- rasm. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni ulash sxemalari. kontaktli yurg‘izgich; b) tiristorli yurg‘izgich bilan.
Yurituvchi elektr motorning asosiy ish rejimiga tegishli bo‘lgan nominal ma’lumotlar qiymatlari rostlanmaydigan elektr yuritmaning asosiy harakteristikasi hisoblanadi. Yuritma nominal quvvati uzoq muddatli ishlash rejimida yoki berilgan boshqa ish rejimida ishlaganidagi qizish shartiga asosan hisoblangan motor validagi quvvat ko‘rinishida aniqlanadi. Nominal berilgan parametrlarga
manbadagi kuchlanish va chastota, aylanish tezligi, chulg‘amlardagi tok, foydali ish koeffitsienti va COS φ kabi nominal ish rejimi ko‘rsatkichlar ham kiradi.
Asinxron motorlarning elektrmexanik xususiyatlari
Asinxron motorni ishlash prinsipi
- rasm. Asinxron motorning faza chulg‘amlari chizmasi
Sanoatda, qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan elektr motorlari ichida eng keng ko‘lamda qo‘llaniladigani asinxron motorlardir. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi asosiy vosita shular deyishimiz mumkin. Asinxron motor uch fazali o‘zgaruvchan tokli induktsion elektrik mashinadir. Motor statorida o‘zaro 1200 burchak ostida joylashtirilgan uchta chulg‘am bo‘ladi. (3.2 - rasm. a). 3.2 a - rasmda ko‘rsatilganidek 2 Pp=2 bo‘lsa chulg‘amlar 1200 ga, agar qutb juftlari (Pp) kop bo‘lsa, chulg‘amlar orasidagi burchak 1200/ Rp ni tashkil qiladi.
Asinxron motor statori faza chulg‘amlari ikki usulda, yulduz (3.2 - rasm. b ) hamda uchburchak (3.2 - rasm. c) usulda ulanadi. Odatda o‘rta va kam quvvatli asinxron motorlari 380/220v nominal kuchlanish uchun loyixalanadi. Bunda manba kuchlanishi 380 V bo‘lsa, chulg‘amlar yulduzcha usulida, agar manba kuchlanishi 220V bo‘lsa chulg‘amlar uchburchak(∆)usulda ulanadi. Har ikkala holatda ham motor statorining faza chulg‘amiga berilayotgan kuchlanish 220Vni tashkil qiladi.
Asinxron motorning ishlash prinsipi statorda elektr magnit maydonini tashkil qilishga asoslangan. Chulg‘amlarning 1200/ Pp gradusga siljitilganligi tufayli hamda uchala kuchlanish fazasining vaqtinchalik siljishi tufayli. (Ua, Ub va Uc kuchlanish fazalari 120 elektrik gradus, ya’ni 2π/3 radianga siljigan) motor chulg‘amlaridagi toklar natijasida hosil qilinadigan magnit yurituvchi kuchlar umumiy vektori F̅ stator aylanasi bo‘ylab quyidagi tezlik bilan ravon ko‘chib boradi.
0 = , (3.3)
bunda: f1- stator sinusoidal tok chastotasi
rn- mashina qutb juftliklari soni
Havo tirqishlari teng, mashina simmetrik va stator chulg‘amlari teng taqsimlanganligi uchun magnit yurituvchi kuch (MYuK) magnit oqimini hosil qiladi. Bu magnit oqimi umumiy vektori fazoda ω0 tezlik bilan aylanadi. Stator chulg‘amida aylanayotgan magnit maydoni hosil bo‘lish prinsipini 3.3 - rasmda kuzatishimiz mumkin. 3.3 - rasm a da 3 fazali toklar tizimi epyurasi keltirilgan (a, b, c faza chulg‘amlaridagi ω*t=2πf,*t vaqtga bog‘liq bo‘lgan toklarning oniy qiymati) t1 vaqtdagi statordagi magnit yurituvchi kuchlar umumiy vektorining fazodagi holatini ko‘rib chiqamiz.
F1 = a1+ + (ῑa + ῑb + ῑc)w.
a chulg‘amning magnit yuritish kuchi vektori F̅ a1 “a” oqi bo‘yicha musbat yo‘nalishda yo‘nalgan 0,5 Ja.max ga teng bo‘ladi. Bu b; c chulg‘ami magnit yuritish kuchi vekt ori “c” oqi bo‘yicha musbat yo‘nalishda yo‘nalgan va 0,5 Ja.max ga teng. F̅ a1+F̅ c1 vektorlar yig‘indisi «b» bo‘yicha manfiy yo‘nalishda yo‘nalgan; bu yig‘indidan “b” chulg‘ami magnit yuritish vektori xosil bo‘ladi va u Jv.max ga teng bo‘ladi. Bu vektorlar yig‘indisi fazoviy F̅ 1 vektorni xosil qiladi; F̅ vektor 3.3 - rasm b da ko‘rsatilgan fazoviy holatni egallaydi va qiymati 3/2 Jmax ga teng bo‘ladi.
3.3 - rasm. Aylanuvchan elektrmagnit maydon hosil bo‘lishi
= vaqt o‘tgandan keyin (50 Gts chastota bo‘lganda 1/300 s dan keyin) t2“a” chulg‘amaning m.yu.k vektori Fa2 maksimal musbat qiymatga ega bo‘ladi, “b” va “c” chulg‘amlarining m.yu.k vektori esa yarim manfiy qiymatga ega bo‘ladi. F2 umumiy vektor bu paytda 3.3 b - rasmda ko‘rsatilganidek F boshlang‘ich holatiga nisbatan 600 fazoviy burchakka soat mili bo‘yicha siljiydi.
Xulosa qilish mumkinki, t3 vaqt paytida stator chulg‘amlaridagi m.yu.k vektorlari F3 holatga o‘tadi, ya‘ni soat mili bo‘yicha siljishni davom ettiradi. Manba kuchlanish vaqti davomida m.yu.k umumiy vektori F soat mili bo‘yicha F4 , F5 , F6 holatlarni egallagan holatda to‘liq aylanib chiqadi.
Kuchlanish fazalarini ulash ketma-ketligini o‘zgartirganda (masalan 3.2 - rasm b, c dagi b va c fazalari almashtirilsa), magnit oqimi umumiy vektori teskari yo‘nalishga o‘zgaradi, ya’ni stator chulg‘amida toklar yordamida xosil qilinayotgan magnit maydoni aylanishi o‘zgarishiga o‘quvchi ozi ishonch xosil qilishi mumkin .
Agar motor qutb juftliklari soni 1dan ko‘p bo‘lsa stator aylanasi bo‘ylab joylashgan chulg‘amlar soni ko‘payadi. Ya’ni , agar qutb juftliklari soni Pn =2 bo‘lsa, barcha faza chulg‘amlari aylananing birinchi yarmida hamda ikkinchi yarmida alohida tarzda 3 tadan joylashadi. Bu holda stator magnitli xarakat kuchi vektori F̅ bir kuchlanish davrida aylanini yarim uzunligiga siljiydi, ya’ni 1800 ga buriladi va statorning magnit maydoni aylanish tezligi 2 marta kam bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda statorning magnit maydoni aylanish tezligi ω0 (yoki sinxron tezlik) mashina qutb juftliklariga teskari proporsionaldir. Bu qiymatlar 3.1 jadvalda keltirilgan.
Asinxron motorlar aylanish tezligining qutb juftliklari soniga bog‘liqligi
3.1 Javdal
Do'stlaringiz bilan baham: |