O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/122
Sana31.03.2022
Hajmi1,8 Mb.
#520258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ОLIY VA O`RTA МАХSUS ТА’LIМ VAZIRLIGI 
BУХОRО ДАVLAT UNIVERSITETI 
O`zbek filologiyasi kafedrasi
«Hozirgi o`zbek аdabiy tili (Sintaksis)» fanidan
МА’RUZA MATNLARI
 
Тузувчи6: ф.ф.н, доц. Назарова С. 
Buxoro - 2014


1-ma’ruza. Sintaksisning tadqiq manbayi va bo`limlari.
Reja: 
1.
O`quv fanining maqsadi, vazifalari.Sintaksisning tadqiq manbayi. 
2.
Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy (struktur) sintaksis. 
3.
So`z birikmasi(SB) sintaksisi va gap sintaksisi.
Sintaksis va uning tadqiq manbayi
. Til o`z ijtimoiy vazifasini sintaktik 
qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik 
hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va 
morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har 
qanday sintaktik hodisada so`z va morfologik ko`rsatgichlarni ko`ramiz. Shu boisdan 
sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi.
Grammatika morfologiya va sintaksisni o`z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, 
sintaktik qurilish vositalari bo`lmish grammatik ko`rsatgichlar tizimi - morfologik 
kategoriyalarni o`rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma‘no (UGM va 
XGM)larini o`rganadi. Shuningdek, u so`z turkumlarining umumiy grammatik 
xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbayi yo 
leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo`ladi. Masalan, so`z turkumlari lug`aviy ma‘nosi 
yaqin so`zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so`zlarni bosqichma-bosqich 
birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so`z ma‘nolari 
umumlashuvi pog`onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi 
so`z turkumlaridir. 
Morfologik ko`rsatgichlar ikkiga bo`linadi: 
1) lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar; 
2) sintaktik shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar. 
Lug`aviy shakl hosil qiluvchi ko`rsatgichlar leksemalarning lug`aviy ma‘nosiga 
ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, o`qigan bola 
birikmasidagi o`qigan lug`aviy shakli -gan ko`rsatgichini olib, lug`aviy ma‘nosidagi 
«harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no bo`lakChasiga 
ega bo`ladi. 
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so`zlarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir 
qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni 
olmoq birikmasidagi tuShum kelishigi qo`shimchasi kitob leksemasini olmoq fe‘liga 
tobelash vazifasini bajarmoqda. 
Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, so`z turkumlari yuksak lug`aviy 
umumlashtirish, so`zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo`lsa, 
grammatik ko`rsatgichlarning bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga 
egadir. Demak, tilshunos I.I.MeshChaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida 
leksik va sintaktik jihatlar birligidir. 
Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi ta‘limotdir. 
Gaplar, aslida, so`zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so`zlarning 
bog`lanish qonuniyatlari, so`z birikmalari ham sintaksisda o`rganiladi. Atom 
xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini 


o`rganishga bo`ysundirilganligi kabi so`z birikmalarini o`rganish ham gap 
ta‘limotining tarkibiy qismi bo`lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. 
Sintaksis so`zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik 
munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini 
tekshiradi. Qaysidir yo`sindagi so`zlarning birikuvlari sanalmish qo`shma so`zlar 
(uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog`ini yalagan, 
yog` tushsa yalaguday, ko`ngli bo`sh) sintaksisning tadqiq doirasidan Chetda qoladi. 
Chunki ular erkin bog`lanishga ega emas. 
Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o`zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) 
dir: 
1) tilning sintaktik qurilishi; 
2) grammatikaning tarkibiy qismi. 
Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida qo`llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun 
sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish