Asinxron motorlar rotorining konstrusiyasiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: faza rotorli va qisqa tutashgan rotorli. Faza rotorli motorlar rotorida taqsimlangan 3 fazali chulg‘am bo‘ladi. Ular odatda «yulduz» ulanadi. Chulg‘am uchlari kontakt xalqalariga ulanadi. Bu xalqalar orqali rotorning elektr zanjirlari uchlari mashinadan chiqarilib yurgazish qarshiliklariga ulanadi. Qisqa tutashgan rotorli motorlarda chulg‘am sterjen ko‘rinishida bajarilib, rotor ikki tomonidan xalqalar bilan qisqa tutashtirib mahkamlanadi. Rotordagi bu sterjenlarni uch fazali qisqa tutashtirilgan chulg‘am sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Asinxron motordagi elektromagnit moment M statordagi aylanuvchi magnit maydoni F, hamda rotor tokini tashkil qiluvchisi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida xosil bo‘ladi.
M=3kФI2a (3.4)
Rotor toki E2elektr yurituvchi kuch xisobiga paydo bo‘ladi. Bu elektr yurituvchi kuch rotorda aylanayotgan magnit maydoni orqali induksiyalanadi. Rotor siljimay turganda asinxron motor qisqa tutashgan chulg‘amli transfarmator sifatida yoki yurgazish qarshiligi bilan yuklangan transfarmator sifatida ishlaydi. Aylanmay turgan rotor chulg‘amlarida hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuch faza nominal elektr yurituvchi kuchi deyiladi (E2n). Bu elektr yurituvchi kuch taxminan statorning faza kuchlanishining transformatsiya koeffitsientiga bo‘linganiga teng bo‘ladi:
E2n=U1/kt (3.5)
Aylanayotgan motor rotoridagi elektr yurituvchi kuch E2qiymati hamda bu E.Yu.K. chastotasi f2(demak rotordagi tok chastotasi ham) aylanayotgan magnit maydonining chulg‘am simlarini kesib o‘tish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi (qisqa tutashgan rotorli motorda - sterjenlarni). Bu chastota stator maydoni tezligi 0va rotor maydoni tezdigi farqi bilan aniqlanadi. Bu farq absolyut sirpanish deb aytiladi
sabs.= 0– (3.6)
Muayyan chastotali (50 Gts) kuchlanish tarmog‘iga ulangan asinxron motor ish rejimini tahlil qilishda odatda nisbiy sirpanish kattaligidan foydalaniladi:
s= (3.7)
Motor rotori aylanmay turganda S=1 ga teng bo‘ladi. Motor harakat rejimida ishlaganda E.Yu.K. ning eng katta qiymati aylanmay turgan rotorda bo‘ladi (E2n); tezlik oshib borgan sari E2E.Yu.K. kamayib boradi:
E2=E2n*s (3.8)
Xuddi shuningdek, rotor E.Yu.K. va tokining chastotasi f2, rotor aylanmay
turganda stator toki chastotasi f1 ga teng bo‘ladi, va tezlik oshib borishi bilan sirpanishga proportsional ravishda kamayib boradi.
f2 = f1*s. (3.9)
Nominal rejimda rotor tezligi maydon tezligidan kam farq qiladi va nominal sirpanish 1.5 dan 200 kW gacha quvvatga ega bo‘lgan umumiy motorlar uchun bor-yo‘g‘i 2-3 % ni tashkil qiladi, katta quvvatli motorlar uchun esa 1% . Mos ravishda nominal rejimda rotor E.Yu.K. , s=1 bo‘lgandagi nominal E.Yu.K. dan 1- 3 %ini tashkil qiladi. Rotor toki chastotasi nominal rejimda bor yo‘g‘i 0.5-1.5 Gts bo‘ladi. S=0 bo‘lganda, ya’ni rotor tezligi maydon tezligiga teng bo‘lganda, E2rotor E.Yu.K. i hamda I2rotor toki nolga teng bo‘ladi. Bunday rejim ideal erkin aylanish rejimi deyiladi.
E.Yu.K. chastotasi va rotor tokining sirpanishiga bog‘liqligi asinxron motor mexanik xarakteristikalarining o‘ziga hosligini aniqlaydi.