O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Robindranat Tagor diniy - falsafiy dunyoqarashlarining XX-XXI asrlar din va falsafa rivojidagi o‘rni



Download 131,33 Kb.
bet9/13
Sana01.06.2023
Hajmi131,33 Kb.
#947728
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Javohir Final.

Robindranat Tagor diniy - falsafiy dunyoqarashlarining XX-XXI asrlar din va falsafa rivojidagi o‘rni

Inson va koinot uyg‘unligi haqida qizg‘in bahs - munozara qilgan ikki buyuk olim: ya’ni Robindranat Tagor va Eynshteyn suhbatidan ham Tagorning diniy falsafasi teran ma’no kasb etishini guvohi bo‘lamiz. Bu suhbat 1930 yil 14 iyul kuni Eynshteynning dala hovlisida bo‘lib o‘tgan.
Eynshteyn: Siz xudoni olamdan ayro tasavvur eta olasizmi?
Tagor: Yo‘q, men e’tiqod qo‘ygan xudo olamdan ayro emas. Inson bitmas-tuganmas ruhiy-aqliy quvvati bilan koinot qa’riga chuqurroq kirib boraveradi. Aslida u inkishof etishi mumkin bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q. Bu esa shundan dalolat beradiki, Koinot haqiqati bu — inson haqiqatidir68.
Fikrimga oydinlik kiritish maqsadida bir ilmiy faktga murojaat etsam. Sir emas, modda proton va elektronlardan tarkib topadi, ular orasida boshqa hech narsa yo‘q, biroq modda bu elektron va protonlarni makonaro bir-biriga bog‘lovchi aloqalarsiz bir butun, yaxlit bo‘lib tuyulishi mumkin. Xuddi shunga o‘xshash insoniyat ham individuumlardan tarkib topadi, biroq ular orasida o‘zaro insoniy aloqalar mavjud, bu esa kishilik jamiyatiga bir butun, yaxlit jonli organizm tusini beradi. Shuningdek, Koinot ham biz bilan xuddi individuumlar kabi bog‘langan. Bir so‘z bilan aytilsa, bu — inson Koinotidir.
Yuqorida tilga olingan g‘oyani men san’atda, adabiyotda va bani basharning diniy ongida ko‘p bor kuzatganman.
Eynshteyn: Koinot mohiyatiga doir bir-biridan farq qiluvchi ikki konsepsiya mavjud:
1) olam — inson aqliga bog‘liq bo‘lgan bir butunlik;
2) olam — inson aqliga bog‘liq bo‘lmagan bir voqelik.
Tagor: Bizni qurshab turgan Koinot Boqiy Inson bilan uyg‘unlik kasb etgan vaqtda, biz uni haqiqat sifatida anglaymiz va go‘zallik sifatida his etamiz.

Eynshteyn: Biroq bu — Koinotning sof insoniy konsepsiyasi-ku?


Tagor: Ha, bundan boshqacha konsepsiya bo‘lishi mumkin ham emas. Chunki bu olam — inson olami. U haqidagi ilmiy tasavvurlar ham aslida bir inson bo‘lmish olim tasavvurlari, xolos. Bas, shunday ekan olam bizdan ayro holda mavjud bo‘la oladimi? Biz bilgan olam, albatta, nisbiy, uning voqeligi ongimizga bog‘liq. Ammo olamga haqqoniyat baxsh etib turuvchi oqillik va go‘zallikning shunday bir mezoni — Boqiy Inson andozasi mavjudki, bu zotning sezgilari bizning sezgilarimizga monanddir.
Eynshteyn: Siz aytayotgan Boqiy Inson bu — inson mohiyatining tajassumi, shunday emasmi?
Tagor: Shunday, faqat boqiy mohiyati tajassumi. Biz uni o‘z hissiyotlarimiz va faoliyatimiz vositasida tuyib olmog‘imiz zarur. Biz bunda o‘zimizdan farqli o‘laroq mahdudliklardan xoli Oliy Insonni anglaymiz. Ilm-fan alohida bir shaxs bilan cheklanmagan narsa-hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi, u haqiqatlarning shaxsdan yuqori turuvchi insoniy olami hisoblanadi. Din esa bu haqiqatlarga yetib borish barobarida ularning bizdagi xiyla teran ehtiyojlar bilan aloqalarini ham o‘rnatadi; shu tariqa haqiqatning xususiy inkishofi endi umumiy ma’no va ahamiyat kasb etadi. Din haqiqatni qadriyat darajasiga ko‘taradi, biz haqiqatni u bilan uyg‘unligimizni his etgan holda kashf etamiz.
Eynshteyn: Biroq bundan haqiqat yoki go‘zallik insondan mustaqil emas, degan ma’no kelib chiqadi.
Tagor: Ha, ular insondan mustaqil emas.
Eynshteyn: Tasavvur etaylik, odam nasli to‘satdan yo‘q bo‘lib qolsa, belvederlik Apollon (Bir paytlar Vatikandagi Belveder me’moriy majmuida o‘rnatilgan va keyinchalik yo‘qolgan qadimgi yunon haykaltaroshi (Aleksandr Makedonskiyning saroyida xizmat qilgan) Leoxarning tunjdan yasalgan haykalining marmar nusxasi nazarda tutilmoqda. XDK izohi) ham go‘zallikdan mahrum bo‘lib qoladimi?

Tagor: Ha!


Eynshteyn: Boringki, go‘zallikning bunday konsepsiyasiga rozi ham bo‘ldim, deylik, ammo haqiqatning shunday konsepsiyasiga hecham rozi bo‘la olmayman.


Tagor: Nega endi? Axir, haqiqat inson tomonidan anglanadi-ku?!
Eynshteyn: Men o‘zimning konsepsiyam haqqoniy ekanini isbotlab berolmayman, ammo bu — mening e’tiqodim, ta’bir joiz bo‘lsa, dinim.
Tagor: Go‘zallik mukammal uyg‘unlik idealida jo-bajo bo‘lgan, bunday uyg‘unlik, o‘z galida, Universal Insonda mujassam; haqiqat bu — Universal Aqlni to‘liq egallashdir. Biz, individuumlar, katta-kichik xatolar qilib, misqol-bamisqol tajriba to‘plab, aqlimizni sekin-asta nurlantirib, haqiqat sari yaqinlasha boramiz, axir, haqiqatni anglashning bundan boshqa yana qanday yo‘li bo‘lishi mumkin?!
Eynshteyn: Men ilmiy haqiqatni odamzodga bog‘liq bo‘lmagan asl haqiqat deb tan olish kerak, degan aqidani isbotlab berolmayman, lekin shunday ekaniga hech bir shak-shubham yo‘q. Geometriyadagi Pifagor teoremasi Bani Odam mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, qandaydir, nisbatan to‘g‘ri tasavvurni qaror toptiradi. Har holda, insonga bog‘liq bo‘lmagan reallik bor ekan, demak, bu reallikka muvofiq haqiqat ham bo‘lishi lozim. Ulardan birini inkor etish albatta boshqasini ham inkor etishga olib keladi.
Tagor: Universal Insonda tajassum topgan haqiqat mohiyat e’tibori ila insoniy bo‘lishi lozim, aks holda biz, individuumlar, anglashga qurbimiz yetadigan narsalarni hech qachon haqiqat deb, jillaqursa, ilmiy haqiqat deb atay olmaymiz. Bu haqiqatga biz mantiqiy jarayonlar vositasida, boshqacha qilib aytganda, tafakkur organi vositasida yovuqlashib boramiz, bu organ esa inson organi hisoblanadi. Hind falsafasiga ko‘ra, Brahma, ya’ni mutlaq haqiqat bordirki, uni alohida individuum aqli bilan kashf qilib ham, so‘z bilan ifoda etib ham bo‘lmaydi. Individuum bu haqiqatni cheksizlikka bus-butun cho‘mish orqali kashf etishi mumkin. Bunday haqiqat endi fanga tegishli bo‘la olmaydi. Biz bahs ochayotgan o‘sha haqiqat tabiati esa zohiriy ma’no-mazmun kasb etadi, ya’ni u inson nazdida haqqoniy tuyulgan qarashlarni ifodalaydi va shu bois ham bu haqiqat insoniydir. Uni Mayya yoki illyuziya deb atash mumkin.
Eynshteyn: Sizning konsepsiyangizga ko‘ra, ehtimol, u hind falsafasi konsepsiyasidir, biz alohida bir shaxsning emas, balki butun insoniyatning illyuziyasi bilan yashayotgan ekanmiz-da?
Tagor: Biz ilmda shunday bir tartib-qoidaga rioya etamizki, unga ko‘ra biz shaxsiy aqlimiz muhri bosilgan barcha mahdudliklarni uloqtirib tashlaymiz va shu asno Universal Inson aqlida tajassum topgan haqiqatni anglashga yuz tutamiz.
Eynshteyn: Haqiqat bizning ongimizga bog‘liqmi yoki yo‘qmi? Butun jumboq ana shunda.
Tagor: Biz haqiqat deb ataydigan narsa reallikning subyektiv va obyektiv tomonlari orasidagi oqilona uyg‘unlikda yashiringandir, bu tomonlarning har ikkalasi esa Universal Insonda mavjuddir.
Eynshteyn: Biz hatto kundalik turmushda ham o‘zimiz foydalanadigan buyum-anjomlarga insonga bog‘liq bo‘lmagan reallik deb qarashga majburiyat sezamiz. Biz o‘zimizning sezgi organlarimiz yuborayotgan ma’lumotlar orasida oqilona bir yo‘sinda aloqadorlik o‘rnatish uchun ham shunday qilamiz. Masalan, uyda hech zog‘ bo‘lmagan paytda ham mana bu stol o‘z o‘rnida turaveradi.
Tagor: Ha, stol individual aql imkonidan xorijda bo‘ladi, ammo minba’d universal aql imkonidan emas. O‘zim idrok etayotgan stol mening aqlimga o‘xshash boshqa aql tomonidan ham idrok etilishi mumkin.
Eynshteyn: Insonga bog‘liq bo‘lmagan haqiqat mavjudligiga doir biz himoya qilayotgan tabiiy nuqtai nazarni tushuntirib ham, isbotlab ham bo‘lmaydi, ammo unga barcha odamlar ishonadi, hatto ibtidoiy odamlar ham bundan mustasno emas. Biz haqiqat boshiga insondan yuqori turuvchi obyektivlik tojini kiydiramiz. Bizning bor-yo‘qligimizga, tajribamizga, aqlimizga bog‘liq bo‘lmagan bu reallik, garchi u nimani anglatishini aytib berolmasak ham, bizga nihoyatda zarur.
Tagor: Fan isbotlab berganki, stol qattiq jism sifatida atigi bir zuhurot, xolos, bas, shunday ekan, inson aqli stol sifatida idrok qilayotgan narsa shu aqlning o‘zi yo‘q bo‘lgan taqdirda mavjud bo‘la oladimi? Ayni chog‘da shuni ham tan olish joizki, stolning oddiy fizikaviy voqeligi har biri aylana yasab harakatlanayotgan ko‘pdan-ko‘p elektr kuchi markazlaridan boshqa narsa emas, bundan esa u inson aqliga ham taalluqli, degan xulosa yasash mumkin.
Haqiqatni inkishof etish jarayonida Universal Insonning cheksiz aqli va alohida individuumning maxdud aqli o‘rtasida azaliy qarama-qarshilik ro‘y beradi. Haqiqatni anglab yetishning beto‘xtov jarayoni bizning ilm-fanimizda, falsafamizda, axloqimizda davom etaveradi. Mabodo, inson bilan bog‘liqlik kasb etmagan biror-bir mutlaq haqiqat mavjud bo‘lgan taqdirda ham u biz uchun mutlaqo yo‘q hisoblanishi tayin.
Shunday aqlni tasavvur etib boqaylikki, uning uchun voqealar ketma-ketligi xuddi musiqadagi notalar misol makonda emas, faqat zamonda kechsin. Bunday aql uchun reallik konsepsiyasi musiqiy reallik bilan bir xil bo‘ladi, bunday reallik uchun esa Pifagor geometriyasi har qanday ma’no-mazmundan mahrumdir. O‘zingizga ma’lum, adabiyotdan behad yiroq bo‘lgan qog‘oz realligi mavjud. Qog‘ozni yemirayotgan kuya aqliga qolsa, adabiyot mutlaqo mavjud emas. Biroq ayni chog‘da inson aqli uchun adabiyot haqiqat o‘laroq, qog‘ozdan ko‘ra ulkanroq qimmat kasb etadi. Xuddi shunga o‘xshab, agar inson aqliga ratsional yoki emotsional munosabatda bo‘lmagan biror bir haqiqat mavjud bo‘lsa ham, hamonki, biz inson aqliga ega mavjudot ekanmiz, u baribir hech narsaligicha qolaveradi.
Eynshteyn: U holda men sizdan ko‘ra ko‘proq dindor ekanman.
Tagor: Men e’tiqod qo‘ygan din jismu jonim bilan Boqiy Insonni, Universal insoniy ruhni anglashimda, his qilishimda namoyon bo‘ladi. Ular mening Gibbertda ((Gibbert Xaus (inglizcha. Hibbert House) deb ataluvchi ilmiy markaz — Yamayka Milliy merosi jamg‘armasining bosh qarorgohi nazarda tutilmoqda.) o‘qib eshittirilgan “Inson dini” sarlavhali ma’ruzalarimga mavzu bo‘lgan69.
XX asrning ikki buyuk siymosi Albert Eynshteyn va Robindranat Tagorning inson va koinot uyg‘unligiga bag‘ishlangan suhbati, bahs - munozarali ruhda kechgan. Tagor ilgari surayotgan “Universal Inson”da haqiqat va go‘zallik undan tashqarida bo‘lishi mumkin emas. Eynshteyn bu fikrga qo‘shilmaydi.Tagorning diniy qarashlarini shu suhbatdan ham bilib olishimiz mumkin. Albatta ilmiy kashfiyotlar yaratgan inson ilmiy haqiqat insondan tashqarida deb o‘ylashi tabiiy. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Tagor falsafiy konsepsiya yaratmagan bo‘lsada, hind falsafasi konsepsiyasini chuqur o‘rgangan faylasufdir.
Ko‘pgina zamonaviy mamlakatlarda bag‘rikenglik g‘oyasi turli e'tiqodli odamlar o‘rtasidagi maxsus ijtimoiy munosabatlar sifatida alohida ahamiyatga ega. Atoqli hind yozuvchisi, shoiri, bastakori, rassomi, jamoat arbobi R.Tagor ijodida dinlararo bag‘rikenglik masalasi doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. U uchta madaniyat taʼsirini boshidan kechirgan – anʼanaviy hind, musulmon va ingliz .
Tagorlar oilasining keyingi avlodi zamonaviy Hindistonni yaratgan uchta madaniyat sohasi - hind, musulmon va yevropaliklarning ajoyib uyg‘unlashuvidir.
Uning asarida dinning mazmun-mohiyati “o‘zgalarga keraksiz azob-uqubatlarni keltirib, o‘z jonini o‘ldirmaslik”, “yomonlik va o‘y-xayollarga... tavba va ezgu amallar bilan kaforat qilish”, degan muruvvat ruhidadir. “Keng dunyo bilan muloqot qilish orqali aqlni rivojlantirish”, “tabaqasidan qat’i nazar, barcha munosib insonlarni hurmat qilish”.
Tagor hindularni, musulmonlarni va nasroniylarni birlashishga, tabiatan ularga xos bo‘lgan barcha eng yaxshi narsalarga murojaat qilishga chaqirgan. Oliy Zot yagona va bo‘linmas ekanligini isbotlagan Ram Mohan Roy faoliyatida bunday farqning namunasini ko‘rdi.
XIV-XVI asrlardagi noodatiy xalq harakatlari g‘oyalarini meros qilib olish. Bhakti, so‘fiylik, Bengallik baul qo‘shiqchilarining sarson-sargardon bo‘lish g‘oyalari Tagor xudoga yuzlanib, hindu va musulmonlarning birligini targ‘ib qilgan mashhur shoir-bhakta Kabir g‘oyasiga ergashib, Xudo ulug‘vor ibodatxonalarda yo‘q degan fikrni tutadi va uni faqat mehnat bilan band bo‘lgan oddiy odamlar orasida topish mumkin. Rabindranat Tagor oila muhitida ulg‘aygan, unda sanskrit va qadimiy hind matnlarini chuqur bilish islom an’analarini, shuningdek, so‘fiylar yozuvlarini tushunish bilan uyg‘unlashgan. Yoshligida Rabindranatning otasi, diniy islohotchi va jamoat arbobi Debendronat Tagor (1818-1905) Rabindranatga boshqa e'tiqodga hurmat namunasini ko‘rsatdi. Hindistonning boy tarixi madaniy sintez tarixidir, shuning uchun uning misolida turli e'tiqodlar vakillarini yagona millatga birlashtirishi mumkin bo‘lgan narsa xulosa qilinadi.
Biroq, diniy bag‘rikenglikni anglash yo‘lida to‘siqlar mavjud bo‘lib, ularni yengib o‘tishni Tagor hind jamiyati uchun favqulodda zarurat deb hisoblaydi.
Birinchidan, boshqa din vakilini begona yoki dushman deb biladigan noto‘g‘ri qarashlar. Yozuvchi bu xurofotni, xususan, “Tog‘”, “Uy va tinchlik” kabi romanlarida aks ettirish uchun ranglarini ayamaydi.
Ikkinchidan, tolerantlikni shakllantirish yo‘lidagi yana bir to‘siq bu hindular va musulmonlar jamoalarining umume'tirof etilgan diniy institutlari va noto‘g‘ri qarashlari natijasida bir-biridan ajratilganligidir. Dinning asl ruhini esa faqat ma’rifatli kishi bilishi mumkin. Tagor buni turli diniy jamoalar o‘rtasidagi nizo va adovatning asosiy sababi deb biladi.
Uchinchi to‘siq - elitaning jamoalar o‘rtasidagi haqiqiy yoki hayoliy munosabatlar haqidagi barqaror g‘oyalari. Hindistonni jonlantirish yo‘llarini izlayotgan Tagorning ko‘plab zamondoshlari ko‘pincha “hind” va “hind” tushunchalarini aniqlaganlar; bu ayniqsa neo-induizm vakillariga xos edi .“Tog‘” romanida yozuvchi bunday identifikatsiyadan ogohlantirgan.
O‘zining mashhur she'rlarida “Aql bovar qilmaydigan umidlar”, “Yurtning yuksalishi”, “Bengal qahramoni”, “Shoirga”, “Din uchun kurashchilar” (Manoshi to‘plami) Tagor hinduizmni himoya qilish haqidagi shovqin va nutqlar o‘rniga, Aryan (Oriylar) buyukligini qayta tiklashni ta'kidlaydi. Odamlarni diniy mansubligiga qarab ajratmasdan, oddiy xalq hayotini yaxshilash uchun mehnat qilish, kurashish kerak. “Sovg‘alar” (1901) to‘plamidagi vatanparvarlik qo‘shiqlarining leytmotivi Xudoni kurash quroliga aylantirmaslik kerakligi haqida ogohlantirishdir.
Tagorning fikricha, asosiy vazifa, birinchidan, musulmonlarning hindlar bilan tengsizligini bartaraf etish, ikkinchidan, ikki jamoa oʻrtasidagi harakatlar birligiga erishishdir.
Demak, R.Tagorning dunyoqarashi va ijodida bag‘rikenglikni umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etish asosida anglash ma’naviy olam va madaniyatni boyitish imkonini beruvchi shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishning dolzarb talabi va maqsadi sifatida namoyon bo‘ladi. Diniy bag‘rikenglik tushunchasi turli madaniyatlar o‘zaro aloqada bo‘lgan ko‘p konfessiyali jamiyat uchun ideal sifatida namoyon bo‘ladi. R. Tagor esa bu idealni ro‘yobga chiqarish sharti konfessionallar ustidan birlikdir.
Tagor ijodi Hindistonning ma'naviy hayotiga katta ta'sir ko‘rsatdi, milliy madaniyatning insonparvarlik, bag‘rikenglik, tanqidiy yo‘nalish kabi muhim tarkibiy qismlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.
Tagor o‘zining ijtimoiy qarashlarida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda bir guruh kishilar borki, ular ayollarga bilim zarurligini inkor qiladilar, ayol kishi o‘qimishli bo‘lgandan keyin aql o‘rgataverib erkaklarning joniga tegib ketadi degan bahonani ko‘rsatadilar. O‘qimishli ayol erini avliyo deb bilmaydi, uning qalbiga eri egalik qilmaydi, uning bilgani nuqul kitob o‘qish va shu kabi ishlar bo‘ladi deydilar.
Lekin jamiyatda shunday kishilar ham borki, ular ayollarga ilm berish zarur deb hisoblaydilar. Bu nuqtai nazar tarafdorlari: erkaklar ilm olsalar, ma’lum bir manfaatlarni ko‘zlab ish qiladigan bo‘lsalar, xotinlari erlarining o‘y-fikrlarini tushunmasa, umid va orzulariga aqli yetmasa, qanday qilib erkaklar bilan oilaviy hayot kechiradilar deydilar.
Bu ikki guruhga kishilardan har biri ayollarning o‘qishi masalasiga o‘z nuqtai nazaridan qaraydi. Bu to‘dalardan birortasi xotinlarning insonlik fazilati erkaklarning insonlik fazilatidan hech kam emasligini, xotin kishi Yaratgan tomonidan istifoda qilinish uchungina yaratilmaganligini, xotin kishining ham o‘z hayoti borligi, bu hayotda uning manfaatlari borligini tilga ham olmaydi. Xotinlar uchun bilim zarurligini inkor qiluvchilar ham bunday zaruratni himoya qiluvchilar ham – har ikki tomon ham odatda ma’lum bir nuqtai nazarni himoya qiluvchi va taqdiri hal qilinayotgan odamning o‘zi to‘g‘risida hammadan o‘zini o‘ylovchi advokatlarday ish tutadilar. Sud ishining muvaffaqiyat bilan tamom bo‘lishiga hammadan ko‘proq manfaatdor bo‘lganlar esa, bu mojarolardan tamomila chetda turadilar.
“Agar bilim butun insoniyatning haddi sig‘adigan yutug‘i bo‘lsa va agar har bir kimsa ilm olish huquqiga ega bo‘lsa, qanday prinsipga asoslanib xotin-qizlarni bilimdan mahrum qilish mumkin bo‘ladi?
Xotin-qizlar faqat bizning aysh-ishratimiz uchun yaratilgan deb hisoblovchi va xotin-qizlarga chinakam bilim bermay, faqat dasturxonlaridan qolgan-qutgan bilimlarnigina ravo ko‘ruvchilar behuda o‘ylaydilar.
Xotinlarga ham, erkaklarga ham bab-baravar bilim berish kerak deb hisoblovchilar esa, juda keng tarqalgan nuqtai nazardan yuqoriroq ko‘tariladilar. Shunday bo‘lgandan keyin, ular to‘g‘risida ortiqcha gapirib o‘tirishning ham hojati yo‘q”70.
Demak, Tagor aytmoqchiki, kim ilm olishdan manfaatdor bo‘lsa, harakat maydoniga ana shular qadam tashlab kirishlari kerak. Agar ularning o‘zlari o‘zlarini ozod qilmasalar, boshqa hech kim ularni ozod qilmaydi. Boshqa bir kishining keltirgan ozodligi ozodlik emas, balki qaramlik va tobelik shakllaridan biridir. Xotin-qizlarga odatda bir andazaga solingan ba’zi bir bilim berishga moyil bo‘lgan erkaklar xotin-qizlarni qulayroq qo‘g‘irchoqqa aylantirish niyatida shunday qiladilar. Lekin, xotin-qizlar bilimi uchun kurash maydoniga qadam qo‘yib chiqqanlar oddiy ayollar bo‘lmaydi. Ular o‘zlari o‘qib-yozishni biladigan, yana Tagor aytadiki, “baxtiyor” xotinlar bo‘lishi kerak. Tagor shu narsani ta’kidlaydiki, xotinlar umrining birdan-bir maqsadi bola ko‘rish, deb hisoblash yaramaydi. Bunday kurashga otlangan ayollar o‘zlarini erkaklar qo‘lidagi buyum deb bilishlarini bas qilishlari, hadiksirash va uyatchanliklarini yig‘ishtirib qo‘yishlari kerak. Bu ayollar qiyin daqiqada erkaklar bilan yonma-yon tura oladilar, qiyin vaqtlarda maslahatchi bo‘lib, yordam beradilar, ijtimoiy hayotda vujudga keladigan har qanday voqealarda o‘z munosabatlarini bildira oladilar.
“Bilim olish zarur. U erkaklar uchun qanchalik zarur bo‘lsa, xotin –qizlar uchun ham shunchalik zarur. Ilm olganda uni amalda tadbiq etish uchun olinadi. Ko‘p narsalarga aqli yetadigan bo‘lish uchun, ko‘p narsalarni shunday ham bilib olsa bo‘ladi. Bilimga intilish inson tabiatining o‘zida bor narsa. Insonning amaliy faoliyatida bilimning kerak-kerakmasligidan qat’iy nazar, inson hamisha bilimga intiladi. Agar biz mana shu bilimga intilish yo‘lini ochib qo‘ymay, non o‘rniga tosh berib aldaydigan bo‘lsak, bu bilan odam tabiatini ojizlashtirgan bo‘lamiz”71.
Aslida ayollar bilimi va ularning jamiyat hayotiga faol ishtiroki haqidagi mulohazalarga salbiy munosabat bildiruvchi qarashlarning hammasi ayol tabiati erkaklar tabiatidan tamomila farq qiladigan mutlaqo boshqacha tabiatdir, degan fikrga asoslanadi.
Xudoning xotinlarni xotin qilib, erkaklarni erkak qilib yaratganligida juda ajoyib bir pinhon ma’ni bor. Buni faylasuflardan tortib – biologlargacha tan oladi. Jonli mavjudotda jinslar orasidagi tafovutdan juda katta kuch vujudga keladi va buyuk shodlikka sabab bo‘ladi. Tagorning fikricha, agar ayol kishi Kant va Gegel asarlarini o‘qiydigan bo‘lsa ham o‘z bolalarini aziz biladi. Bunday xotin eridan uzoqlashmaydi. Undan hazar qilmaydi. Erkak bilan ayol o‘rtasidagi farqni bilim bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. Bu – tabiatga zo‘rlik qilishdan o‘zga narsa emas. Hamma bilimlar nazariy va amaliy bilimlarga bo‘linadi. Nazariy bilimlar sohasida erkaklar bilan xotinlar o‘rtasida farq yo‘q. Amaliy bilimlar boshlanadigan joyda farq paydo bo‘ladi. Xotinlarni barkamol kishilar darajasiga ko‘tarish uchun ularga nazariy bilim berish kerak. Bu esa, xotin kishi biron amaliy bilimga qiziqib qolsa, uning shu amaliy bilim olishini istisno qilmasligi kerak. Faylasuf jamiyatda ayollarning rolini yuqori baholaydi: “Ayollarning vazifasi – qul bo‘lish emas, balki xotin va ona bo‘lishdir. Ayollar tabiatida mehr-muhabbat juda katta o‘rin tutadi, bu narsa xotinlarning baxt va saodatidir, aks holda bolalarning odam bo‘lishi mushkil ish bo‘ladi va mustahkam oila qura olmasdilar. Muhabbat onani bolasini parvarish qilishga undaydi. Hech kim onani bu ishga majbur qilmaydi. Orada majburiyat emas, mehr-muhabbat bo‘lgan taqdirda, xotin kishi eriga ham mehrli bo‘ladi”72.
Tagor butun umri mobaynida xalqqa ma’rifat ulashishga harakat qildi. Nobel mukofotiga olgan mablag‘i evaziga o‘z hisobidan Universitet tashkil qildi. U hind maorif tizimi haqida o‘zining quyidagi fikrlarini bildirgandi: “Mamlakatimizda maorif ishlari shunday qo‘yilganki, u kishilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatmaydi va ularda mehnat malakasini hosil qilmaydi. O‘quvchilarning bilgani shuki, ular “falon yerdan piston yergacha” berilgan saboqni yod qilib oladilar, xolos”73. Bizning bilimlarimiz yuzaki bilimlar bo‘lishdan tashqari, yana bir nuqsonimiz bor. Institutda o‘qigan darslarini yodlab olganlar bilan shunday institut yuzini ko‘rmaganlar, o‘qimishli odamlar va johillar, degan ikki toifaga bo‘linadilar. O‘qimishlilarning xalq bilan ma’naviy jihatdan yaqin bo‘lishni anglashi kitob doirasidan chetga chiqmaydi. Tagor aytadiki, bizning nazarimizni kitob varaqlari pardasi to‘sib turganidan, avom xalq deb atalganlarga ko‘zimiz tushmaydi, ularni tushunmaymiz. Faylasuf mana shu holat xalqning islohotlar doirasidan chetda qolib ketishining sababi, deb takidlaydi. Qachonki mana shu ikki tabaqa yakdil harakat qilsa, islohotlar eng avvalo xalqqa qaratilsagina jamiyat va vatan gullab-yashnaydi.
1912 yilda Tagorning katta o‘g‘li AQSHga, Illinoys universitetiga qishloq xo‘jaligi sohasida o‘qish uchun otlanar ekan, shoir ham u bilan birga yo‘lga tushdi. Safar davomida Londonda to‘xtab o‘zi ingliz tiliga o‘girgan she’rlarini ingliz rassomi va adabiyotshunosi Uilyam Rotenstaynga ko‘rsatadi. Ular bir yil avval Hindistonda tanishgan edilar. 1912 yilda Rotenstaynning ko‘magida “Hindiston jamiyati” nashriyotida Uilyam Batler Yits so‘zboshisi bilan Tagorning “Jonfido qo‘shiqlari” kitobi bosilib chiqadi va shu sabab Tagor endi Angliya va AQSH kitobxoniga taniladi.
Yitsning o‘sha paytdagi norasmiy kotibi bo‘lgan Ezra Paund Tagor she’rlarining “g‘arbona turmush tarzi, shaharlardagi g‘ala-g‘ovur, tijoriy adabiyot shovqini, reklama girdobi ichida odamning kallasidan chiqib ketadigan hamma narsani esga soladigan yuksak donoligi”ni e’tirof etgan edi. Ammo shoirning ko‘plab muxlislari uning nafaqat ijodi, balki o‘zini ham boshqacha tasavvur qilgan, ular Tagorni Hindiston xalqining afsonaviy ovozi sifatida ko‘rgan, aslida esa, shoir mazkur mamlakat aholisining bir qismigina tushunadigan bengal tilida yozar edi.1913 yilda Rabindranat Tagor “shoirona tafakkuri hayratli tarzda namoyon bo‘lib turgan, o‘z e’tirofiga ko‘ra, g‘arb adabiyotining bir qismiga aylanib qolgan hissiyotlarga to‘la, asl va go‘zal she’riyati uchun” adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.Shvetsiya akademiyasi a’zosi Xarald Yerne taqdirlash marosimida akademiya a’zolariga shoirning, ayniqsa “Jonfido qo‘shiqlar”i katta taassurot qoldirganini qayd etdi. Yerne shoirning asosan 1913 yilda tarjima qilinib nashrdan chiqqan asarlariga to‘xtaldi. Tagor she’rlaridagi umuminsoniy mantiqni e’tirof etgan notiq uni “Sharq va G‘arbni yaqinlashtirgan figura” deya atadi.
“Deliverance is not for me in renunciation. I feel the embrace of freedom in a thousand bonds of delight.
Thou ever pourest for me the fresh draught of thy wine of various colours and fragrance, filling this earthen vessel to the brim.
My world will light its hundred different lamps with thy flame and place them before the altar of thy temple.
No, I will never shut the doors of my senses. The delights of sight and hearing and touch will bear thy delight”74.
Ozodlikni rad qilish men uchun emas. Ozodlikni men son-sanoqsiz hislar og‘ushida qabul etaman. Yangi qadahdagi sening turfa rangdagi va muattar hidli sharobingdan ichimlik quyib uzatasan. Qadah sharobdan to‘lib toshadi. Mening hayotimning yuzlab chiroqlari sening oloving bilan yorishadi. Hech qachon hissiyotlarim eshiklarini bekitmayman. Ko‘rish, eshitish, ushlash hislari sening lazzatingni tutib turadi.
Tagorning o‘zi bu paytda AQSHda edi, shu sabab tadbirda qatnasha olmadi. U yuborgan telegramasida “uzoqdagilarni yaqin, begonalarni qadrdon qiladigan keng fe’llik” uchun mukofot qo‘mitasiga o‘z hurmatini izhor etdi. Mukofotni Angliyaning Shvetsiyadagi elchisi qabul qildi. Pul mablag‘larini shoir Vishva-Bharatidagi maktabiga sarfladi, mazkur o‘quv dargohi birinchi jahon urushidan so‘ng bepul ta’lim beruvchi universitetga aylantirilgan.



Download 131,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish