O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta- maxsus ta‟lim vazir ligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti ro‟yxatga olindi



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/168
Sana30.03.2022
Hajmi6,7 Mb.
#517574
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
Bog'liq
kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanidan v-mavsum uchun

suspenziya
deb ataladi. 
qattiq zarrachalar o‘lchamiga qarab suspenziyalar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: dag‘al 
(>100mkm); mayin (0,5..100 mkm); loyqa (0,1..0,5 mkm) suspenziyalar va kolloid eritmalar ( 0,1 
mkm). 
Biri ikkinchisida erimaydigan, dispers va dispersion fazalardan tashkil topgan aralashma 
sistemasi emulsiya deb nomlanadi. Dispers faza zarrachalarining o‘lchami keng oralikda o‘zgarishi 
mumkin. Odatda, emulsiya og‘irlik kuchi ta‘sirida qatlamlarga ajraladi. Lekin, dispers faza tomchilari 
0,4...0,5 mkm dan kichik bo‘lsa yoki stabilizatorlar qo‘shilgan hollarda emulsiyalar turg‘un bo‘ladi 
va uzoq muddat davomida qatlamlarga ajralmaydi. Dispers faza konsentratsiyasi ortishi bilan dispers 
faza dispersion fazaga o‘tishi va teskarisi bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zaro almashinish hodisasi 
fazalar inversiyasi deyiladi. 
Suyuqlik va unda taqsimlangan gaz pufakchalaridan tashkil topgan sistemalar ko‘piklar deb 
ataladi. Ko‘piklar o‘z xossalari bo‘yicha emulsiyalarga yaqin. 
Gaz va unda taqsimlangan 0,3...5 mkm o‘lchamli qattiq zarrachalardan tashkil topgan 
sistemalar tutunlar deb nomlanadi. Tutunlar bug‘ (yoki gaz) larning suyuq yoki qattiq holatga 
kondensatsiyalanish jarayoni orqali o‘tishda hosil bo‘ladi. Undan tashqari, qattiq yoqilg‘ilar yonishi 
natijasida ham paydo bo‘ladi. 
Gaz va unda taqsimlangan 3...70 mkm o‘lchamli qattiq zarrachalardan tashkil topgan sistemalar 
changlar
 
deb ataladi. 
Ko‘pincha changlar qattiq materialni maydalash, aralashtirish va ma‘lum masofaga uzatish 
paytida hosil bo‘ladi. 
Dispersion gaz va o‘lchami 0,3...5 mkm bo‘lgan dispers suyuqlik fazalardan tashkil topgan 
sistemalarga 
tumanlar
 
deyiladi. Tumanlar suv bug‘ini sovitish jarayonida, bug‘ning 
kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Tutun, chang va tumanlar-aerozollar deb yuritiladi. 
Nazorat savollari: 
1. Turli jinsli sistemalarni sanoatda hosil bo‘lishi 
2. Sanoatda turli jinsli sistemalarni ajratish usullari 
3.Filtrlash jarayoni orqali turli jinsli sistemelarni ajratish 
4.Cho‘ktirish jarayonining borishi 
9-MAVZU. TURLI JINSLI SISTEMALARNI AJRATISH. 
Reja: 
9.1. Turli jinsli sistemalarni ajratish usullari 
9.2. Ajratish jarayonining moddiy balansi 
9.1. Turli jinsli sistemalarni ajratish
usullari 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida turli jinsli sistemalarni tashkil etuvchi fazalarga ajratishga 
to‘g‘ri keladi. Masalan, vino ishlab chiqarishda uni tindirish, ya‘ni muallaq holatdagi zarrachalarni, 
suyuq fazadan ajratish. Ajratish usullarini tanlashda dispers faza o‘lchamiga, fazalar zichliklari 
farqiga va dispersion faza qovushoqligiga ahamiyat berish zarur. Turli jinsli sistemalarni ajratish 
uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: a) cho‘ktirish; b) filtrlash; v) sentrifugalash; g) suyuqlik 
yordamida ajratish. 
Og‘irlik kuchi, inersiya (jumladan, markazdan qochma) yoki elektrostatik kuchlar yordamida 
turli jinsli sistemalar tarkibidagi qattiq yoki suyuqlik zarrachalarini ajratish jarayoni cho‘ktirish deb 
nomlanadi. Agar, jarayon faqat og‘irlik kuchi ta‘sirida olib borilsa tindirish deb yuritiladi. Tindirish 
odatda turli jinsli sistemalarni dastlabki ajratish uchun ishlatiladi. 
Filtrlash - turli jinsli sistemalarni g‘ovaksimon to‘siq - filtr yordamida ajratish jarayonidir. 


37 
Bunda, g‘ovaksimon to‘siq suyuqlik yoki gazni o‘tkazib yuboradi, ammo muhitdagi qattiq 
zarrachalarni ushlab qoladi. Suspenziya, emulsiya va changlarni ajratish uchun cho‘ktirish jarayoniga 
qaraganda filtrlash ancha samarali. 
Sentrifugalash - suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuch ta‘sirida ajratish 
jarayonidir. Bu jarayonda yaxlit yoki g‘ovaksimon to‘siqlar ham ishlatiladi. Sentrifugalash 
jarayonida cho‘kma va suyuq faza (fugat) hosil bo‘ladi. 
Suyuqlik yordamida ajratish usuli deb - gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarni birorta suyuqlik 
ishtirokida ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon og‘irlik yoki inersiya kuchlari ta‘sirida olib 
boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Ba‘zan, bu usuldan suspenziyalarni ajratishda ham 
foydalanish mumkin. 
9.2. Ajratish jarayonining moddiy balansi 
Dispers faza 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish