O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Bob: O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ma’naviyat masalasiga yangicha yondoshuvning shakllanishi



Download 0,73 Mb.
bet7/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,73 Mb.
#888533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson hayotining ma’nosi. Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati.

Bob: O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ma’naviyat masalasiga yangicha yondoshuvning shakllanishi.


Biz odatda ma’naviyat haqida, uning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida ko‘p gapiramiz. Lekin negadir aksariyat hollarda ko‘pchilik ma’naviyat o‘zi nima, degan savolga aniq va lo‘nda javob berishga qiynaladi. Men bunday holatga o‘z shaxsiy tajribamda ko‘p bor guvoh bo‘lganman. Mas’ul rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda o‘tkaziladigan suhbat jarayonida ularning professional malakasi, bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy tajribasi, insoniy fazilatlari bilan bir qatorda ma’naviy saviyasiga ham alohida e’tibor qarataman. Va ko‘p hollarda, ma’naviyat haqida beriladigan savollarga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eshitishga to‘g‘ri keladi. .27


Avvalambor, hozirgi vaqtda ma’naviyat masalasi naqadar o‘tkir va hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini aksariyat ko‘pchiligimiz hali ham chuqur tushunib yetganimiz yo‘q. Yana takror aytishga to‘g‘ri keladi: ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotamiz. Ma’naviyatni yuksaltirsak, o‘z murodmaqsadimizga yetishda kuchli madad topamiz. Hozirgi kunda g‘oyaviy muxoliflarimiz, ma’naviyatimizga qarshi kuchlar aholimizga, ayniqsa yoshlarimizga nisbatan axborot xurujlari uyushtirishga, "ommaviy madaniyat" shaklidagi puxta niqoblangan tahdid va ta’sirlar o‘tkazishga urinmoqda.
Hammamizga ayon bo‘lishi kerakki, "axborot asri" deb nom olgan XXI
27 Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch T-2008. 17b.
asrda hech qaysi davlat yeki jamiyat o‘zini temir devor bilan o‘rab yashay olmaydi. Ayni paytda, ahvol shunday ekan, deb qo‘l qovushtirib o‘tirish ham to‘g‘ri kelmay-di, bunday tahdidlarga javoban, biz ham, sodda bo‘lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko‘rishimiz kerak.28
O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning uz yuli turtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar;

        1. umuminsoniy kadriyatlarga sodiklik;

        2. xalkimizning ma’naviy merosini mustaxkamlash va rivojlantirish;

        3. insonning uz imkoniyatlarini erkin namayon kilishi;

        4. vatanparvarlik.

Inson xayotida ma’naviyatni urni bulganligi uchun ikkinchi bandga kuprok tuxtalamiz. Ma’naviyat shunday kimmatbaxo mevaki, u bizning kadimiy va navkiron xalkimiz kalbida butun insoniyatning ulkan oilasida uz mustakilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuygusi bilan birgalikda yetilgan. Ma’naviyat insonga ona suti. Ota namunasi va ajdodlar ugiti bilan singadi. Ona tilining buyuk axamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yakin kilib jipslashtiradi. Ma’naviyat uz xalkining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chukur bili shva tushunib yetishga suyangandagina kudratli kuchga aylanadi. Bizning ma’naviyatimiz asrlar davomida millionlab kishilarning takdiri bilan shakllangan. Uni ulchab xam poyoniga yetib xam bulmaydi. U-inson uchun butun bir olam. 29
Albatta, «ma’naviyat» tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarini keltirish mumkin. Umuman, o‘zida juda chuqur va keng qamrovli ma’no-mazmunni mujassam etgan bu tushunchaga har qaysi ma’rifatli inson o‘zining falsafiy yondashuvi, siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta’rif va tavsiflar berishi tabiiy. Shuning uchun ham bu masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda, kundalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarni uchratganda bundan taajjublanmasdan, ularni har qaysi muallifning o‘ziga xos dunyoqarashi, mushohada tarzi ifodasi sifatida qabul qilish o‘rinlidir. 30
«Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha
28 I.A. Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiklol va tarakkiyot yuli» Toshkent-1992.
29 I.A. Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiklol va tarakkiyot yuli» Toshkent-1992. 60-63b.
30 Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch T-2008. 17b.
qarashlarining mezonidir».31 -deb ta’kidlaydi prezidendimiz I.A.Karimov.
Ma’naviyat insonga xavodek, suvdek zarur. Saxrodagi inson xar doim bulokdan chankogini bosadi. Xudi shu kabi inson xam necha-necha azob va kiyinchilik bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi.
Ma’naviyat – takdirni exsoni emas. Ma’naviyat inson kalbida kamol topishi uchun u kalban va vijdonan, akl v kul bilan mexnat kilishi kerak. Bu xazina insonga umr buyi barkarorlik bagishlaydi, uning karashlari shunchaki boylik orttirish yulida kun kurishga yul kuymaydi, fojealar vaktida omn saklab koladi va moddiy kiyinchilik vaktida irodani mustaxkamlaydi.
Ma’naviyatni mustaxkamlash uchun mexnat va mablagni ayash uz kelajagiga bolta urish demakdir. 32
Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar, birinchi galda insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg‘ayishi haqida gapirar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim.
Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo‘lib keladi.
Lekin, bunday olijanob fazilatlardan butunlay uzoq bo‘lib yashaydigan, hayotning ma’no-mazmunini o‘zicha talqin qiladigan shaxslar ham oz emas. Ming afsuski, ular o‘zini xuddiki dunyoning haqiqiy egasidek, bekamu ko‘st, boshqalarning havasini tortadigan umr kechirayotgandek, baxt qushi boshiga qo‘ngandek his qilishga urinadi.
Xalqimiz azaldan o‘z ma’naviy qadriyatlari va diniy e’tiqodini yuksak qadrlab kelgan. Shuning uchun u eng mushkul damlarda ham o‘zligini yo‘qotmadi. Mana shu Oliy Majlisga saylangan deputatlarning katta bir qismi ziyolilar, ijodkorlar ekanining o‘zi ham xalqimizning ma’rifat ahliga hurmat-ehtiromi natijasidir.33
Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz hech qachon odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi.34
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar


31 Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» T-2008. 27b.
32 I.A. Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiklol va tarakkiyot yuli» Toshkent-1992. 61-62b.
33 Islom Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» Toshkent- 1995 42b.
34 Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» T-2008. 30b.
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.
Shuni yana ta’kidlab o‘tamizki, ma’naviyat odamlar qalbi va ongiga kelajakka ishonch tuyg‘usini olib kirishi, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mardlik va sabot-matonat, adolat hissini tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.35
Dunyo o‘tkinchi. Do‘ppini bir bor aylantirguncha oradan shitob bilan necha yillar o‘tib ketadi. O‘zligini anglab yetgan, qalbiga quloq solgan har bir inson o‘ziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim yetadi, degan savolni berishi kerak. Ana shu savol inson qalbini tozartiradi, uni bosavob, ezgu ishlarga chorlaydi. Xullas, ma’naviyatda insonning iymoni, e’tiqodi, axloqi, hayotning ma’nosini qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, xalq oldidagi burchni anglash ham yuksak ma’naviyat belgisidir. Ma’naviy barkamol inson - o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi.36
"O‘zbekiston" nashriyotida Prezidentning "Istiqlol va ma’naviyat" asari chop etildi. Mazmun-mohiyati boshdan-oyoq ma’naviyat muammolariga qaratilgan uptbu kitob mamlakatdagi ma’naviyatga doir faoliyat uchun dasturilamal vazifasini o‘tadi.37
Ma’naviyat - uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his- tuyQu tinim bilmaganidek, ularning mahsuli o‘laroq ma’naviyat ham doimo o‘zgarish va yangilanishda bo‘ladi. Ma’naviyat deganda avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulQayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyQotadigan kuchni tasavvur qilaman.38
Demak, bizning vazifamiz, avvalambor, mana shu ma’naviyatimiz


35 Islom Karimov «O‘zbekiston 21 asr bo‘sag‘asida» Toshkent – 1997. 42b.
36 Islom Karimov «YaNGIChA FIKRLASh VA IShLASh - DAVR TALABI» 5-Tom. T-1996 34b.
37 Islom Karimov O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda "O‘ZBEKISTON" nashriyoti, 2000 y.
38 Islom Karimov BIZ KELAJAGIMIZNI O‘Z QO‘LIMIZ BILAN QURAMIZ Tom 7. 1999. 52b.
sarchashmalarini va bobokalonlarimizning boy an’analarini davom ettirishdir. Ma’naviyatimizni yaratayotganlarni: yozuvchilar, shoirlar, madaniyat va san’at ijodkorlarini, xalq talantlari va iqtidorli yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlamoQimiz lozim. Buning uchun xarajatlarimizni ayamasligimiz darkor.
Islohotlar muqarrarligining G‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy himoya qilish haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi prinsiplaridan biridir.39



    1. Download 0,73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish