O‘zbеkiston rеspublikasi oliy
Elektr yuritma asoslari-darslik
Stator hamda ikkilamchi element orasidagi elektrmagnit bog‘lanishni kuchaytirish maqsadida, ikkilamchi element ikkita stator orasidagi chiziqli tirqishga joylashtiriladi yoki motor konstruksiyasi silindr shaklida bajariladi (7.5 - rasm). Motor slindr shaklida bo‘lganda uning statori trubka (1) ko‘rinishda bo‘lib, uning ichiga slindrik shaklda yig‘ilgan g‘altaklar (2) joylashtiriladi, ular stator chulg‘amlari bo‘ladi. G‘altaklar orasida ferromagnit halqalar (3) joylashtirilgan, ular magnit o‘tkazgichning bir qismi bo‘lib xizmat qiladi. Ikkilamchi element bo‘lgan shtok quvur shaklida bo‘lib ferromagnit materialdan yasalgan. Chiziqli asinxron motorlar teskari harakatli bo‘lishi ham mumkin, ya’ni ikkilamchi element qo‘zg‘almas qilib qotirilib, stator ilgarilanma xarakatga keladi. Bunday motorlar odatda transport vositalarida qo‘llaniladi. Bunda ikkilamchi element sifatida rels yoki maxsus tasmadan foydalaniladi, stator esa harakatlanuvchi aravachaga joylashtiriladi. Chiziqli asinxron motorlarning asosiy kamchiligi uning F.I.K.ning kichikligi, va unga asosan energiya yo‘qotilishining kattaligi, ayniqsa ikkilamchi elementda (sirpanish yo‘qotishlari). Oxirigi vaqtlarda asinxron motordan tashqari sinxron (ventilli) motorlar ham ishlatila boshladi. Ventilli motorning ishlash prinsipi 8 – bobda ko‘rib chiqilgan, va shu prinsip chiziqli motor uchun ham taalluqli bo‘ladi. Bunday motor konsturksiyasi 7.4 - rasmda ko‘rsatilgan konstruksiyaga o‘xshash bo‘ladi. Motor statori tekislikka yoyilgan, ikkilamchi elementda esa doimiy magnit joylashtirilgan. Ba’zida teskari variantlar ham qo‘llaniladi, ya’ni stator siljuvchan qismda joylashtirilib, rotor magnitlari tekislikka yoyiladi. Stator chulg‘amlarini qayta ulash magnitlarining nisbiy holatiga qarab amalga oshiriladi. Bu maqsadda konstruksiyada holat datchiklari ham nazarda tutiladi (4). (7.4 - rasm). Holatlanuvchi yuritmalar uchun chiziqli qadamli motorlar ham samarali qo‘llaniladi. Agar 7.3 - rasmda ko‘rsatilgan qadamli motor statorini tekislikka yoysak, va ikkilamchi element sifatida plastina shaklidagi tasmani qabul qilib, unda freza yordamida tishlar qo‘ysak, unda stator chulg‘amlarini mos ravishda qayta ulaganimizda ikkilamchi element ilgarilanma harakatga keladi va uning qadami juda kichik bo‘lib, millimetrning bo‘laklariga teng bo‘ladi. Bu motorlarda ko‘proq holatlarda ikkilamchi element qotirilgan teskari konstruksiya ishlatiladi. Chiziqli qadamli motorning tezligi tishli bo‘linma kattaligi τ, fazalar soni m, va qayta ulanish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi: V = τf / m. Bu motorlarda katta tezliklarni hosil qilish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki tishlar oralig‘i kattaligi va chastota kattaligini o‘zgartirish texnologik jixatdan murakkab hisoblanmaydi, chunki τ qiymat uchun minimal ko‘rsatkich cheklanadi, ya’ni tish bo‘linmasining stator va ikkilamchi element orasidagi masofa kattaligiga nisbati 10 dan kam bo‘lmasligi kerak. Diskret yuritmalarni qo‘llash nafaqat mexanizm konstruksiyasini soddalashtirishda, balki bir yuritma bilan ko‘p koordinatali harakatni hosil qilish imkonini ham beradi. Agar harakatlanuvchi qism statorida ikki xil chulg‘am tizimini ortogonal ravishda joylashtirsak, ikkilamchi elementda esa ikki o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishli ariqchalar yo‘nalsa, unda xarakatlanuvchi element ikki koordinata bo‘ylab, ya’ni tekislikda harakatlana oladi. Bu holatda harakatli element uchun tayanch konstruksiyasi muammo bo‘lib qoladi. Uni hal qilish uchun havo yostig‘i qo‘llanilishi mumkin. Chiziqli qadamli motorlar kichik tortuvchi (itaruvchi) kuchga ega bo‘lib, ularning F.I.K. lari ham kichik bo‘ladi. Shuning uchun ularni asosan yengil xarakatlanuvchi mexanizmlarda qo‘llaniladi. Bunday chiziqli motorlarni ishlatish murakkab tuzilishga ega bo‘lgan kinematik uzatmalardan voz kechish imkonini beradi. Download 10,37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |