Mustaqil ish Mavzu
Mustaqil ish
Mavzu: Sinxron motorning qo’zg’atish toki mezonlarini rostlash usullari.
Bajardi: 5b-17 EEE guruh
Ibragimov Javohir
Qabul qildi: Xolmurodov M.
Navoiy – 2020-2021
Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator toʻkining chastotasi f=pn/60 nisbat orqali bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan tok mashinasi sinxron mashina deb ataladi.
Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotehnik poʻlat yaproqchalardan yegʻilgan boʻlib, silindrsimon yahlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali oʻzgaruvchan toʻk choʻlgʻamlari joylashtiriladi.
Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik husuiyatlariga ega. Sinxron mashinalar elektr gene-ratorlari, dvigatellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi.
Sinxron motorlarning qo’zg’atish toki
Asinxron motorlar singari, sinxron motorlarning statorida uch fazali chulg’ami bo’lib, rotorining po’lat o’zagiga qo’zg’atuvchi va qisqa tutashtirilgan chulg’am-lar joylashtirilgan bo’ladi. Qo’zg’atuvchi cho’lg’amga cho’tka va halqalar vositasida o’zgarmas tok berilib asosiy magnit maydon hosil qilinadi.
Qisqa tutashtirilgan chulg’am bilan esa sinxron motorini asinxron usulda ishga tushurish imkoni olinadi. Shunday qilib, bu motor statoriga ham uch fazali tok berilsa, n tezlik bilan aylanuvchi magnit maydoni hosil bo’ladi.
Agar bu paytda rotorning asosiy chulg’amiga o’zgarmas tok berilsa, uning magnit maydoni bilan statoridagi aylanuvchi magnit maydonining o’zaro tasiri natijasida sinxronlovchi moment hosil bo’ladi. Bu moment rotorni n sinxron tezlik bilan aylanishga majbur etadi. Bunda rotordagi o’zgarmas tokdan hosil bo’lgan magnit qutblari starorning aylanuvchi magnit qutblari bilan xuddi prujina kabi tortishib, rotorni tur-g’un sinxron tezlikda aylanishga majbur etadi.

Sinxron mashinalarning ish rejimlaridan bizga shu narsa malumki, elektr tarmoq bilan parallel ishlovchi sinxron reaktiv tokni, binobarin generatorning reaktiv nagruzkasini rostlash mumkin.
Juda katta quvvatli sinxron dvigatellarni elektr tarmog’iga to’g’ridan to’g’ri ulab ishga tushurish mumkin emas. Chunki agar dvigatelni tarmoqda ulan-gan lahzada rotorning uyg’otish toki nolga teng bo’lmasa, u holda statorning aylanuvchi magnit maydoni va rotorning qo’zg’almas magnit maydoni orasida moment vujudga keladi va u rotorni malum tomonga burishga harakat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar
A.S. Karimov, Elektrotexnika va elektronika asoslari, Toshkent “O’qituvchi” 1995-yil
Ibragimov U., “Elektr mashinalari”, kasb-hunar kollejlari uchun, 2001-yil.
Majidov S.M. “Elektr mashinalari va elektr yuritmalar” Toshkent “O’qituvchi” 2000-yil
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |