O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Markaziy Osiyoda yaratilgan qadim yozma adabiyotlarda ma’naviyat masalalari



Download 0,73 Mb.
bet6/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,73 Mb.
#888533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson hayotining ma’nosi. Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati.

Markaziy Osiyoda yaratilgan qadim yozma adabiyotlarda ma’naviyat masalalari


Demak, ma’naviyat insonning insoniylik mohiyatini belgilovchi o‘zak tomiri, insonni mustaqil shaxs sifatida qiyofalanishining bosh manbai desak, yanglishmas ekanmiz. Millat ma’naviyati esa o‘tmishda, bugun va kelajakdagi ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat, deyish mumkin. Shu bilan birga ajdodlarimiz yana qaysi manbani o‘z ma’naviyatlarini shakllantirishga asos qilib olgan bo‘lsalar,




20 Imom al- Gazzoliy darslari. «Ma’naviyat tarkibi.» Uzini bilish. Olloxni bilish. Bu dunyoni bilish. Oxiratni bilish. Moskva - Sankt-Peterburg, «Dilya», 2007, 184 b.
21 “Kayhoniy”, ya’ni umumkoinot miqyosidagi
o‘sha manbalar ham millat ma’naviyatiga bevosita aloqador bo‘lib qoladi. Masalan, xalqimiz 1300 yil ilgari islom dinini qabul qilgan bo‘lsa, demak, bu e’tiqodning asos manbalari bo‘lmish Qur’oni karim va Hadisi shariflarsiz milliy ma’naviyatimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Imomi A’zam, Imom G‘azzoliy, Ibn al-Arabiyning ma’naviy merosi haqida ham shunday deyish mumkin.
Aslida milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq ko‘rsatib berilgan edi va yangi kitobda yana birma-bir sanab chiqilgan. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir.22 Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an’ana – ulug‘ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Demak, milliy ma’naviyat nazariyasini biz qandaydir o‘zga yurtlarda yaratilgan falsafiy qarashlardan, sobiq Sho‘rolar davrida bizga tiqishtirilgan uydirma mafkuralardan keltirib chiqarishga urinmay, o‘z xalqimiz va millatimizning azaliy qadriyatlariga murojaat qilganimiz maqsadga muvofiqdir. Faqat yuqorida tilga olingan metodologik yondoshuvni, ya’ni ulug‘ ajdodlarimiz asos qilib olgan ilm va imon birligi, naqliy va aqliy bilimlar uyg‘unligi tamoyilini nazardan qochirmasak bo‘ldi.
«Avesto»da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog‘liq holda ko‘rsatilgani ko‘p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o‘tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi. 23
Yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi
22 M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova «MA’NAVIYaTShUNOSLIK» (Teoriya i istoriya natsionalnoy duxovnosti) Toshkent - 2012
23 Zardo‘sht ta’limotining bunday yaxlit mushriklik tizimi sifatida muayyan siyosiy-ijtimoiy va tarixiy sabablarga ko‘ra bizning o‘lkalarda emas, balki hozirgi Eron hududida Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uzil-kesil shakllanganligiga ishora qiluvchi ancha-muncha tarixiy dalillar mavjud.
“Avesto” kitobida o‘z aksini topgan. Ammo davr asotir tafakkur davri edi. Shu sababli bu kitobda bayon etilgan ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu) - “tafakkur olami”, Ashah Vahishta (Ardabehesht) – “go‘zal haqiqat”, “mukammal nizom”, Vuhuvmana (Bahman)– “ezgu niyat”, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz) - “komil aql”, Zashra Vayrayah (Shahriyor)– “umid dunyosi”, Amirmitota (Amurdod) – “umrboqiylik”, “abadiyat”, Xavravatot (Xo‘rdod) – “komillik”, “to‘g‘rilik” ma’nolarini anglatib kelgan. Keyinchalik kohinlar talqinida bularning harbiri ilohiy xilqat sifatida tasavvur qilinib, ularga sig‘inish qoidaga aylangan, ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor - Axura Mazda(ilohiy bilim egasi, ma’nosida)ga e’tiqod qilish o‘rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, ya’ni sig‘inish ob’ektlariga aylantirish holati yuz bergan. 24
Islom dini bu sohada masalani oydinlashtirdi. Qur’oni karimning nozil bo‘lishi bilan umumbashariy miqyosda uzil-kesil asotir tafakkurdan ilmiy tafakkurga o‘tishning e’tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. Sunna shakllangach, ma’naviyatga oid fanlarning umummetodologik asosi - naqliy va aqliy bilimlar uyg‘unligi mustahkam poydevorga ega bo‘ldi. Asta-sekin ma’naviyatning ilmiy nazariyasini yaratish harakati boshlandi.
Imom G‘azzoliy har sohada baquvvat olim bo‘lib yetishdi. U o‘z davrining yetakchi mutakallimi, faylasufi, faqihi edi, bu fanlardan madrasada dars berdi, ulug‘ asarlar yaratdi. Ammo o‘zining bu ishlaridan qoniqmadi. Oxiri madrasani tashlab, uzlatga chekindi, xonaqohda sufiylar irfonini o‘zlashtirishga kirishdi. Va nihoyat 10 yil o‘tib, o‘z tajribalari asosida 40 kitobdan iborat “Ihyoyi ulum ad-din” (Diniy ilmlarning qayta tirilishi) asarini yozdi. Bu kitobda bayon qilingan ilmni alloma “muomala ilmi” deb ataydi. Mohiyatan G‘azzoliy tilga olgan “muomala” - insonning Borliq haqiqati bilan muomalasi, ya’ni o‘z davri uchun bugungi tilimizdagi ma’naviyat ilmi edi. Kitob arab tilida yozilgan. Keyinchalik alloma o‘z kitobini fors tilida soddaroq va qisqaroq bayonini yaratib, uni “Kimiyoi saodat” (Baxt-saodatga erishish kimyosi) deb atadi. Ana shu kitobning muqaddimasida ma’naviyatni talqin etishda mutlaqo yangicha yondoshuv taklif etiladi. “Ko‘ngil – podshoh, aql - vazir” deb e’lon qiladi G‘azzoliy va ayni ko‘ngilni poklash masalasini birinchi o‘ringa olib chiqadi. Ko‘ngil poklansa, undan bevosita “olami malakutga”(ya’ni farishtalar olamiga) ravzana


24M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova «MA’NAVIYaTShUNOSLIK» (Teoriya i istoriya natsionalnoy duxovnosti) Toshkent – 2012. 52 b.
(darcha) ochiladi, deydi alloma. Ya’ni, uning fikricha, ilmi laduniy(g‘ayb ilmi)ga ko‘ngilni poklash orqaligina erishish mumkin. Aslida sufiylar olg‘a surgan “ishqi ilohiy”ning ham mohiyati ayni shu ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal berish jarayoni bilan bog‘liqdir.
Imom G‘azzoliy va barcha tasavvuf piri murshidlari “ilohiy ishq”qa juda katta e’tibor beradilar, uni “ishqi haqiqiy” deb hisoblaydilar. Sovet davrida bu tushuncha mutlaqo johilona talqin qilindi, bunday dahriyona talqin oqibatlari hanuz ko‘pchilik ziyolilarimiz ongini to‘liq tark etgani yo‘q. “Ishqi haqiqiy” va “ishqi majoziy” nisbatining badiiy tahlili Sanoiy, Anvariy, Xusrav Dehlaviy, Sa’diy, Hofiz, Lutfiy kabi mintaqa mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalari ijodida boshlanib, Alisher Navoiy asarlarida mukammal nazariy ifodasini topdi. Navoiy “avom ishqi” va “xos ishq”ning o‘zaro farqini aniq ko‘rsatib bergach, masala yechildi. Hadisda aytilgan “Majoz haqiqatning ko‘prigidir” degan hikmatning chuqur ma’nosi oydinlashdi. Shunday qilib. Alisher Navoiy ijodi milliy ma’naviyatimizning ham nazariy, ham amaliy mukammal shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. 25
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda, qandaydir o‘ylab topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o‘zgartirib ham bo‘lmaydi. Chunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi qa’ridan oziq olib, teranlik kasb etib keladi.
Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko‘zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili O‘zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan edi. Prezident ushbu ma’ruzasida inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to‘la milliy-tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o‘tmishimizda jamiyatga qanchalar zarar keltirganligini qayd etib, yangicha vazifalarni olg‘a surgan edi:
“Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak”26.
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg‘izlikda rivojlanmaydi ham.


25 “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi”
26 Islam Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O‘zbekiston»- 1994, b. 65-66.
Elat va millatlar doimo o‘zaro turlicha munosabatda bo‘ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o‘tkazib, o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o‘zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o‘zini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o‘zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to‘liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to‘lig‘icha o‘zligidan kechib, o‘zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo‘q bo‘ladi, o‘z ma’naviy qiyofasini yo‘qotgan millat yo‘qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o‘sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog‘liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.

      1. Download 0,73 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish