyi birikmasidagi a‘zolarning birikuv omillari munosabati esa
quyidagicha: JMSH-SHMJ. SBlar a‘zolarida ma‘noviy omilning oxirgi o`ringa o`tishi
mumkin emas.Chunki SB uchun dastlabki talab a‘zolarning ma‘noviy muvofiqligidir.
O`zbek tilida har bir a‘zo birikuv omillarining o`rin almashish natijasida6 xil
kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a‘zo: MSHJ, MJSH, SHMJ, SHJM, JMSH,
JSHM. Hokim a‘zo: MSHJ, MJSH, SHMJ, SHJM, JMSH, JSHM. Har bir a‘zoning 6
xilligi asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma‘lum bo`ladi. Olti xil tobe
a‘zo va olti xil hokim a‘zoni ko`paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi.
Quyidagi jadvalni har bir SB turiga ayrim misollar bilan beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: