О’zbекistоn rеspubliкаsi оliy tа’lim,fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi jizzах dаvlаt pеdаgоgiка universiteti


BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATIDA NOAN’ANAVIY RASM CHIZISH TEXNIKASI YORDAMIDA IJODIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHDA



Download 115,08 Kb.
bet19/22
Sana14.06.2023
Hajmi115,08 Kb.
#951301
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Dissertatsiya-1.tayyori docx kirisjh

BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATIDA NOAN’ANAVIY RASM CHIZISH TEXNIKASI YORDAMIDA IJODIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHDA TAJRIBA–SINOV ISHLARINING NATIJAlari.

3.1.

Tajriba sinov ishlarini tashkil etish va amaliy ishlar, samaradorligi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va hisobga olish zarur.Тasviriy faoliyat – bu bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi – rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog‘liqdir Maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyat bo’yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy tamoyili, bu tasviriy faoliyatni ta’lim-tarbiyaviy ishning eng muhim bo’limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi.Tasviriy faoliyat bo’yicha ishni ma’lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo’yicha amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim.Tasviriy faoliyat bo’yicha mashg’ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg’ulotlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir.Bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o’rgatishdir.Syujetli rasm-bu bir necha mazmunning ma’lum rangda tasvirlanishini tuShuniladi. Bolalar qaysi mazmun bo’yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o’rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Bolalar tomonidan chizilgan «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo’la oladi.Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg’ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi.Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi.Bu bolada asta-sekinlik bilan rivojlanadi, Shuning uchun syujetli rasm chizish o’rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetni tasviriy o’rgatiladi. Syujetli tasviriyda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning razmerini, fazodagi o’rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o’rgatish kerak.Mashg'ulotni boshlashdan avval , tarbiyachi albatta o'zi tanlaga natura, o'yinchoq, illustratsiya va o'zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg'ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo'l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham Shu yerga ko'proq tortish imkonini beradi. Mashg'ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyotlarga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo'llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotni tashkil etishga tayyor bo'lgach, bolalarni o'yin faoliyatidan asta ta'limiy faoliyatga ko'chirib o'tadi.Mashg'ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi.Bu qism mashg'ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin.Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo'ladigan predmet yoki illustratsiyalarni ko'rishni, kichkintoylarga esa o'sha narsa bilan o'ynashi, qo'li bilan tegishi mumkin bo'ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o'tirishga o'rgatamiz. Mashg'ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o'tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oysimon shaklda o'tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko'radi va yordam ko'rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin. Hamma mashg'ulotlar uch qismga bo'linadi:

  1. mashg'ulotning boshlanishi — topshiriqni tuShuntirish;

  2. mashg'ulotning borishi — topshiriqning bolalar tomonidan bajargan

  3. mashg'ulotning yakuni - bolalar bilan bajarilgan topshiriqni talil qilish.

I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab, 2-5 daqiqagacha davom etishi mumkin, 1 qismda tarbiyachi bolalarga ular bajaradigan topshiriqni xabar qiladi. Tarbiyachining tuShuntirishi emotsional, ijodiy kayfiyat tug'dirishi lozim.Kirish qismda tarbiyachi bolalarning berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini tekshiradi.Bolalar ishi o'rtasida pauza bo'lmasligini, bola bir topshiriqni bajardimi, keyingisiga darhol o'tishlari, bajarishlarini kuzatish lozim.Mashg'ulot davomida bolalar tinch ishlashga, o'z o'rinlaridan so'roqsiz turmaslikka o'rganadilar. Katta guruhdagi bolalar dastavval tarbiyachi ruxsati bilan, keyin o'zlari suvni, mo'yqalamni o'z joyiga qo'yadilar. Kichik guruhda bolalar mustaqil bo'lmaganlari uchun ko'proq tarbiyachining o'zi bolalar oldiga kelib turadi.O'rta guruhdan boshlab bolalar tarbiyachiga qo'llarini ko'tarib, murojaat etishga o'rganadilar.Bolalarni asta-sekin mustaqil ishlashga o'rgatib boriladi.Bor bolgan qiyinchiliklarni o'zlari hal etish yo'llarini o'rganib boradilar.Mashg'ulotning yakuniga 5 daqiqa qolganda bolalar ogohlantiriladi.Bu narsa kichik guruh bolalari uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan bo'ladilar. Kichik guruhdan boshlab bolalarga agarda ishini oldinroq tugatgan bo'lsa, o'zi yana rasmni element bilan boyitish taklif etiladi. Tarbiyachi ishni tugatishni qat'iyan taklif etsa, bolalar hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida bolalarga o'z ishlarini tugatib olishga imkon yaratishi lozim.Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo'lib hisoblanadi. Bolalar ishlarining tahlili ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega.Bolalar ishlari devoriy ro'znoma qilib osiladi.Bolalar devoriy ro'znomadagi ishlarini yaxshilab ko'rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so'raydi va bolalar ishlariga umumiy baho beradi. Mashg'ulotdan so'ng bolalarga o'z ishlarini ko'rib chiqish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg'ulot cho'zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg'ulotgacha qoldiradi. Albatta ular dastavval yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin.Masalan, pasport sifatida. Pasport bolalar ishidan katta bo'lib, bolalar ismi, familiyasi yoziladi ancha vaqtgacha saqlashga imkoniyat beradi. Agar burchak tashkil etishning iloji bo'imasa, bolalar ishidan albom qilinadi. Har bir kishiga bittadan varaq ajratiladi va varaq ustiga konvert yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib qo'yilib, Shu konvertga bolaning har bir bajargan ishi solinadi.Aralash yosh guruhlarda mashg'ulotni tashkil etish o'ziga xos xususiyatga egadir.Bu gurahni 2-3 yuqori guruhga bo'lib, har biri uchun o'zining dastur mazmuni aniqlanadi (bolalarning hammasi birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan Shug'ullansa ham).
Pedagog har bir mashg'ulotda ta'lim va tarbiyaning o'zaro bog'liq vazifalarini hamda ijokorliklarini shakllantirish ishlarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm solish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil tahlil qilishni, ko'rganlarini tasvirlashni, harakat usullari haqida gapirishni, bo'yoqdan tartibli foydalanishni, o'rtog'iga xalaqit bermaslikni oxirida hamma narsani o'zi joy-joyiga olib qo'yishni o'rgatadi.Shuning uchun tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalaming tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular o'z fikrlarini erkin bayon qila olishlarini, ularning lug'at boyliklari qandayligini aniqlash mumkin. Bolalardagi ma'naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va sha kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak, ko'rilgan har bir mashg'ulotlarda dasturning barcha bo'limlari bo'yicha bolalar bilan olib borilgan ishning darajasi xuddi ko'zgudagidek aks etadi.Tarbiyachi o'tkazadigan mashg'ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi bilishga, ta'lim metodikasini egallaganlikka, o’z guruhidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog'liq bo'ladi.Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam ko'rsatish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlarining dasturini hamda ta'lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixo-fiziologik xususiyatlarini tuShunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg'or pedagogik tajribadan xabardor bo'lishi kerakMaktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Syujetli rasm chizishni, bog’chada o’rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar:

  • Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o’rgatish.

  • Ob’ektlar orasidagi o’zaro aloqani tasvirlashga o’rgatish.

  • Ob’ektlar orasidagi proportsional joylaShuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o’rinlarini ko’rsatishga o’rgatish.

Noan’a naviy dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyug’uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini Shu san’at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg’ularni tarbiyalash kerak.Tasviriy faoliyatning har bir turi o’ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo’lsa-da, ularni bir yo’nalish, maqsad bo’yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o’ziga xos ko’rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat bo’yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg’ulotlar soniga qat’iy rioya qilishi lozim.Tasviriy faoliyat bo’yicha mashg’ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg’ulot qanday materiallar bilan o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog’i lozim.Tasviriy faoliyat mashg’ulotlari – bu rasm chizish, loy, applikatsiya, qurishyasash mashg’ulotlaridir. Bu mashg’ulotlar maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda,kun tartibi asosida uyushtirildi. Hamma mashg’ulotlar uch qismga bo’linadi: – mashg’ulotning boshlanishi–topshiriqni tushuntirish; – mashg’ulotning borishi–topshiriqni bolalar tomonidan bajarilishi; – mashg’ulotning yakuni–bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish.Tarbiyachining vazifasi bolalarning tasviriy faoliyatini Shunday tashkil qilish kerakki, u faol va ijodiy bo’lsin. Har bir mashg’ulot faqatgina didaktik vazifasini emas, ya’ni ma’lum bir predmetni tasvirlashni o’rgatish emas, balki boladan ishni mustaqil bajarishni ham talab qiladi. Shu maqsad bilan tarbiyachi turli xil usullardan foydalanishi mumkin: maslahat, maqtov, topshiriqni bajarish usulini ko’rsatmasi (to’liq bo’lmagan), o’yinchoq ko’rsatmasi, eslatma va Shu kabilar. Bolani Shunday holatga qo’yish kerakki, u o’ylagan o’yini bajarishi uchun o’zi yo’l topsin. Shunday qilib u yoki bu metod va usullarni tanlash quyidagilarga bog’likdir:


Mashg’ulot mazmuniga va mashg’ulot oldida turgan maqsadga, Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga;
Bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
Bolalar foydalanadigan tasvirlash materiallariga bog’liqdir. Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadidagi mashg’ulotlarda, asosan og’zaki metodlar qo’llaniladi: suhbatlar, bolalarning ko’rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar beriladi. Tasviriy faoliyatning turli ko’rinishlarida o’rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan: mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o’rgatish vazifasini rasmda illyustratsiyalarga qarab tuShuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda shakllarning ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tuShuncha yoki ko’rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o’ylab, mashg’ulot oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg’ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak.Mashg’ulotda alohida metod va usullar ko’rgazmali va og’zakilari – o’zaro qo’shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta’lim jarayonida bog’lanadi. Ko’rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy hissiy asosini yangilaydi, so’z esa to’g’ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarni va tasvirlayotganlarini umumlashtirishni shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rasm faoliyatini san’at markazlarida rejalashtiriladi. San’at markazi:Ta’limiy rasm chizish. Rasm:Kamalak va yomg’ir. Maqsad: Turli tasviriy vositalar orqali tabiat haqidagi tasavvurlarini mustaqil va ijodiy tasvirlashga o’rgatishda davom etish. Kamalakni tasvirlashga nisbatan qiziqish uyg’otish Mashg’ulotga tayyorgarlik: Kamalakning tasviri bilan tanishtirish Kamalak to’g’risida topishmoq aytish. Kerakli jihoz va materiallar: Katta hajmdagi oq va havo rangdagi qog’oz (jamoaviy albom tuzilsa bir xil hajmdagi qog’oz), akvarel bo’yog’i, turli hajmdagi mo’yqalam, suv , mato va qog’oz salfetkalar, mo’yqalam uchun turgichlar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalarga quvonch nima ekanligi to’g’risida fikr yuritishni va so’zlashishni taklif etadi. Tarbiyachi «kamalak» so’zini tahlil etilishiniso’raydi (quyoshyoyiyoki quvonchyoyi, quvonchliyoy). Tarbiyachi kim haqiqiy kamalakni ko’rganligini va bu quvonchli voqea to’g’risida gapirib berishni so’raydi.
So’ngra tarbiyachi bolalarning kamalak haqidagi, u atmosfera hodisasi sifatida, yilning iliq kunlarida osmonda ko’rish mumkinligini, mayda , iliq yomg’ir bir yoqda, bir yoqda quyoshning nurlari sochganida, quyosh orasidan yomg’ir tomchilari yoqqanida kamalak hosil qilishi haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi.Tarbiyachi bolalardan kamalakning rangini bilishlarini so’raydi, va hamma vaqt ham bu ranglar aniq bir tartibda joylashishini.Bolalarning intilishlaridan so’ng kamalak ranglarini joylashish tartibini eslatadi: qizil, to’qsariq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha rang. 6. So’ngra tarbiyachi molbertda yoyning boshqa yoy ustiga joylashtirishni ko’rsatadi.Qo’shimcha: Endi bolalar mo’yqalam, akvarelni ranglar bilan tajriba o’tkazadi , qizil rangni sariq rang bilan va sariq rangni ko’k rang bilan aralashtiradi. E’tiborga molik jihati: Mashg’ulotdan so’ng bolalarga «Kamalak» haqidagi al’bomni jihozlash topshiriladi. Quyidagi tavsiyalarni beramiz:

  1. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulini qo’llashda materiallarning xilma-xilligi(Tabiiy, tashlandiq,qogo’z)foydalanilsa:

  2. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulidan guruh ishlari metodikasidan foydalanilsa:

  3. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulidan mayda matorikalarni shakllantirish mashlaridan foydalanilsa:

  4. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulidan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalalr rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari “ asosida asosida ishlash: aytib o’tiladi.

Ushbuseminar-treningningamaliyahamiyatishundaniboratki, darsnio‘zlashtirishnatijasidatarbiyachilarmediata’liminingnazariyasivauslublaribo‘yichabilimzahiralarigaegabo‘lishlari, balkibubilimlarnipedagogikfaoliyatdaqo‘llashlarikerak.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishdan maqsad – tarbiyachilar mediakompetentligining rivojlanganlik darajasi aniqlashdan iborat.
Tadqiqot 2022-2023 o‘quv yillari davomida o‘tkazilib, unda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariishtirok etdi.
Tajriba sinov ishlari tarbiyachilarning ijodiy rivojlanishini xisobga olgan holda quyidagi baholash mezoni asosida olib borildi.


  1. Download 115,08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish