tug'ilgan chaqaloqlarda va keksa kishilarda bu burchak o'tm as
bo‘ladi. O 'rta yoshlarda to ‘g ‘ri burchak shaklida b o ‘ladi.
Pastki
jag‘ suyagi shoxining tashqi qismi
burchak yaqinida notekis
bo‘lib, unga chaynov mushagi birikadi. Ichki yuzasida deyarli
o‘rta kenglikda pastki jag‘ teshigida (foramen mandibulare) joy-
lashgan. Pastki jag‘ suyagining kovak m oddasida nerv tom ir
tutami joylashgan. U pastki jag ‘ teshigidan
pastga va oldinga
yo‘nalib, keyin gorizontal holda iyak teshigiga qarab boradi. Pa-
stki jag‘ suyagi shoxlari yarimoysimon tarzda ikki o ‘sim ta hosil
qilib tugaydi. Oldingi o ‘simtasi — processus coronoideus deb
ataladi. Unga chakka mushagi birikadi. Orqa o ‘simtasi — bo‘g‘im
o ‘simtasi processus condylaris deb ataladi. U b o ‘g‘im bo‘yni va
boshchasi bilan tugallanadi (12-rasm). Bo‘g‘im borligi sababli
pastki jag‘ jud a harakatchan va bir necha kg kuch ta ’siriga chi-
daydi. Bu suyakning ham qattiqligi unda kompakt (zich) modda
birligi bilan belgilanadi. Suyak ham m a joyda bir xil qattiq emas,
albatta, shu sababli pastki jag‘ suyagi
shikastlarida sinish har
xil ko‘rinishda bo ‘ladi. Qoziq tish katakchasi sohasi sinishlari
ko‘p, jag‘ o ‘rta qismining sinishlari juda kam uchraydi. (13-
rasm.A,B.).
CHAKKA-PASTKl JAG‘ BO‘G‘IM l - ARTICULATIO
TEMPOROMANDIBULARIS
Bu bo‘g‘im murakkab silindrsimon bo‘g‘im hisoblanadi. Pastki
jag‘ suyagi shoxi orqa o ‘simtasining bo‘g‘im boshchasi va chakka
suyagi bo‘g‘im chuqurchasi orasida chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi
hosil bo'ladi (14-rasm). Bo‘g‘im boshchasi tog‘ay to ‘qima bilan
qoplangan. Uning yuqori oldingi qismigina bo‘g‘im hosil bolishida
ishtirok etadi.
Bo‘g‘im boshchasi ellipssim on sh a k ld a b o ‘lib, oldindan
bo‘g‘im do‘mbog‘ining
orqa yuzasi bilan, orqadan tashqi eshi-
tuv yo‘li devori bilan, yuqoridan miya o ‘rta chuqurchasining
tubi bilan, ichkaridan (medial) qanotsim on o'sim ta va tashqari-
dan (laterial) yonoq suyagi orqa oyoqchasi bilan chegaralangan.
Bo‘g ‘im ichi m in k sim o n to g 'a y o rq ali
ikkita b ir-b irig a
qo'shilmaydigan qismga ajralgan bo‘lib, tog‘ay chetlari bo‘g‘im
xaltasi bilan bitib ketgan bo'ladi. Bo‘g‘im diski qalinligi o'nta
qismida 1—2 mm, oldida 2—3 mm, orqada 3—4 mm ni tashkil
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiladi. Diskning ikki chetiga tashqi qanotsimon mushak birikkan.
Disk chaynash vaqtida bosim kuchini pasaytimvchi rolni o ‘ynaydi.
Bo‘g‘im xaltasi ancha keng va chakka jag‘ boylami yordamida
suyaklarga mahkamlangan. Bo‘g‘im harakatiga ponasimon pastki
jag‘ Va lunj pastki jag‘ boylamlari ham yordam berib turadi.
Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi asosan vertikal
hamda yuqoriga
va pastga harakat qiladi. Qisman gorizontal bo‘ylab — yon to-
monga, oldinga, orqaga ham harakatlanadi. Og‘iz yopiq bo‘lganda
bo‘g‘im boshchasi bo‘g‘im o'simtasi orqasida joylashgan bo‘ladi.
Pastki jag‘ni pastga tushirganda harakat dastlab bo‘g‘imning pastki
qismida boshlanadi. Og‘izni keng ochganda (esnaganda) bo‘g‘im
diski siljib bo‘g‘im burchagi boshchasi bo ‘g‘im do‘mbog‘i oldiga
o ‘tadi. Natijada pastki jag‘ chiqadi.
Pastki jag‘ suyagi bo ‘g‘imdan orqaga siljisa, og‘iz
yopiq
bo‘ladi, jag‘ suyagi orqaga siljiydi. Jag‘ suyagi bo‘g‘imdan oldinga
siljisa, og‘iz ochiq bo‘ladi. Agar bo ‘g‘im kapsulasi cho'zilgan
bo‘lsa, jag‘ chiqishi oddiy tus oladi. Jag‘ suyagi ichkari yoki
tashqari tomon bo‘g‘im o'simtasining bo‘yni singan paytda siljiydi.
Pastki jag‘ bo‘g‘imi qon bilan o ‘zining chuqur arteriyasi (a.
aurticularis profunda) orqali ta’minlanadi. Limfa suyuqlig‘i yuza
va chuqur quloq oldi limfa tugunlariga yig'iladi. Sohaning nerv
innervatsiyasi quloq-chakka va chaynov nerv tarmoqlari
hamda
yuz-chakkaning yuza nerv tutamlari orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: