3-ILOVA
0‘ZBEKIST0NDA PSIXOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXIY TARAQQIYOTI
0‘rta Osiyo xalqtari uzoq o‘tmishga, ko‘p asrlik tarixga, boy madaniy merosga egadir. 0‘rta Osiyoning markazida joylashgan 0‘zbekiston Sharq- ning eng qadimiy madaniy o‘choqlaridan biri bolib, u jahon fani tarixiga mnnosib hissa qo‘shdi.
Xorazmlik olim Al-Xorazmiyning nomi bizning davrimizgacha «algo- ritm» degan matematika termini orqali yetib keJgan. Yevropada «Alfaga- nus» nomi bilan mashhur bo'lgan atoqli olim Ahmad aI-Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari» degan ensiklopedik asari XV asrda G‘arbiy Yevropada juda mashhur bolgan edi.
0‘rta asrlarda «faylasuflar mirzosi» deb nom qozongan buxorolik muta- fakkir, atoqli olim Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari XVII asrda G‘arbiy Yevropa tabiblarining asosiy qollanmasi bolib keldi va kelmoqda. Shuningdek, Ibn Sino ijodida materiyaning doim vujudga kelislii mumkin bolgan narsalardan awal mavjud bolishi mumkinligi haqidagi fikrlari psixologiya fanida muhim ahamiyat kasb etadi.
Beruniy va Forobiy singari fan arboblari faoliyatining ahamiyati beqiyos- dir. Beruniy matematika, astronomiya, fizika, botanika, geografiya, umumiy geologiya, etnografiya, tarix va xronologiya sohalarida ish olib bordi. Abu Rayhon Beniniy ijodida «Tana va nih»ga oid hodisalar talqin qilindi. Abu Rayhon Beruniy 973-yilda Xorazmning Kot, hozirgi Beruniy shahrida tavallud topgan. Beruniyning ijtimoiy falsafiy qarashlaridagi a’zolarning bir- biriga zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turJi-tuman xatti-harakatlar va fe’I-atvor mavjudligi asoslangan. «Odam, — deydi Beruniy, — tabiati jihatidan bir-biriga zid a'zolar qo'shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va uning holati o‘z fel-atvoriga ko‘ra xilma-xil boladi». Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga o‘xshamasa-da, ular ayni chog'da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fel-atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon boladi.
Uning zamondoshi Abu Nasr Forobiy (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn 0‘zliq Sirdaryo sohilidagi Forob shahridan) hayot vaqtidayoq «ikkinchi muallim» nomini olgan edi. U tabiiyot sohasida 0‘rta asrning eng atoqli tadqiqotchilaridan biri edi. U keng ma’nodagi inson ruhiy jarayonlari va ta’lim-tarbiya haqida o‘z zamonasi uchun ilg‘or fikrlami ilgari surdi. Forobiyning ruhiy jarayonlar haqidagi ta’limoti, bevosita fiziologik jarayonlar bilan psixik jarayonlar orasidagi bogliqlik haqidagi, dunyoni bilish haqidagi ta’limoti psixologiya fanining taraqqiy etishida muhim rol o‘ynadi.
Keyinchalik Ahmad Yassaviyning mehr-saxovatli bolish haqidagi qa- tashlari, I mom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy ijodidagi
shaxslararo munosabatlar, Bahovuddin Naqshbandiy ijodida aql va dunyoqarashning shakllanishi, A. Navoiy faoliyatida ilmiy ta’lim-tarbiyaning asos- lanishi kabilar boy meros sifatida psixologiyani har tomonlama o'rganishning asosini tashkil etdi.
Respublikamiz boy madaniy merosga ega edi. Bu esa respublikamiz madaniy, iqtisodiy va siyosiy hayotida mislsiz taraqqiyotga erishish uchun imkoniyat yaratib berdi,
asrga kelib, 0‘zbekistonda ham boshqa fanlar qatori psixologiya fanining rivojlanishiga imkon tug‘ildi. Qozon universitetini tamomlagan va 1933-yildan boshlab professor unvoniga ega bo'lgan, hamda 1941-1968- уШаг mobaynida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika instituti- ning Psixologiya kafedrasiga mudirlik qilgan bilimdon, aql-zakovat egasi P.I.Ivanov 0‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi, 80 ga yaqin ilmiy qo'llanma va maqolalar yozdi. Ayniqsa, umumiy psixologiya yosh va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi yo‘nalishida barakali ijod qildi. Uning «Память». — Т., 1941; «Психология» (qisqacha izohli lug‘at) Gosizdat, 1946; «Психология» (pedagogika oLiy o'quv yurtlari uchun o‘quv qocllanma). — М., Uchpedgiz, 1954, 1956, 1959; «psixologiya» (pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun qo'llanma) Uchpedgiz, 1957, 1960 (2 nashr); «Психологические основы обучения». — Т., Uchpedgiz, 1960; shu kitobning o‘zbek tilidagisi «Talimning psixologik asoslari» — Т., 1961; «Umumiy psixologiya» (o‘zbek tilida). — Т., 1957-yil; «Общая психология»
Т., 1967 (2 nashr); «Развития технического мышления учащихся на уроке труда» (Yaroslavl, 1969-yili) kabi qator darslik va qo‘llanmalari chop etildi. U o‘zining kovp yillik pedagogik faoliyatini psLxologiyadan o‘quv qo'llanmala yaratishga bag'ishladi va ko'piab ilmiy kadrlar yetishtirib chiqardi. Uning kamtarin mehnati «0‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi» unvoni bilan taqdirlandi.
1945—50-yillarga qadar Oczbekistonda psixologiya fani bocyicha birorta ham o‘zbek tilida darslik, qo‘llanmalar yo‘q edi. P.I. Ivanovning «Psixologiya» kitobi o‘zbck tiliga tarjima qilingunga qadar uning shogirdlari domlaning ma’ruzalariga muntazam qatnashib, uni o'zbek tiliga tarjima qilib, keng tala- balar ommasiga yetkazishga harakat qildilar.
P.I. Ivanovning shogirdlaridan biri bo‘lgan Sh. Bayburova domlaning rus tilidagi ma’ruzalarini o£zbek tiliga tarjima qilib, talabalarga o‘zbek tilida psixologiyadan ma’ruzalar o‘qidi va psixologiya sohasidagi bilimlarni mu- jassamlashtirib, o‘zbek tilida «Psixologiya» darsligini 1949-yili chop ettirdi. Bu darslik sirtqi va kunduzgi bo'lim talabalari uchun o£zbek tiiida yagona o£quv qo£llanma edi. Keyinchalik P.I. Ivanovning «Psixologiya» kitobi o'zbek tilida chop etildi.
Bolalar psixologiyasi sohasida ham katta ishlar amalga oshirildi. 1964- yili A.A. Asqarxo‘jayev, P.I. Leventuyev, M. Vohidov, E. Chudnovskiylar
-ning «Bolalar psixologiyasining ochcrklari» nomli qo‘llanmasi chop etildi. Bunda bolaning dunyoga kelgan kunidan boshlab to 17—18 yoshgacha bo^lgan davrdagi anatomo-fiziologik xususiyatlari, psixologik xususiyatlari, bolalar shaxsining shakllanishi masalalari keng yoritib berildi.
P.I. Leventuyev yosh avlodni mehnatga tayyoriash, adabiy ijodiyot psi- xologiyasini tadqiq qilish ustida ish olib bordi. M. Vohidov esa bolalar psixologiyasini talqin qilib, darslik yaratishga kirishdi.
1965-yili birinchilardan bo‘lib, I.M. Krasnobayev «Yuqori sinf o‘quvchilarida axloqiy e’tiqodlarning rivojlanishi», 1971-yili Davletshin Muhammad Gabdulgalimovich Leningradda «0‘quvchilaming texnika qobiliyati psixologiyasi» bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar.
Ayniqsa, M.G. Davletshinning Oczbekistonda psixologiya fanining rivoj- lanishda xizmatlari buyukdir. Uning asosiy ilmiy yoiialishlari o‘quvchilarda texnik qiziqishlar, qobiliyatlaming shakllanishiga, mehnat ta’limi va kasbga yo‘nalish muammolariga, pedagogika oliy o'quv yurtlarida va universitet- larida o‘qituvchi kadrlar tayyoriash samaradorhgini oshirishga qaratilgan edi. Shuningdek, u Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlarini o£rganish, ilmiy ishlarda boy merosdan foydalanishga, «Yangi turdagi o‘quv yurtlari — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishning psixologik muammolari» va Oliy pedagogik o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etishning ilmiy asoslariga e’tibor qaratdi va bu sohada ko‘plab izlanishlar qilindi, darsliklar, qo£llanmalar, ilmiy, ommabop maqolalar chop etildi. M.G. Davletshin psixologiya fanlar doktori (1971), professor (1972), 0£zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Nizomiy nomli TDPU Psixologiya kafedrasi mudiri, 270 ga yaqin ilmiy maqolalar mualli- fi, 50 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyasining ilmiy rahbari, ko‘plab doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslahatchi bo‘ldi, Uning ilmiy ishlari ichida: «5—7-sinf o'quvchilarida texnik qiziqislilarini shakllantirish» (1956), «Qiziqish va ta’lim» (1962), «Maktab o‘quvchilarining texnika qobiliyati psixologiyasi» (1971), «Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya» (0‘quv qo‘llanma (1974), «Qobiliyatlar va uning diagnostikasi» (1979), «Kasb tanlash» (1986), «Zamonaviy maktab o£qituvchisi psixologiyasi» (2000), «Umumiy psixologiya» (2000), «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» (2004) kabi o‘quv-metodik qo‘llanma va ilmiy maqolalari psixologiya fanining ravnaqida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iste’dodli olim, Oczbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.G. Davletshin O'zbekistonda psixologiya fanining o'qitilishini ta- komillashtirish, uzluksiz ta’hm jarayonida pedinstitut va universitetlar uchun o‘qituvchilar tayyorlashning psixologik masalalari, umumiy va pedagogik psixologiya Oliy pedagogika o‘quv yurtlarining o£quv jarayoniga pedagogik texnologiyalami tatbiq etishning ilmiy asoslari maktablarga psixologik xizmat ко'rsatishning ilmiy metodologik asoslariga bag‘ishlangan ko'plab anjumanlaming tashkilotchisidir. Bu O'zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi birlasligan psixologiya fanlari bo‘yicha ilmiy da raj a beradigan Ixtisoslash- tirilgan Kengash a’zosidir.
Psixologiya fanining taraqqiyotida M.X. Rahmonovaning roli ham muhimdir. Olima ta’lim jarayonida diqqatning roli, o4quvchilar diqqatini dars jarayonida barqarorlashtirish, o‘quvchilar diqqatining individual xususiyatlari kabi masalalarni keng yoritib berdi. M.X. Rahmonovaning «Ta’limda diqqatning roli» (1963), «0‘qish darslarida birinchi sinf o‘quvchilari diqqatining barqarorligi» (1969), «0‘quvchilar diqqatining ba’zi individual xususiyatlari» (1971) kabi ilmiy maqolalari ta’lim jarayonida o‘quvchilar diqqatini tashkil etishda asosiy manba boclib xizmat qiladi. Keyinchalik u «Psixologiya kursida ko'rsatmalilik» (1981), «Oilaga sovg‘a» (1996) kabi ilmiy ishlarini chop ettirdi. Uni qo'rqoq bolalarning ruhiyati, aql-zakovati, diqqat-e’tibor sohalari qiziqtirib, u hozirgi kunda shu soha- larda kuzatish, tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
R.Sh. Karimova ayniqsa, maktabgacha bolalami ona tili egallashning psixologik xususiyatlami aniqlash, o‘smi flaming o‘quv jamoasida o'zaro munosabatiarini shakllantirish masalalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Uning «Основные элементы грамматического строя родного языка как путь развития мышления детей старшего дошкольного возраста» (1959), «Учет индивидуальных различий детей при обучении их родному языки в детских садах» (1971), «Изучение взаимоотношений подростков и их формирования» (1985) kabi maqolalari hozirgi kunda ham o‘z qiymatini yo'qotmagan.
Shuningdek, yosh psixologiyasida M.A. Muzaffarov «0‘smir yoshlar- ning tasavvur qilish asoslari» (80 dan ortiq ilmiy maqola), B. Mamajonovning «Umumiy psixologiyadan amaliy mashg'ulotlar», «Psixika hodisalari haqida», «Bolalarda ijobiy va salbiy ertak personajlari haqida tasavvurlarni shakllantirish jarayonini psixologik tadqiq qilish» kabi, V.P. Ivanovaning «Умственная деятелъност учащихся при написании диктанта» (1962), «Факторы обеспечивающие воспризведение в умственной деятельности учащихся» (1977), X. G‘ofurovaning xotira va uning xususiyatlari, umumta’lim maktablarida 0‘quvchilarda tasawurlaming shakllanishi, ularni so‘z bilan tasvirlash hamda rasm darslarini ularning shakllanishiga ta’siri haqidagi maqolalari, S. Rahimovning «Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlari», A. Saydullayevning o‘quvchilarni fan, texnika, san’at, shaxslararo munosabatlar, xayolning rivojlanishiga bag‘ishlangan qator maqolalari, F. Temurovning o‘quvchilarni kasbiy qiziqishlarini kasbga yo£naiish, individual yondashishi, kasbiy qiziqishlarini aniqlash kabi qator ilmiy maqola va to‘plamlari chop etildi. F. Temurov bilan bir vaqtda faoliyat ko‘rsatgan N. Negmatov ham o‘zining ijodiy izlanishlarini tafakkur jarayoniga bag‘ishladi. U tafakkur va uning jarayonlarini tadqiq qilish,
sinfdan boshlab o‘quvchilarda umumJashtirish faoliyatning rivojlanishi bo‘yicha longityud tadqiqotlarini amalga oshirdi. Oliy maktabda psixologiya fanlarini o‘qitish masalalariga katta e’tibor berdi.
Q. Turg‘unov esa respublikada birinchilardan bolib, mehnat psixologiyasi sohasiga asos soldi. U mehnat jarayonida biJim, koliikma va malakalarning shakllanishini to‘qimachilik jarayonida olgandi va tajribaga asoslanib, to‘quvchilikning psixologik asoslarini yoritib berdi. Muallif «Развитие производственных навыков у учащихся» (1963), «Вопросы о понятии «умение» и «навык» в психологии» (1964), «Анализ маршрутного умения ирядилщитс и проблемы производителности труда» (Экономика и жизни, 1967 г., №1), «К проблемам умений и навыков» (1964) kabi ilmiy ishlari chop etildi, ayniqsa, uning «Psixologiya terminlarining ruscha— o‘zbekcha lug'ati» psixologiya fanini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat talimi psixologiyasining rivojlanishida N. Yaxyarov o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatlami shakllantirish ma- salasida ko‘pgina ilmiy maqolalar chop ettirdi.
0‘zbekistonda psixologiya fanining taraqqiyotida professor (1985) M.V. Vohidovning ham o‘rni bor. Muallifning asosiy tadqiqot sohasi o'quvchilarning o‘quv faoliyatida mnemik jarayonlarni olganishga baglshlangan edi. Shuningdek, u 0‘zbekistonda psixologik fikriarning rivojlanishi tarixi, bolalaming psixologik xususiyatlari ni keng miqyosda o'rgandi. 0‘zining ko'p yillik tajribalariga suyanib, 1981-yili «Psixologiya» darsligini yaratdi. Bu darslik bolalar psixologiyasi bobida ham hozirgi kunda pedagogika oliy o‘quv yurtlari va pedagogika kolleji talabalarining asosiy qocllanmalaridan biridir.
Yosh va pedagogik psixologiya sohasida P.I. Ivanovning shogirdlaridan biri M. Zufarova «7 yoshli bolalami psixologik tomondan maktab talimiga tayyoriash» masalasini ilmiy tajribalar asosida yoritib bergan. U «6 yoshli iqtidorli bolalarni maktab talimini egallashdagi psixologik imkoniyatlari», ularda bilish jarayonlarini shakllanishi xususiyatlari, talabalarni pedagogik faoliyatga psixologik tayyoriash, pedagogik amaliyot bo£yicha talabalarga metodik amaliy yordam, «Insonlarda o‘z-o‘ziga munosabatni tarkib topti- rish», «Psixologiyadan kurs ishlarini yozishga doir uslubiy ko'rsatmalar», «Yosh va pedagogik psixologiyadan laboratoriya mashg£ulotlari va amali- yotda talabalarga uslubiy yordam», «Umumiy psixologiyadan asosiy tushunchalarning tematik izohli lug‘ati va o‘quv-uslubiy ishlanmalar», «Bolalar psixologiyasining muammolari», «Pedagogik psixologiya», «Amaliy psixolog va uning vazifalari» kabi o'quv qo‘llanmalarini chop ettirdi. U 100 ga yaqin ilmiy, uslubiy maqolalar muallifidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin O'zbekistonda psixologiya fanining rivojida keskin burilish yuz berdi. Hozirgi kunda ko‘plab fan nom- zodlari bilan birga fan doktorlari, professorlar faollik ko'rsata boshladilar.
Jumladan, G\ Shoumarov (1990-yiIda fan doktori, 1993-yiii professor) differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, oila psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, psixodiagnostika, o‘zbek oilasining ijtimoiiy psixologik, etnopslxologik xususiyatlari masalasini o^ganishga katta e’tibor berdi. Respublikada psixologik xizmat ko‘rsatishni taslikil qilish, yosh va pedagogik psixologiya, boshqaruv psixologiyasini yoritishga oid darsliklar, o'quv qo‘ljanmalari, ilmiy-amaliy maqolalar yaratdi. Jumladan: «Возможности применения адаптированного варианта методики Векслера для диагностик задержки психического развития» (Сб. Научных трудов НИИ Психиотрии М3. РСФСР. — М., 1978), «О проблемах совершествования психологической диагностики в школе» (В кн.: Психологическая служба в школе. Tallin, 1983), «Влияние психологических особенности узбекской семи на воспитание молодежи” 1986, “Muhabbat va oila» (—Т., Ibn Sino, 1994), «Реализация Национальной программе по подготовке кадров в Узбекистане», «Sito». (Tokio, 1998), «Oila psixologiyasi». Akadcmiklitsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. (—'Toshkent, Sharq. 2000), «1001 savolga psixologning 1001 javobi» (—Т., Mehnat. 2000) va boshqalar.
U 20 ga yaqin fan nomzodi va bir necha fan doktorlari tayyorladi.
E. G'oziyev (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1994-yilda professor), ta’lim jarayonida o'quvchilar tafakkurining olishi, o‘quvchilami umum- lashtirish usullariga o'rgatish va ularning aqliy taraqqiyoti, o'quv faoliyatini boshqarish, tafakkur, xotira, shaxs, psixologiyasi masalalari, bilish nazariya- sining psixologik muammolari, komil insonni tarbiyalashning psixologik asoslari kabi masalalami yoritishga e’tibor berdi, Uning «0‘quvchilar o‘quv faoliyatini boshqarish» (1988), «Oila etikasi va psixologiyasi» (1992), «Psixologiya» (1999), «Tafakkur», «Xotira», «Sims», «Umumiy psixologiya» (psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. I — II kitob. — Т., 2002), «Faoliyat va xulq- atvor motivatsiyasi» (2003), «Psixologiyada mukammal lug‘at tuzish xususiyatlari» (2005) nomli qoMIanmalari ko‘p sonli talabalarning asosiy o‘quv qollanmasi bolib xizmat qilmoqda.
R.Z.Gaynutdinov (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1997-yiidan professor) «Психология управления в органах внутренних дел» (o'quv qo‘lianma, 2001), «Психологические особенности несовершеннолетних и их учет при допросе» (—Т., 2000), «Самосознание и саморегуляции учителя» (o‘quv metodik qo'llanma, 1991), «Учителыо о психологии воспитания» (1994) kabi ko‘plab dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy, uslubiy maqolalar chop ettirdi.
Shuningdek, psixologiya fanlari doktori (1992), professor (1996) A.Tokareva ilmiy-pedagogik faoliyati davomida shaxsning axloqiy rivojla- nishi masalalari, turli xil yosh davrlarda shaxs axloqiy qobiliyatlarining shaklla- nishi asoslari, komandalik taktiga mutaxassislami tayyoriash jarayonini opti- mallashtirislining psixologik-pedagogiktomonlariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi va bu sohada ko‘pgina ilmiy maqola va qo'llanmalar nashr qilindi.
Ozbek xalqining xotin-qizlari ichida birinchi marta psixologiya fanlari doktori (1994) ilmiy darajasi ni olgan farg‘onalik ayoi V. Karimova ham 0‘zbekistonda psixologiya fanining ravnaqiga katta hissa qo'shmoqda. Uning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida etnopsixologikg‘oyalar katta o‘rin oldi. U o‘zbek xalqining milliy an’analari, qadriyatlari, rasm-rusumlari psixologiyasi, o‘zbek ayolining ijtimoiy mavqeini oshirish, ulami keng xalq ommasiga singdirish bo£yicha ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda. Uning yangi o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘quv qollanmalarni qayta ко‘rib chiqish va milliy istiqlol maf- kurasi konsepsiyasini ishlab chiqishdagi, oila va mahalla tizimidagi g‘ova la mi xalq ongiga singdirish haqidagi izlanishiari maqsadga muvofiqdir.
Olimaning «0‘zbek ayoli shaxsining shakllanishi» (1986), «Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot» (1999), «Tashkiliy xulq» (1999), «Mustaqil fikrlash» (2000), «Psixologiya» (2000), «Salomatlik psixologiyasi» kabi o‘quv qo‘llanmalaridan pedagogika oliygohlarimng o‘qituvchi va talabalari keng foydalanmoqdalar.
Iste’dodli psixolog B.R. Qodirov (psixologiya fanlari doktori, professor) o‘zining ijodiy faoliyatini iqtidorli yoshlarni o'rganishga baglshladi. U diflerensial psixologiya sohasida yoshlarning individual xususiyatlarini oigandi. Yoslilarda ijtimoiy qiymatga ega bolgan o'quvchilarning faoliyat yo‘nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarining miya mexanizmlari o‘iganildi. Yoshlarni u yoki bu ijtimoiy faoliyat yo'nalishlarini tanlashlari elektroensefalografik usullar bilan neyrofiziologik jihatlari tadqiq qilindi. Olingan ma’lumotlar miya faoliyatida kasb tanlash, kasbga moyillik va layoqat turlarini ta’minlab turadigan muqobil neyrofiziologik xislatlar bor- ligini isbot etdi. Zehn testlari majmuasi shakllantirildi.
Z. Qodirova (2001-yilda fan doktori) yoshlarning ijtimoiy faolligini, ularning ijtimoiy muhitga moslashuvini tezJashtiruvchi omiHar va ularning daraja tuziimasini aniqlash, faollikning rolini talqin qilish, ya’ni jamiyat yaratishda yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonidagi faollik, shaxs ichki dunyosi muammolarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilish masalalari bo‘yicha faollik ko‘rsatmoqda.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, ya’ni psixologiya fani O'zbekistonda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli jabhalarda rivojlandi. Psixologiyaning turli sohalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 0‘zbekiston Respublikasi psixologlar assotsiatsiyasi tashkil topdi.
Hah psixologiya fanining turli sohalarida yoritilmagan, yetarli ilmiy jihatdan o‘rganilmagan muammolar juda ko‘p. Ulami o‘rganish respub- likamiz psixologlarining asosiy vazifalaridir
.S
MUNDARIJA
3
o /hoshi
BIRINCHI QISM PSIXOLOGIYANING UMUMIY MASALALARI
Z.J 1
UMUMIY PSIXOLOGIYA 2
BIRINCHI QISM PSIXOLOGIYANING UMUMIY MASALALARI 11
PSIXOLOGIYA NIMA HAQIDA BAHS YURITADI? PSIXOLOGIYANING AHAMIYATI YA METODLARI I. PSIXOLOGIYA NIMA HAQIDA BAHS YURITADI? 11
3 3 i (iNV.^ IQlOf(—J 5
Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkur va nutqning fiziologik asosidir. Ikkinchi signal sistemasi, birinchi signal sistemasi bilan o‘zaro ta’sir etar ekan, tafakkur faoliyati kuzatish, logik xotira, his va iroda bilan chambarchas bog'langan funksiyalarning ham fiziologik asosidir.Ill bob. PSIXIKANING TARAQQIYOTI 16
I. HAYVONLAR PSIXIKASI 17
Ill- ODAM ONGINING YOSHGA QARAB 0‘SISHI 17
IV. SHAXS 10
Yuqorida aytilganlardan, shaxsning mohiyati faqat yuqorida ko‘rsatilgan psixik belgilardan iborat ekan, degan ma'no chiqmaydi. Shaxsning tarkibiy qismi odam organizmi — gavdasidir. Odamni shaxs deb aytganimizda umuman odamni — uning ongi va oiganizmini nazarda tutamiz.IKKINCHI QISM BILISH PSIXIK JARAYONLARI 1
IVbob. SEZGILAR 1
I. SEZGILAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 1
KO‘R DOG‘NI TOPISH USULI 1
III. SEZGILAR SOHASIDAGI BA’ZI BIR QONUNIYATLAR Sezgilarning hosil bo‘lish tezligi va davom etish muddati 10
4. BILISHDA SEZGILARNING AHAMIYATI 4
Vbob. IDROK 15
I.IDROK TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA 15
III.IDROKNING FAOLLIGI УА KUZATISH 25
IV.APPERSEPSIYA 31
V.FAZONI IDROK QILISH 38
VI.VAQTNI IDROK QILISH 57
VII.HARAKATNI IDROK QILISH 64
VIII.IDROKNING KONSTANTLIGI 67
IX.ILLUZIYALAR 72
X.IDROKNING SIFATLARI 77
XI.IDROKNING 0‘S1SHI 83
VIbob. XOTIRA 97
I.XOTIRA TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA 97
II.ESDA OLIB QOLISH 101
III.ESGA TUSHIRISH VA UNING XILLARI 139
V.XOTIRA TASAWURLARI Tasawur va idrok 169
VI. XOTIRADAGI INDIVIDUAL FARQLAR (XOTIRA TIPLARI) 179
VIII. XOTIRANING 0‘SISHI 188
VII.bob. XAYOL (FANTAZIYA) 199
I.XAYOL TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA 199
II.XAYOL QILISH JARAYONI 202
III.XAYOL TURLARI 216
VI.XAYOLNING 0‘SISHI 243
VIII.bob. TAFAKKUR 257
II.FIKR YURITISH OPERATSIYALARI 266
III.HUKM VA XULOSA CHIQARISH 283
IV.TUSHUNCHA 308
V.TAFAKKUR TURLARI 321
VI.TAFAKKUR VA BOSHQA PSIXIK JARAYONLAR 361
VII.TAFAKKURNING SIFATLARI 371
VIII.TAFAKKURNING 0‘SISHI 381
IX.bob. NUTQ 403
I.NUTQ TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA 403
III.TIL VA NUTQNING TUZILISHI 422
IV.NUTQNING ANATOMIK-FIZIOLOGIK ASOSLARI 434
X.bob. DIQQAT 492
XIbob. HISSIYOT (EMOTSIYA) 554
SHAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI 823
.TO‘RTINCHI QISM 979
P
;UMUMIY PSIXOLOGIYA
Musharraf Egamberdiycvna ZUFAROVA
edagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik
0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 100029, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy. Tel: 236-55-79; faks: 239-88-61.
Nashr uchun mas’ul
Do'stlaringiz bilan baham: |