-rasm.Ventillimotorlirostlanadiganelektryuritmastrukturaviysxemasi.Tez.ros.- tezlik rostlagichi, Tok.ros. – tok rostlagichi, Tez.xab – tezlikxabarlagichi,TD – tok xabarlagichi, DR-rotorholatixabarlagichi, BR-taxogenerator.
Ko‘rilayotgan sxemaning eng asosiy kamchiligi kichik tezliklarda (0,1 ndan kam) invertor tiristorlarini ulashning murakkablashishidir. Chunki bunda motor E.YU.K. invertor ventilini tabiiy ravishda ulash uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu holatda motorni 0,1 ntezlikkacha yurgazish paytida invertor ventili yopilishini ta’minlash uchun o‘zgartirgich tiristorlarini yopib tokni uzishga to‘g‘ri keladi, bu esa boshqarish sxemasini murakkablashtiradi.
Keyingi yillarda IGBT – tranzistorlari va yopiluvchi tiristorlarning paydo bo‘lishi bilan invertorning majburiy ulanuvchi ventilli sxemalari qo‘llanila boshladi. Bu esa ventilli motorning rostlanish xususiyatlarini oshiradi va uni tezlikni rostlash diapazoni keng bo‘lgan dinamik elektr yuritmalar uchun qo‘llash imkonini beradi.
Rostlashning qanday usullarida asinxron motor kichik qiymatli sirpanish bilan ishlaydi.
Faza rotorli asinxron motor rotori zanjiriga «qo‘shimcha qarshiliklarni
kiritish»nima uchun qo‘llaniladi?
Ko‘p tezlikli asinxron motor necha xil ishchi tezliklarga ega bo‘lishi mumkin?
Asinxron motor tezligini iste’mol kuchlanishi qiymatini o‘zgartirish bilan rostlash usulining qanday asosiy kamchiligi mavjud?
Asinxron motor qaysi usul bilan rostlanganda u katta qiymatli sirpanish bilan ishlaydi, biroq bu usul tejamli hisoblanadimi?
Asinxron motor absolyut sirpanishi qanday o‘lcham birligiga teng?
Nima uchun iste’mol kuchlanishi chastotasini nominaldan kamaytirganda, bir vaqtning o‘zida kuchlanish qiymatini rostlash kerak?
Asinxron motorni chastotali rostlashda chastota va iste’mol kuchlanishi qiymati orasidagi munosabat qanday ifodalanadi?
Asinxron motorlarni chastotali rostlashda stator chulg‘amidagi aktiv qarshilik kuchlanishining pasayishi motorning mexanik xarakteristikalariga qanday ta’sir ko‘rsatadi?