Tranzistorli kommutator doimiy magnitli ventilli motor sxemasi bo‘yicha elektr yuritma.
Ko‘rilayotgan tipdagi ventilli motor rotorida doimiy magnit bo‘lgan uch fazali sinxron mashina bazasida yaratilgan. Statorning uch fazali chulg‘amlari o‘zgarmas tok bilan ta’minlanadi, u ikki ketma – ket biriktirilgan faza chulg‘amlariga navbatma – navbat uzatiladi. Chulg‘amlarni qayta ulash uch fazali ko‘prikli sxemada bajarilgan tranzistorli kommutator orqali amalga oshiriladi. Tranzistorli kalitlar motor rotorining holatiga qarab ochilib – yopiladi. Ventilli motor sxemasi 6.23 - rasmda ko‘rsatilgan.
- rasm. Tranzistorli kommutatorli ventilli motor sxemasi
Motor hosil qiladigan moment ikki oqimning o‘zaro ta’siri bilan aniqlanadi: stator chulg‘amlaridagi tok bilan stator maydoni Ф1 va yuqori energetikli doimiy magnit bilan rotorda hosil qilinadigan maydon Ф2.
M = k· Ф1 · Ф2 · , (6.27)
bu yerda, - rotor va stator oqimlari vektorlari orasidagi fazoviy burchak. – qutb juftliklari soni.
Statorning magnit oqimi doimiy magnitli rotorni uning oqimi stator oqimi yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lishiga intilib burishga xarakat qiladi.
Rotor valida hosil qilinadigan eng katta moment oqim vektorlari orasidagi burchak 900 bo‘lganda yuzaga keladi va oqim vektori oralig‘i (burchagi) kichiklashgani sari moment ham nolgacha pasayib boradi. Bu munosabat 6.24 - rasmda ko‘rsatilgan.
- rasm. Motor momentining rotor va stator oqimlari vektorlari orasidagi burchakka bog‘liqligi ( = 1 bo‘lganda).
Harakat rejimiga ( = 1 bo‘lganda) mos keladigan vektorlar oqimining fazoviy diagrammasini ko‘rib chiqamiz. Aytaylik ushbu paytda VT3 va VT4 tranzistorlar yoqilgan bo‘lsin (6.23 - rasmdagi sxemaga qarang). Unda tok B fazasi chulg‘ami orqali o‘tadi va teskari yo‘nalishda A fazasi chulg‘ami orqali o‘tadi. Stator magnit xarakat kuchi umumlashtiruvchi vektori fazada F3 holatini egallaydi (6.25 - rasmga qarang). Agar bu paytda rotor 6.26 - rasmda ko‘rsatilgan holatni egallasa, unda motor (6.27) ga asosan maksimal moment qiymatini oladi, uning ta’sirida esa rotor soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha buriladi. burchakning kamayishi bilan moment ham kamayib boradi. Rotor
300 ga burilganda, 6.24 - rasmdagi grafikka asosan motor fazalaridagi tokni statorning magnit harakat kuchi umumlashgan vektori F4 holatni egallaydigan qilib qayta ulanadi. (6.25 - rasmga qarang). Buning uchun VT3 tranzistori o‘chirilib VT5 tranzistori yoqilishi kerak. Undan keyin tranzistorlarni tartib raqamlari oshib borish ketma – ketligida o‘chirib – yoqib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |