3.Umumiy ma‘lumotlar. SSSRda sanoat o‘zgaruvchan tokining chastotasi sekundiga 50 davrga teng (50 gts). Payvandlash transformatorlari elektr tarmog‘ining yuqori (220 yoki 380 v) kuchlanishini ikkilamchi elektr zanjirining payvandlash uchun kerak bo‘lgan past kuchlanishga aylantirib beradi, payvandlash kuchlanishi payvandlash yoyining paydo bo‘lishi va turg‘un yonishi uchun kerak bo‘lgan sharoitlar bilan aniqlanadi. Payvandlash transformatorining salt yurishidagi (payvandlash zanjirida nagruzka bo‘lmaganda) ikkilamchi kuchlanish 60—75 v ni tashkil qiladi. Kuchsiz toklarda (60—100 a) payvandlashda yoy barqaror yonishi uchun salg yurish kuchlanishi 70—80 v bo‘lishi etarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |