O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Bob: Ma’naviyat sohasiga nazariy yondoshuv va uning ahamiyati



Download 0,73 Mb.
bet4/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,73 Mb.
#888533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson hayotining ma’nosi. Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati.

Bob: Ma’naviyat sohasiga nazariy yondoshuv va uning ahamiyati.


Ba’zan savol bo‘lib qoladi: “Ma’naviyat ilmmi?” Yo‘q, ma’naviyat ilm emas, balki inson va jamiyat hayotining bir sohasi. Ilm o‘zi nima? Bugungi o‘zbek tilida “ilm” so‘zi kamida ikki ma’noni bildiradi: 1) amaliy bilimlar majmui, ya’ni insonning hayot haqida hosil qilgan har qanday bilimlari (ruscha - “znanie”), 2) nazariy bilimlar majmui, ya’ni biror soha bo‘yicha yoki turli sohalar bo‘yicha insoniyat yaratgan nazariy bilimlar tizimi (ruscha – “nauka”). Birinchi ma’nodan farq qilish uchun ikkinchisini “ilm-fan” deb atasak ish oydinlashadi. Har ikki ma’noda ham ilmning ma’naviyatga aloqasi yo‘q emas, birinchi ma’noda ilm (bilim) shaxs ma’naviyatining tarkibiy jihati hisoblanadi, ikkinchi ma’noda madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ma’naviyatning moddiy voqelikdagi izlari shaklida o‘zligini namoyon qiladi.


“Ma’naviyat” hodisasi asl mazmuniga ko‘ra haqiqiy ma’nodagi “ilm” hodisasini ham o‘z ichiga qamrab oladi, ammo faqat undan iborat emas, ammo “Ma’naviyat asoslari” yoki mohiyatan olganda “ma’naviyat nazariyasi” bu endi ilmning (“nauka” ma’nosida) yangi bir tarmog‘i bo‘lib, bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonda alohida fan sifatida shakllanib bormoqda. 2001- 2002 o‘quv yilida “Milliy istiqlol g‘oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari”( 2010-2011 o‘quv yilidan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” deb ataldi) yo‘nalishida (bakalavriat darajasida), magistraturada esa alohida “Ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi sifatida kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi bilan endi fanning bu sohasi tarmoqlanib, “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi”, “Ma’naviyatning ilmiy asoslari”, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”, “Ma’naviyat tizimida san’at” (yoki “San’atning ma’naviy asoslari”), “Islom ma’naviyati”, “Markaziy Osiyo (xalqlari) ma’naviyati” kabi turli yo‘nalishlari, qismlari har biri alohida o‘z qiyofasiga ega bo‘lib bormoqda. Hozircha bular ichida birmuncha mukammal shakllanganlari 1) “Ma’naviyat asoslari” (yoki “Ma’naviyat nazariyasi”), 2) “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” va 3) “Milliy mustaqillik va ma’naviyat” (yoki “Mustaqil O‘zbekistonda xalq ma’naviyatini rivojlantirishning dolzarb muammolari”) fanlari bo‘lib, ushbu kursda ularning birinchisi haqida gap boradi.8
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning har bir nutqi, ma’ruzasi, alohida asarlarida ma’naviyat masalalariga maxsus e’tibor qaratishi bejiz emas. Uning bu sohaga bag‘ishlangan asarlarida bildirilgan nazariy fikr
8 M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova MA’NAVIYaTShUNOSLIK (Teoriya i istoriya natsionalnoy duxovnosti) Toshkent - 2012
va xulosalar yurtimizda ma’naviyat nazariyasiga oid alohida fan yo‘nalishining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari bu sohaning mustahkam oyoqqa turishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida, birinchi navbatda, Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi tufayli, bu mavzuga O‘zbekiston ijtimoiy fan vakillarining e’tibori ham kuchaydi. Qator risolalar, o‘quv qo‘llanma va dasturlar chop etildi9. Matbuotda kun sayin bu mavzuda katta-kichik maqolalar e’lon etilmoqda. Ushbu kitob va maqolalarda har kim aqli yetganicha ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berishga, hech bo‘lmaganda, munosabat bildirishga urinib kelmoqda. Ba’zan bir kishining o‘zi bir maqolaning ichida turli ta’riflarni keltirgan holatlar ham uchraydi. Ma’naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo‘lganligidan bunga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi. Undan tashqari keltirilgan ta’riflarni barchasini dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul noto‘g‘ri deb baholash ham insofdan emas, chunki ularning ko‘pchiligida masalaning qaysidir qirrasi o‘z aksini topgan bo‘lishi mumkin.
Ammo, bir achchiq haqiqatni tan olish kerak, hanuzgacha ko‘pchilik ilm ahli masalaga jiddiy yondoshishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko‘rib chiqilmagan inson va jamiyat hayotidagi muhim yo‘nalish, hassos bir sohaga kamoli e’tibor bilan razm solishga muvaffaq bo‘la olmayotirlar. Sababi, ko‘pchilik ijtimoiy fan vakillari hanuz 70 yil davomida onglariga singdirilgan begona nazariyalar, asossiz metodologik qoliplardan xalos bo‘lishlari qiyin kechayotir. Yana bir sabab - ularning ko‘pchiligi o‘z vaqtida ajdodlar ma’naviy merosidan benasib qoldirilganliklari tufayli bugungi kunda ham milliy ma’naviyatimiz mohiyatini to‘g‘ri anglab yetish imkonini topa olmayotirlar. Faqat bu emas. Inson ruhida shunday ojizlik ham bor-ki, nazarida oson yo‘l turganda, qiyinroq, mashaqqatliroq yo‘lni tanlashga erinadi. Uning ustiga tirikchilik tashvishlari, kundalik mayda- chuyda yumushlar. Xullas, jiddiy nazariy tadqiqotga na fursat bor, na bilim, na havsala. Natijada, topshiriqni qanday qilib bo‘lsa ham tezlik bilan bajarish zaruriyati ustun kelib nazariy jihatdan nihoyatda no‘noq va chuqur mulohaza qilib ko‘rilmagan ta’riflar qog‘oz yuziga tusha beradi, muallif o‘zi yaxshi anglab yetmagan mavzuda dadil kitoblar yozib nashrga topshira beradi. Ba’zi misollar keltiramiz: “Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotda sinalaverib, ko‘nikma va
9 E. Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T., “Universitet”,1998, 184 sah.; S.Otamuratov, J. Ramatov, S.Xusanov. Ma’naviyat asoslari (Ma’ruzalar matni). T. 2000, 228 sah.; B. Ziyomuhammadov, S. Ziyamuhammedova, S. Qodirova. Ma’naviyat asoslari. T., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2000, 192 sah.
malaka darajalaridan o‘tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.” Ikkinchi bir kitobda shunday ta’rif keltiriladi: “Ma’naviyat ko‘proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks ettirishdir....ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o‘z- o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir...”10 Yana bir allomamiz shunday deb yozgan edilar: «Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo‘lgan ma’naviy hodisalar yig‘indisi sifatida ko‘zga tashlanadi.»11 Bu ta’riflarda, birinchidan, ma’naviyat yaxlit va mustaqil hodisa emas, balki “ijtimoiy sifatlar majmui”, “ma’naviy hodisalar yig‘indisi”sifatida talqin qilinmoqda. Ikkinchidan, Prezident I.A.Karimov ta’riflarida ifodalangan “botiniy kuch”, “insonning, xalqning kuch-qudrati” o‘rniga bizga goh “insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini”, goh “moddiy hayotni” aks ettiruvchi qandaydir passiv “ko‘zgu” ro‘para qilinmoqda. O‘ta cho‘zilib ketgan ikkinchi ta’rifda esa mantiq uyoqda tursin, jumla tuzishning oddiy maktab o‘quvchilaridan talab qilinadigan grammatik qoidalariga ham rioya qilinmagan12. Albatta, ushbu o‘quv qo‘llanma doirasida ma’naviyat xususida bildirilayotgan yuqoridagi singari barcha ayqash-uyqash fikr-mulohazalarni batafsil tahlil etish imkoni yo‘q. Ammo bunday “ta’riflar” keltirilgan kitoblar talabalarga “o‘quv qo‘llanma” sifatida tavsiya qilinayotgani va oliy o‘quv yurtlarida shular asosida darslar o‘tilayotilgani nazarda tutilsa, vaziyatning qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bir jumla bilan bunday “asar”larning ko‘pchiligida uchraydigan umumiy kamchilikni ifodalaydigan bo‘lsak, uni yangi voqelikka oid tushunchalarni eski andazalar qolipida talqin etishga urinish deyish mumkin. Masalan, oxirgi misoldagi qarashning eskichaligi shundaki, muallif «Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi» deb, yana moddiyatni birlamchi, ma’naviyatni esa passiv (ko‘zgu singari), ikkilamchi hodisa sifatida talqin etmoqda13. Shu bilan ma’naviyat


10 S.Otamuratov, J. Ramatov, S.Xusanov. Ma’naviyat asoslari (Ma’ruzalar matni). T. 2000, b.30.
11 E.Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T.-«Universitet»-1998, b. 5.
12 So‘zimizning isboti uchun jumlani soddalashtirib ko‘ramiz: “... ma’naviyat – insonning ruhiyatini ,... qobiliyatini, aql-zakovatini,... harakat qilish va intilish salohiyatidir.”
13 Aslida bunday ta’rif marksistik nazariyadagi “materiya” va “ong” nisbatining boshqacha atamalar bilan ifodalanishi deyish ham mumkin. Har holda sobiq sho‘rolar davridagi “materialistik” aqidani ongiga puxta “joylab olgan” bizning “faylasuflarimiz” hanuz “materiya –birlamchi, ong – ikkilamchi” degan aqidadan qaytgan emas, shu sababli ular “ma’naviyat” deganda sho‘ro olimlari ishlab chiqqan “materialistik” madaniyatshunoslik nazariyasiga xos “ma’naviy madaniyat” (duxovnaya kultura) atamasi bilan qamrab olinadigan hodisalar tizimini tasavvur qiladilar. M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova MA’NAVIYaTShUNOSLIK (Teoriya i istoriya natsionalnoy duxovnosti) Toshkent - 2012
hodisasining mustaqil mohiyati inkor etilib, u moddiyatga to‘liq tobe qilib qo‘yiladi. Buning oqibatida ma’naviyatga yaratuvchilik quvvatiga ega bo‘lgan alohida kuch deb qarash imkoni kesiladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu sohada jiddiy nazariy tadqiqotlar o‘tkazmasdan turib, ola-tasir o‘quv qo‘llanmalar yozib tashlash amaliyoti talabalar ongida “ma’naviyat nima?” degan savolga tayinli javob shakllanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Jiddiy nazariy tadqiqotlar o‘tkazish uchun esa, avvalo, ajdodlarimiz yaratgan milliy ma’naviy merosimizni yaxshi biladigan olimlar jamoasini tuzish kerak bo‘ladi.
Bugun biz insonni birinchi o‘ringa qo‘yib, uning yaratuvchilik fazilati, ijtimoiy faolligi, ma’naviy qudratiga urg‘u bermoqdamiz. Chunki O‘zbekistonning buyuk kelajagini shakllantiruvchi bosh omillar – shular. Ammo yuqoridagi kabi ta’riflarda inson moddiy borliqning bir unsuri sifatidagina e’tirof etilib, boshqa maxluqotlardan farqli mustaqil mohiyati soyada qolib ketmoqda. Insonning mohiyati aslida murakkab bo‘lib, ayni moddiyat va ma’naviyatning tutashuvi bilan izohlanadi. Ularning qaybiri ikkinchisi orqali ta’riflana boshlasa, inson mohiyati haqida biryoqlama tasavvur hosil bo‘la beradi.



    1. Download 0,73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish