O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta- maxsus ta‟lim vazir ligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti ro‟yxatga olindi



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/168
Sana30.03.2022
Hajmi6,7 Mb.
#517574
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168
Bog'liq
kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanidan v-mavsum uchun

r
2
gacha siqiladi va klapan 4 ochilgandan so‘ng gaz uzatish 
quvuriga beriladi. Bundan so‘ng sikl yana qaytariladi. 
Bir bosqichli ikki tomonlamali kompressorda (7.1b-rasm) ikkita surish va ikkita uzatish 
klapanlari bor. Bu kompressorlarning tuzilishi murakkab, lekin unumdorligi oddiy kompressorga 
nisbatan ikki marta ko‘p. 
Siqilgan gazni sovitish uchun silindr, ba‘zida esa qopqoqda ham suv uchun g‘ilof qilinadi. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan kompressorlarning unumdorligini oshirish uchun ular ko‘p silindrli 
qilib tayyorlanadi. 
v
-rasmda ikki silindrli kompressor ko‘rsatilgan. Bir tomonlama, ikki silindrli 
kompressor bir-biriga nisbatan 
90°
yoki 
180°
da joylashgan ikkita silindr, bitta tirsakli o‘q va 
krivoship uzatkichdan iborat. 
Bir bosqichli vertikal kompressorlar, gorizontal mashinalarga nisbatan tez yurar va unumdorligi 
ko‘proq bo‘ladi. Undan tashqari, ular kam joy egallaydi, porshen va silindrlari esa kam yediriladi 
(gorizontal kompressorlarda og‘irlik kuchi ta‘sirida porshen va silindrning bir tomoni ko‘prok 


34 
yediriladi). 
Ikki bosqichli gorizontal kompressorlar odatda bir silindrli differensial porshenli qilib 
tayyorlanadi (7.1
v
-rasm). Avval gaz porshen 2 ning chap tomonida silindr 1 da siqiladi, so‘ng 
sovutkich 9 orqali silindrning boshqa tomonidan kiradi va kerakli 
r
2
bosimgacha siqiladi. 
Ko‘p bosqichli kompressorlar «tandem» sistemasi (silindrlar ketma-ket joylashgan, 7.2a-
rasm) yoki «kompaund» sistemasi (silindrlar parallel joylashgan 7.2b-rasm) bo‘yicha tayyorlanadi. 
So‘nggi paytda «oppozit» kompressorlar keng tarqalgan bo‘lib, bunda porshen harakat yo‘nalishi 
o‘zaro kesishgan bo‘ladi. Bu kompressorlarda silindrlar tirsakli valni ikkala tomonida joylashgan 
bo‘lib, oppozit kompresorlarda val aylanish tezligini 2-2,5 martagacha orttirish mumkin. Bu mashina 
unumdorligini oshiradi. Porshenli kompressorlarda gazni uzluksiz uzatish uchun, uni moy va 
namlikdan tozalash zarur, so‘ng esa iste‘molchiga uzatish resiver orqali amalga oshiriladi. 
7.3.Rotorli kompressorlar 
7.3-rasmda plastina-shiber tipidagi rotorli kompressorlar ko‘rsatilgan. Og‘ir rotor 2 ning 
aylanishida, ko‘ndalang ariqlarda joylashgan plastina 3 lar erkin harakat qilishadi. Rotor 2 ning 
ariqchalarida radial yo‘nalishda oson sirpanadigan plastinalar bo‘lib, ular rotor bilan qobiq orasidagi 
o‘roqsimon bo‘shliqni bir necha qismga, ya‘ni yacheykaga bo‘lib turadi. Plastinalar aylanishi 
natijasida ular orasidagi bo‘shliqqa gaz patrubka 5 dan so‘rib olinadi. Plastinalar orasidagi hajm 
kamayishi bilan gazning bosimi ortadi va u uzatish trubasi 6 orqali haydash quvuriga uzatiladi. 
Rotorli kompressor vali bevosita elektr yuritkich bilan ulanishi mumkin. Bunday hollarda 
kompressor ixcham va yengil bo‘ladi. 
Suv halqali rotorli kompressorlar (7.4.-rasm). Stator 1 ga ekssentrik holatda uzunligi bir xil 
rotor 2 joylashtirilgan. Ishga tushirishdan avval kompressorning yarmi suv to‘ldiriladi. 
Rotor aylanganda suv chetga sochilib, bir xil qalinlikdagi suvdan iborat bo‘lgan halqa 4 hosil 
bo‘ladi. Rotor parraklari va suv halqalari orasida yacheykalar hosil bo‘ladi. Rotor aylanishining 
birinchi yarmida yacheyka kattalashsa, ikkinchi yarmida kamayadi. Bunda patrubok 5 orqali gaz 
so‘rilsa, siqilgan gaz patrubok 6 orqali uzatiladi. Shunday qilib, suv halqalari kompressorda porshen 
vazifasini bajaradi, chunki ushbu halqa yordamida A, B, V, G, D ishchi kameralarning hajmi 
o‘zgartiriladi. Demak, suv halqali kompressorda hosil qilinadigan bosim katta bo‘lmagani uchun, 
undan gazoduvka yoki vakuum – nasos sifatida foydalanish mumkin. 
7.3.-rasm. Suv halqali, rotorli kompressor: 
1-stator; 2-rotor; 3-parraklar; 4-suvli halqa; 5,6- so‘rish va haydash patrubkalari. 
7.4.-rasm. Rotasion kompressor (gazoduvka) 
1-qobiq; 2-rotorlar; 3,4-so‘rish va haydash patrubkalari. 


35 
Ikki parrakli rotor kompressorlar (gazoduvkalar). Qobiq 1 da ikkita parallel vallarda ikkita 
rotor 2 aylanadi (7.5.-rasm). Ularning biri elektr yuritkich yordamida aylantirilsa, ikkinchisi tishli 
uzatma yordamida aylanadi. Rotor 2 lar o‘zaro, hamda qobiq devori bilan zich joylashgan bo‘lib, 
kamerani ikki qismga ajratib turadi. Birinchi kameraga patrubok 3 orqali gaz so‘rib olinsa, 
boshqasida esa patrubka 4 orqali siqilgan gaz haydash quvuriga uzatiladi.
Rotorli kompressorlar bosimi 1,0 MPa va unumdorligi 5000...6000 m3/soatgacha bo‘lganda 
qullanadi. Rotorli kompressorlarning kamchiligi: tayyorlash murakkab, tez ishdan chiqadi, rotor 
plastinalari juda tez yediriladi, ishlaganda ko‘p shovqin tarqatadi va ekspluatatsiyasi qimmat. 
7.4. Markazdan qochma tipdagi kompressorlar 
Dinamik kompressorlar. Bu turdagi mashinalarga asosan markazdan qochma, o‘qli va 
oqimchali kompressorlar misol bo‘ladi. 
Markazdan qochma kompressorlar shu turdagi nasoslar kabi ishlash prinsipi bir xil. Ularga 
ventilyator, turbogazoduvka va turbokompressorlar kiradi.
Markazdan qochma ventilyatorlar shartli ravishda kichik (r

103 Pa), o‘rta bosimli 
(r=103...3

103 Pa) va yuqori bosimli (r=3

103...104 Pa) ventilyatorga bo‘linadi. 
Kichik bosimli ventilyatorning spiral ko‘rinishidagi qobig‘i 1 da bir nechta kurakchali ishchi 
g‘ildiragi 2 aylanadi (7.5-rasm). 
7.5.- rasm. Markazdan qochma ventilyator. 
1-qobiq; 2-ishchi g‘ildirak; 3-so‘rish patrubkasi; 4-haydash patrubkasi. 
Gaz g‘ildirak o‘qi orqali patrubka 3 yordamida so‘rib olinadi va uzatish patrubkasi 4 orqali 
haydash quvuriga chiqarib beradi. O‘rta va yuqori bosimli ventilyatorlar ishchi g‘ildiraklarining eni 
nisbatan keng bo‘lib, kurakchalari oldinga egilgan bo‘ladi. 
Nazorat savollari: 
1. Kompressorlarning vazifalari 
2.Kompressorlarning klassifikatsiyasi 
3.Markazdan qochma kompressorlar 
4.Rotorli kompressorlar 
8-MAVZU. TURLI JINSLI SISTEMALARNING HOSIL BO`LISHI VA ULARNING 
KLASSIFIKASIYASI. 
Reja: 
8.1. Turli jinsli sistemalaryb hosil bo‘lishi 
8.2.Turli jinsli sistemalarning klassifikatsiyalari 
8.1. Turli jinsli sistemalaryb hosil bo‘lishi 
Har xil fazalardagi moddalarning mexanik aralashmasi turli jinsli sistemalar deyiladi. Bu 
aralashmalar asosan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi. 
Fazalarning fizik holatiga ko`ra turli jinsli sistemalar quyidagi turlarga bo`linadi: 
suspenziyalar, emul‘siyalar, ko`piklar, changlar, tutunlar va tumanlar. 
Kamida ikkita har xil fazalardan (suyuqlik - qattiq jism, suyuqlik - gaz va h.) tarkib topgan 
aralashmalar turli jinsli sistemalar deb nomlanadi. Zarrachalari o‘ta mayin yanchilgan holatdagi faza 
dispers yoki ichki faza deb ataladi. Dispers faza zarrachalarini o‘rab olgan muhit esa - dispersion 
yoki tashqi faza deb ataladi. 


36 
Fazalarning fizik holatiga qarab turli jinsli sistemalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
suspenziya, emulsiya, ko‘pik, chang, tutun va tumanlar. 
8.2.Turli jinsli sistemalarning klassifikatsiyalari 
Suyuqlik va qattiq zarrachalardan tashkil topgan turli jinsli sistema 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish