O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
Qo‘lyozma huquqida: UO‘K:
KBK:
Sh-
Nuridinov Javohir Izomovich
ROBINDRANAT TAGOR DINIY-FALSAFIY DUNYOQARASHLARINING KONSEPTUAL ASOSLARI
70220502- Sharq falsafasi va madaniyati
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. K.J.Tulenova
TOSHKENT-2023
KIRISH
BOB. ROBINDRANAT TAGOR DINIY-FALSAFIY QARASHLARINING SHAKLLANISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI
Robindranat Tagorning hayoti va ijod yo‘li
Robindranat Tagor dunyoqarashida diniy-falsafiy qarashlarning shakllanishi
I bob boʻyicha xulosalar
ROBINDRANAT TAGORNING DINIY-FALSAFIY DUNYOQARASHLARI NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
XIX-XX asrlarda Hindistondagi ijtimoiy fikr taraqqiyoti
Robindranat Tagor diniy-falsafiy qarashlarida konseptual masalalar
II bob boʻyicha xulosalar
BOB. ROBINDRANAT TAGOR IJODINING HINDISTON, POKISTON VA BANGLADESH IJTIMOIY FIKR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Robindranat Tagor diniy - falsafiy konseptual dunyoqarashlarining Hindiston, Pokiston va Bangladesh mustaqilligi uchun ahamiyati
Robindranat Tagor diniy - falsafiy dunyoqarashlarining XX-XXI asrlar din va falsafa rivojidagi o‘rni
III bob boʻyicha xulosalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVA
KIRISH
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Uzoq ming yillik tarix shundan dalolat beradiki, oʻzbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo maʼnaviyat va maʼrifatning jamiyat hayotida muhim oʻrin egallagani bilan chambarchas bogʻliqdir. Bu holat Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng ham uzluksiz anʼana sifatida davom ettirildi. Jumladan maʼnaviy-maʼrifiy omillarga nisbatan alohida eʼtibor qaratilib, milliy qadriyatlarimizni tiklash, oʻzligimizni anglash, milliy gʻoya va mafkurani shakllantirish strategik vazifalarimizdan biri hisoblandi.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek: “Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ziyolilarimizga katta ishonch bilan qaraymiz. Men doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday muloqotlarni qadrlayman. Nega desangiz, olimlik - Alloh nuri tajassum etgan ulug‘ bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo taraladi. Olimlarning suhbatidan odam o‘ziga ma’naviy quvvat oladi, inson qalbining kengliklarini,tafakkur teranligini chuqur his qiladi”1.
Ajdodlarimiz eʼzozlab kelgan, asrlar qaridan olib oʻtilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar maʼlum vaqt davomida ataylab, maqsadni koʻzlab yurgizilgan siyosat qurboni boʻldi, eʼtibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning maʼnaviyatiga salbiy taʼsir oʻtkazdi. Endilikda jahon maʼnaviyati va maʼrifati saltanatida oʻz oʻrinlariga ega boʻlgan ulugʻlarimizni teran anglash, oʻrganish va ulugʻlash vaqti keldi. Ularning asarlari keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilib, yosh avlodning barkamol inson boʻlib yetishishi uchun keng qoʻllanilib kelinmoqda.
Qadimiy tariximiz va madaniyatimizni, buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy merosini chuqur oʻrganish, keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar, ayniqsa, yoshlarni har tamonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularni vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida ulgʻaytirishda muhim omil boʻlmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Bizni hamisha oʻylantirib keladigan yana bir muhim masala-yoshlarimizning odob –axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bu zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan koʻp his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uygʻun boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doim aks – sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”,2 - deb bejizga aytmaganlar. Ushbu purmano soʻzlar tagida ulkan mazmun mohiyat, yoshlarimizning kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti poydevori yotibdi. Bugungi zamonaviy hayotimizda yoshlarining ong-u shuuriga qalbiga, yod gʻoyalar ta’sir qilmaslik uchun, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimizdan qolgan boy merosini ahamiyati kattadir.
Mamlakatimizda ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora – tabdirlarning samadorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahonda gʻoyaviy – mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik zararli yod gʻoyalarga ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qoʻshilib qolish holatlari hamon uchrab turgan bu davrda, ma’naviy – ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviy sohada ichki va tashki tahdidlarga samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunetitni mustahkamlash borasida bugungi kunda koʻplab koʻzga koʻrinarli ishlar amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, ajdodlarimiz ilmiy merosi chuqur oʻrganilmoqda3.
Butun sharq tarixida muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu alloma hayoti va ijodini, uning insoniyat tarixiga qoʻshgan ulkan falsafiy-axloqiy va maʼnaviy merosini oʻrganish biz yoshlarning vazifamizdir, inchunin, oʻz tarixini va o‘zga xalqlar tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |