- rasm. Rostlash tizimining o‘tish tavsifi
O‘tkinchi jarayoni vaqti tόj , Y- rostlanadigan parametr kiradigan vaqt va u Yvaz. qiymatlarining ruxsat etilgan og‘ishlar zonasida qoladi. Odatda elektr yuritma
tizimlarida bu zona rostlanadigan parametrning ±2% dan ±5% gacha qiymatni tashkil qiladi.
Berilgan tό qiymatgacha o‘sib borish vaqti – rostlanadigan Y parametrlar birinchi marta berilgan qiymatga erishish vaqtidir.
Qayta rostlash - maksimal rostlanadigan qiymatning
berilgan qiymatdan oshib ketish darajasini bildiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib % larda aniqlanadi.
O‘tkinchi jarayonining bu sifat ko‘rsatkichlari rostlanadigan tizimga pog‘onali boshqaruv yoki axborot ta’sirlari ko‘rsatilgan holatlarda asqotadi.
O‘tkinchi jarayonini hisoblash va taxlil qilish uchun o‘tish funksiyasini topish kerak. Ya’ni elektr yuritma parametrlarining (tezlik, moment, tok) vaqtga bog‘liqlik funksiyasini topish kerak.
O‘tkinchi funksiyalari differensial formulalar asosida tasvirlanadi. Differensial tenglamalar tartib darajasi inersionallik soni bilan aniqlanadi. Quyida yuritma uchun xos asosiy inersionalliklar keltirilgan.
Mexanik inersionlik kinetik energiyaning to‘planishi va qaytarilishi bilan bog‘liq; mexanik inersionlik kattaligi aylanma harakat uchun motor valiga keltirilgan inersiya momenti JΣ bilan aniqlanadi. O‘tkinchi jarayonini taxlil qilishda mexanik inersionlik vaqtining elektrmexanik doimiysi ko‘rinishida baholanadi
TM = , (8.1)
bu yerda: - elektr yuritma bikirligining absolyut qiymati (ishora inobatga olinmaydi).
Elektrmagnit inersionlik elektrmagnit maydonining energiya to‘plash va qaytarishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu inersionlik vaqtning elektrmagnit doimiysi bilan baxolanadi
Te = , (8.2)
Bu yerda Lva R – elektrmagnit tizimining induktivligi va aktiv qarishiligi.
Elektrostatik inersionlik elektrostatik maydonda energiyaning to‘planishi va qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kattalik. Bu inersionlik vaqtning elektrostatik doimiysi bilan baholanadi
Ts = RC, (8.3)
Bu yerda C – kondensator sig‘imi, R– zaryad- razryad zanjiri qarshiligi.
O‘tkinchi jarayonini taxlil qiluvchi fazaviy soxalar inersonliklari ham mavjud.
Agar inersionlik yo‘q yoki uning qiymati sezilarsiz darajada kichik deb qabul qilsak, o‘tish jarayoni bir laxzada yuz beradi. Real tizimlarda inrersionlikning mavjudligi o‘tish jarayonini cho‘zib yuboradi, chunki bu paytda turli ko‘rinishga ega bo‘lgan energiyani to‘planishi va keyingi bosqichga qaytarilishi yuz beradi, bu esa ma’lum bir vaqt oralig‘ini talab qiladi.
Agar energiya oqimi bir yo‘nalishli bo‘lsa, unda o‘tish jarayoni, qiymati bo‘yicha o‘zgarmas ta’sir qo‘yilganda, monoton xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, o‘zgarmas tok motori qo‘zg‘atish chulg‘amiga kuchlanish berilganda undagi tokning oshishi jarayoni, (8.2. a - rasm).
Chulg‘amga kuchlanish berilganda tokning vaqt bo‘yicha o‘sishi quyidagi defferensial tenglama bilan ifodalanadi:
U = iR + L ,
(8.2) formulani inobatga olganda bu ifoda quyidagi ko‘rinishni oladi:
Te + I = = Iturg . (8.4)
Bu yerda Iturg – qo‘zg‘atish tokining egallangan qiymati.
Operator shaklida, ya’ni differensiallash belgisi ni p operator bilan
almashtiramiz
i (Tep+1) = Iturg . (8.5)
bu tenglamani echimi quyidagicha bo‘ladi:
i= Iturg - (Iturg – Ibosh)e–t/ Te (8.6)
Ibosh= 0 bo‘lganda
-+i= Iturg(1- e–t/ Te) (8.7)
Do'stlaringiz bilan baham: |