To’siqli datchik
Analog kattaliklar (masalan, sarf, bosim, harorat yoki sath) ma’lum bir chegarali qiymatiga yetib borganligini aniqlash uchun turli turdagi datchiklardan foydalaniladi. Shuning uchun ularni ko’pincha to’siqli datchiklar (point sensors, limit sensors) deb atashadi. Ular, odatda, avariya holatida signal berish uchun, ba'zan esa kattalik xavfli vaziyatni ko'rsatuvchi qiymatga yetganda jarayonni to'xtatish uchun ishlatiladi. Bunday datchiklar mustahkam va ishonchli bo’lishi kerak.
4. Raqamli va raqamli-axborot datchiklari
Raqamli datchiklar kontroller yoki kompyuterda to'g'ridan-to'g'ri hisobla- nishi mumkin bo'lgan ma'lum bir kodda ko'rsatilgan impulsli tartiblar yoki raqamli ma'lumotlar kabi alohida chiqish signallarini ishlab chiqaradi. Datchiklarning tu-riga qarab, chiqish signallari deyarli raqamli shaklda ishlab chiqariladi yoki elek-tron mantiq zanjiri bilan ishlov berilishi kerak. Raqamli o`zgartirishli va signallarni moslashtirish uchun raqamli va analog chiqish signalini ishlab chiqarish uchun mikroprotsessorlarni o'z ichiga olgan integrallashgan raqamli datchiklar mavjud.
Axborot-raqamli datchiklar (Field bus sensor) qo'shimcha ravishda ikki tomonlama raqamli kommunikatsiyalarning maxsus turi bo'lgan mahalliy shinalar (Field bus) orqali ma'lumotlarni uzatish imkonini beradi. Ushbu turdagi datchik- larga ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni raqamli shaklga aylantirish va tashqi alo- qalarni qo'llab-quvvatlash uchun mikroprotsessorga ega bo'lgan harorat, bosim, sarf, sath va boshqa datchiklar misol bo’ladi. Shina orqali faqat o'lchov natijalari emas, balki datchikning identifikatsiya ma'lumotlarini ham uzatish mumkin.
Datchiklar chiqish signallari bo`yicha quyidagilarga bo’ladi:
-analogli datchiklar, ya`ni kirish kattaligiga proportsional analogli signal ishlab chiquvchi signallar; analog signallar uzluksiz bo’ladi.
-raqamli datchiklar, impulslar ketma-ketligini ishlab chiquvchi datchiklar;
-binar (ikkitalik) datchiklar, faqat ikkita darajada signal ishlab chiquvchi datchiklar: “yoqilgan/o`chirilgan” (boshqacha qilib aytganda, 0 yoki 1).
Signallar simli yoki simsiz uzatilishi mumkin
Kirish signalini o`zgartiriladigan chiqish signaliga qarab noelektrik (1 va 2) va elektrik (3 va 4) datchiklarga bo`linadi:
noelektrik kattalikni noelektrik signalga, masalan, bosimni membrananing qattiq markazi siljishiga;
kirish ko’rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va x.k.) mexanik chiqish ko’rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va x.k.) o’zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o’zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujini, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
2) elektrik kattalikni noelektrik signalga, masalan, tokni asbob strelkasining harakatiga;
3) elektrik kattalikni elektrik signalga, masalan, vaqt ichida o`zgarmaydigan (analog) signalni uzlukli (diskret, raqamli) signalga;
4) noelektrik kattalikni elektrik signalga, masalan, aktiv qarshilikli, induktivli, sig’imli, kuchlanishli, tokli, fazali, chastotali va h.k. datchiklar.
kirish mexanik ko’rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko’rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Mexatronikada asosan elektrik datchiklar qo`llaniladi. Bu elektrik datchiklarning quyidagi xususiyatidan kelib chiqadi:
-elektrik signalni katta masofalarga uzatish qulay, bunda uzatish katta tezlik bilan amalga oshiriladi;
-elektrik kattaliklar universal hisoblanadi, shu ma`nodagi, har qanday kattalikni elektrik kattalikka va teskarisiga o`zgartirib bo`ladi;
-ular raqamli kodga aniq o`zgartira oladi va o`ta yuqori aniqlik, sezgirlik va tezharakatligi bilan ajralib turadi.
Elektrik datchiklar parametrik va generator o’zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |